«FIZIKA O‘QITISH METODIKASI» KURSINING ASOSIY BO‘LIMLARI VA REJASI:
Ma’ruzaga oid mavzular va laboratoriya ishlarining mazmuni
Jami: 64 (30) soat.
III.-KURS, 5-SEMESTRDA-64 (30) SOAT.
I. FIZIKA O‘QITISH METODIKASINING UMUMIY MASALALARI
(Ma’ruza 20 soat, seminar 10 soat)
Kirish. Fizika o‘qitish metodikasi pedagogika fani sifatida, uning predmeti va tekshirish metodlari. Fizika o‘qitish
metodikasining oliy o‘quv yurtlarida o‘quv predmeti sifatidagi vazifalari.
Fizika o‘rta umumiy ta’lim va o‘rta maxsus maktablarning o‘quv predmeti sifatida hamda uning o‘qitilishidagi
vazifalar. Fizika kursini qurilish sistemasining tahlil (radial, kontsentrik va bosqichli). Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul
qilinishi munosabati bilan fizika kursining kontsepsiyasi, undagi asosiy g‘oyalar.
O‘qitishning birinchi va ikkinchi bosqichida maktab fizika kursining mazmuni va tuzilishi. Fizika o‘qitishning asosiy
vazifalari: fizika kursining asosiy masalalari bo‘yicha, malaka va ko‘nikmalar, mustahkam bilimlarga ega bo‘lish, politexnik
bilimga ega bo‘lish, o‘quvchilarda fizika faniga bo‘lgan sevgi va hurmatni hosil qilish, fikrlash va bilish qobiliyatlarini
rivojlantirish, dunyoqarashni shakllantirish, kabilardan iborat. Kasb-hunar kollejlarida fizika kursining strukturasi va mazmuni.
Kasb-hunar kollejlarida fizika o‘qitish metodikasining o‘ziga xos tomonlari.
Fizika o‘qitish metodlari. O‘qitish metodlarining obzori va ularning klassifikatsiyasi. Og‘zaki o‘qitish metodlari
(suhbat, hikoya, lektsiya). O‘quvchilarning bilish aktivligini oshirish muammosi. Muammoli o‘qitish. Fizikadan
demonstratsion eksperiment, o‘qitishda uning ahamiyati, unga bo‘lgan metodik talablar.
Fizika darslarida modellashtirish metodi. Fizika darslarida plakat, jadvallarni qo‘llash metodikasi, o‘qitishda
multmediya vositalarni qo‘llash metodikasi. Fizika o‘qitishda kompyuter texnikasi va axborot texnologiyasi.
O‘quvchilarning fizika bo‘yicha mustaqil ishlarining turlari va ahamiyati (darslik, ilmiy ommabop adabiyot, tarqatma
material, didaktik kartochkalar, dasturlashgan topshiriqlar).
O‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish va boshqarish metodikasi. O‘quvchilarning fizika bo‘yicha malaka va
ko‘nikmalari, bilimlarini tekshirishning turli ko‘rinishi va uning ahamiyati. Bilimlarni tekshirishdagi har bir metodning
vazifasi, o‘qitish jarayonida uning tutgan o‘rni va o‘tkazish metodikasi.
Fizika bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarni tashkil etish shakllari va o‘qituvchining ishini rejalashtirish. Fizikadan o‘quv
mashg‘ulotlarini tashkil etish formalarining turlari, ularning qisqacha obzori. Fizika darslarining turlari, ularning strukturasi.
O‘qituvchining o‘qitish ishini rejalashtirish: yillik reja, chorak yoki yarim yllik kalendar ish reja, tematik
rejalashtirish, dars rejasi. Konspekt va darsning kengaytirilgan rejasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |