20.Tasdiq ma`nosini bildiruvchi modal qaysi qatorda
berilgan?
a) albatta
b) darhaqiqat
c) shubhasiz
d) menimcha
21.Bay-bay-bay, bunaqasini yemaganimga necha yil
bo`ldi ekan ?
Ajratib ko`rsatilgan so`zning turkumini aniqlang
a) undov so`z
b) taqlid so`z
c) modal so`z
d) yuklama
22.Yo`nalish ma`nosini bildiruvchi sof ko`makchilarni
belgilang.
1) tomon 2) qarab 3) sari 4) bo`ylab 5) sayin
a) 1, 2, 4, 5 b) 1, 2, 3, 4
c) faqat 3
d) 3, 4
23.Qaysi gapda vazifadosh bog`lovchi ishtirok
etmagan?
a) Uni yotoq ham stpendiya bilan ta`minlabdilar.
b) Ona- bola daraxtzorga kirdilar-da, yam-yashil
Xiyobonda ko`zdan g`oyib bo`ldilar.
c) Jahlga minsam-da , ichim to`la mehr qizim.
d) Hayotda ezgulik bilan yovuzlik yonma-yon yuradi.
24. Jo`nalish kelishigi bilan qo`llana oladigan
ko`makchilar qatorini toping.
a) tomon, ko`ra, yarasha, asosan, doir, qaramay
c)yarasha, doir, asosan, uchun, muvofiq, qarata
b) tomon, qadar,tashqari, qarshi, qarab, boshlab
d) yarasho, doir, asosan, binoan, bilan,muvofiq
25.Qaysi gapda teng bog`lovchi uyushiq bo`laklarni
birini tasdiqlab, birini inkor qilib bog`lagan.
a) Goh o`ynaydi, goh yig`laydi.
b) Na sen, na men buning kafolatini olganmiz.
c) Hammasini tinglardim, ammo o`xshashini topmasdim
also.
d) Yo olma, yo anor olaman.
26. Modal so`z qatnashgan gapni toping.
a) Nachora, kuni bitganda bitganda,- dedi dadam ovozi
xirillab.
b) Bobomning ehtimoli to`g`ri chiqdi.
c) To`g`ri yo`llarda ham mashaqqatlar bor.
d) Hamida, bunday qilishga qanday jur`at etding
27. Izdihomda hozir bo`lganlar-da buning javobi oldida
ojiz qodilar..Berilgan gapda qaysi turkum ga oid so`zlar
qo`llangan?
a) ot,sifat, fe`l,olmosh,ravish, yuklama
b) ot, ravish, fe`l ,olmosh, yuklama
c) yuklama,ko`makchi , ot, fe`l, olmosh
d) fe`l, yuklama, ko`makchi,ot, olmosh ,sifat
28. Sendan molim tugul, jonimni ham
ayamayman.Ushbu gapda ostiga chizilgan so`zning
turkumini aniqlang.
a) modal o`z b) yuklama
c) bog`lovchi
d) yordamchi fe`l
29.Qaysi qatorda endi so`zi yuklama vazifasida kelgan?
a) Endi ketsam ham bo`lar, boy ota, bu yerda men
qiladigan ish qolmadi.
b) Nega endi sening muammolaringni men hal qilishim
kerak?!
c) Biz o`zga yurtdamiz, endi erkaliklaring o`tmaydi.
d) U endi baqiraman deb turgan edi, kimdir kelib og`zini
mahkam yopdi.
30. Yordamchi so`zlarning qaysi guruhi faqat yozma
nutq uslubida qo‘llanadi?
a) ta`kid yuklamalari
b) shart bog`lovchilari
c)gumon yuklamasi
d) ayiruv bog`lovchilari