Microsoft Word majmua Ta'lim sifati 2



Download 2,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/181
Sana18.01.2022
Hajmi2,21 Mb.
#385257
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   181
 
 
7-amaliy mashg’ulot: BOSHLANG’ICH TA’LIMDA O’QISH VA ONA 
TILI FANINI O’RGANISH 
 
O’zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  I.  A.  Karimov  Oliy    Majlisning    9- 
sessiyasida  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  va  butun  ta'lim  tizimining  islohoti 
haqida  “Hayotimizni  hal  etuvchi  muhim  masalalar  qatorida  ta'lim–tarbiya  tizimini 
tubdan o’zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko’tarish, barkamol avlodimiz 
kelajagiga daxldor qonun loyihalari ham bor” - degan edi. 
Hozirgi  zamonda  mutaxassis  ma'naviyati  va  madaniyatini  ta'minlovchi  keng 
gumanitar bilimlarga ega bo’lishi kerak. Biz pedagoglar yuqoridagilarga amal qilgan 
holda  boshlang’ich  sinflardayoq  ona  tilini  mukammal  o’rganishga  ertangi  kun 
savodxon  shaxsini  tarbiyalab  berishni  o’z  oldimizga  maqsad  va  vazifa  qilib 
qo’ymog’imiz darkor. 
Til  fikrni  shakllantirishga  va  bayon  qilish,  taa'ssurot  his,  kechinmalarni 
ifodalashda  muhim  o’rin  tutadi.  Til  jamiyat  a'zolarining  bir-birlari  bilan  o’zaro 
aloqasi  uchun  xizmat  qiladigan  kommunikativ  vositadir.  Bu  vosita  qanchalik 
takomillashsa,  fikrni  shunchalik  aniq  ta'sirchan  ifodalaydi.  Maktabda  ona  tilini 
chuqur o’rganish zaruriyati tilning mana shu asosiy funktsiyalaridan kelib chiqadi. 
K.  D.  Ushinskiy  boshlang’ich  maktab  o’quv  predmetlari  tizimida  ona  tiliga  katta 
ahamiyat  berib,  uni  markaziy  va  etakchi  predmet  hisoblaydi.  “Ajoyib  o’qituvchi 
bo’lgan ona tili bolaga ko’p narsani o’rgatadi… Bola ikki uch yil ichida shuncha ko’p 
narsa  o’rganadiki,  ko’p  narsa  bilib  oladiki,  yigirma  yil  qunt  bilan  va  usul  jihatdan 
juda  to’g’ri  o’qiganda  ham,  uning  yarmicha  o’rgana  olmiaydi.  Ona  tilining  ulug’ 
pedagogligi  ham  ana  shundadir”  –  deydi  u.  Ona  tilining  mana  shunday  katta 
ahamiyatga  ega  bo’lgan  etakchi  predmetligini  nazarda  tutib,  ayniqsa,  boshlang’ich 
sinflarda uni o’rganishga keng o’rin berilgan.  
Ona  tili  nutq,  o’qish,  yozuv  sohasidagi  ko’nikma  va  malakalar  o’quvchilar  o’quv 
mehnatining  zaruriy  sharti  va  vositasi  hisoblanadi.  Bola  o’qish  ko’nikmalarni 
egallashi  bilan,  birincha  navbatda  o’z  ona  tilini  o’rganishi  zarur.  Chunki  ona  tili 
bilimdonlikning aql-idrokning kalitidir. 
Ona tili boshqa  fanlarni o’qitish  vositasi  hamdir:  tarix, jamiyat,  falsafa, tabiiy  fanlar 
ham  ona  tili  yordamida  o’rganiladi.  Boshqa  fanlarni  puxta  o’zlashtirish  uchun 
o’quvchilar ona tilini yaxshi bilishlari, ya'ni to’g’ri, tez, ongli o’qiy olishlari, xatosiz 
yoza  olishlari,  og’zaki  va  yozma    nutqi  ravon  rivojlangan  bo’lishi  lozim.  Bugungi 
kunda komil insonni tarbiyalashda ona tili juda katta rol o’ynaydi. 
 
Til  bilan  tarbiya  chambarchas  uzviy  bog’langandir.  Ona  tilini  yaxshi  bilgan 
o’quvchi  tarbiya  vositalaridan  biri  bo’lgan  yo’qsak  g’oyaviy  va  badiiy  adabiyotlarni 
o’qish  imkoniyatiga  ega  bo’ladi,  ro’znoma  va  jurnallarni  o’qishga,  kattalar  bilan 
muomala qilishga odatlanadilar. 
 
Ona  tilidan  olib  boriladigan  barcha  mashg’ulotlar  tizimi  o’quvchilarda  ona 
tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalashi lozim. 
 
O’qituvchi oldida har bir o’quvchini ona tilidan amaliy ko’nikma va malakalar 
bilan qurollantirish  vazifasi  turadi.  Ona tili o’quvchilarni badiiy til  namunalari bilan 


ta'minlanishi  ularda  yuqori  nutq  madaniyatini  tarbiyalashi,  ularni  o’z  fikr  – 
mulohazalarini,  bilim  va taassurotlarini to’g’ri, aniq,  ifodali bayon etishga o’rgatishi 
lozim. 
 
O’quvchilarda 
dunyoqarash 
e'lementlarini 
shakllantirishni, 
mavhum 
tafakkurini  o’stirishni  va  orfografik,  grammatik,  orfoepik  ko’nikma  va  malakalarini 
hosil qilishi uchun ilmiy-nazariy bilimlarining tizimini berish lozim. 
 
Boshlang’ich sinflarda ona tilida  mashg’ulotlar turi  va  mazmuni quyidagilarni 
o’z ichiga oladi:  
1. O’qish, yozuv, grammatik materialni o’rganish, kuzatishlar hamda o’quvchilarning 
ijtimoiy faoliyatlari bilan bog’liq holda ularning og’zaki va yozma nutqini o’stirish. 
2. 1 – sinfga kelgan o’quvchilarga savod o’rgatish, ya'ni ularni e'lementlar o’qish va 
yozishga o’rgatish, u ko’nikmalarni takomillashtira borib malakaga aylantirish.  
3.  Adabiy  til  normalarini,  ya'ni  imloviy  va  tinish  belgilar,  savodli  yozuvni,  to’g’ri 
talaffuzni o’rganish, ifodali  nutq va uslubiy e'lementlarni egallash. 
4.  Grammatika,  fonetika,  leksikadan  nazariy  materiallarni  o’rganish,  tildan  ilmiy 
tushunchalar tizimini shakllantirish. 
5.  O’quvchilarni  o’qish  va  grammatik  darslari  orqali  badiiy,  ilmiy,  ommabop  va 
boshqa  adabiyotlar  namunasi  bilan  tanishtirish,  ularda  adabiy  asarni  idrok  etish 
ko’nikmasini hosil qilish.  
 
Bu  vazifalarning  hammasini  boshlang’ich  sinflarda kompleks ravishda birgina 
“Ona  tili”  predmeti  hal  etadi.  Bu  vazifalar  o’quv  predmetini  va  hajmini,  mazmunini 
shuningdek,  shu  predmetdan  bilim,  ko’nikma  va  malakalar  darajasiga  qo’yilgan 
asosiy  talabalarni  bellgilaydigan  davlat  xujjati  bo’lgan  boshlang’ich  sinflar  ona  tili 
dasturini  konkretlashtiradi.  Dasturni  o’qituvchi  va  o’quvchilar  bajarishlari  shart, 
dasturni kengaytirish va qishartirishga yo’l qo’yilmaydi. 
Boshlang’ich  sinflarda  ona  tili  nutq,  o’qish  va  yozish  sohasidagi  ko’nikma  va 
malakalar o’quvchilar o’quv mehnatining zaruriy sharti va vositasi hisoblanadi. Bola 
o’qish ko’nikmalarini egallash bilan o’z ona tilini o’rganishi zarur. Chunki  
ona  tili  bilimdonlikning,  aql  –  idrokning  kalitidir.  Ona  tili  boshqa  fanlarni  o’qitish 
vositasi hamdir. Ona tili o’quvchining kamol topishida ham bilim va mehnatga havas 
uyg’otishda ham alohida rol o’ynaydi. 
Ona  tii  boshlang’ich  sinflarda  asosiy  o’rinni  egallar  ekan,  har  bir  bolada  ona 
tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalash zarur. 
 
Savollarga javob yozing. 
 
1.Tilda fikrni ifodalash qanday o’rin tutadi? 
2.Ona tili nima? 
3.Ona tilidan olib borilayotgan mashg’ulotlar nimani  tarbiyalashi zarur? 
4.Ona tilidan mashg’ulotlar turi nechta? 
5.Dasturni kengaytirish yoki qisqartirish mumkinmi? 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Ta'lim taraqqiyoti (Umumiy o’rta ta'lim davlat ta'lim standarti. Boshlang’ich ta'lim. 
Ona tili dasturi). T.: “Sharq” 1999. 3 – 32  b. 
2.Boshlang’ich ta'lim bo’yicha yangi tahriridagi davlat ta'lim standarti. T.: “Sharq”    
   2005. 
3.“Boshlang’ich ta'lim” jurnallari. – T.: 2000-2007. 


4.X. G’ulomova, SH.  Yo’ldosheva. Ona tili o’qitish si. Ma'ruzaT.: 2003.    
     7-15 b. 
 

Download 2,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish