Bosh assambleya.
Bosh assambleya haqiqiy a’zolar vakillaridan iborat BTT
ning yuqori organi hisoblanadi. Navbatdagi sessiya har ikki yilda bir marta
chaqiriladi. Zarurat tug‘ulganda navbatdan tashqari sessiya chaqirilib,
vaziyat taqazo qilgan masalalar muhokama qilinadi. Assambleya ikki yilda
bir marta tashkilot byudjetini muhokama qilish uchun chiqariladi va uning
ish dasturi turistik sektordagi dolzarb muammolarni muhokama qiladi. Bosh
assambleya har to‘rt yilda tashkilot bosh kotibini saylaydi. Asambleya BTT
faoliyat doirasiga kiruvchi har qanday masalani muhokama etadi. Bosh
assambleya Haqiqiy va Assossiyalashgan a’zolar ichidan ovoz beruvchi
delegatlardan tashkil topgan. Birlashgan – Qo‘shilgan a’zolar va boshqa
halqaro tashkilotlar vakillari Assambleyada kuzatuvchi sifatida ishtirok
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |