2. Mutlaqo yangi xizmat ko’rsatishni bashorat qilish.
Iste’molchining rasmiy talablari va afzalliklarini ko’ra bilish va kondirishdan
tashkari, ular bilan muayyan tan olingan va xis qilingan yana bir soha bor bu esa
marketingda iste’molchilarning talablari (extiyojlari, zaruratlari)ni tahil va bashorat
63
qilishdir. Bugun ko’pgina iste’molchilar hali bilmaydigan, odamlarning extiyojlari
paydo bo’lishi mumkin. Kelajakda (istiqbolda) esa iste’molchilarda paydo bo’lishi
mumkin bo’lgan talablarni ishlab chiqarishning umumiy tarakiyotini borishiga, fan va
texnika tarakiyotining ta’siriga, ijtimoiy siljishlarning sezilarli natijaliriga va
boshqalarga karab boshorat qilinadi. Bunda gap yangi bozor tijoratini shakillantirish
uchun iste’molchilarning xulklari (holatlari)ni o’rganish xaqida, Mutlaqo yangi
turdagi xizmat ko’rsatishlar va buyum (maxsulot)larga bo’lgan takliflardan
iste’molchilarning ta’sirlanishlarini tahil qilish xaqida borayapti. Ilmiy-tadkikot va
tajriba-konstruktorlik ishlarining natijalari yangilik bo’lib amaliyotga kirguncha,
xizmat ko’rsatish turlari va maxsulot (buyum)lari tijoratga muvoffakiyatli o’rinlarini
topgunicha o’ziga xos bosqichni bosib o’tadi. Vaxolanki, AQSH, Yaponiya, Janubiy
Koreyadagi ilg’or kompaniyalar koinotni o’zlashtirish uchun ishlab chiqarilgan
uskunalardan tijorat maqsadlarida muvaffakiyatli qo’llamokdalar. SHuning uchun
xozirgi kunda marketingning vazifasi nafakat iste’molchilarning mavjud muayyan
tushinib yetmagan talablari va uning tizimidagi o’zgarishlarini bashorat qilishdan
iborat bo’lmay, balki maxsulotlarning ishlanmalari va ishlab chiqarishda shu
o’zgarishlarni hisobga olish hamda odamlarni hali tushinib yetmagan bo’lajakdagi
extiyojlari va ularni ilmiy-tadkikot va tajriba-konstruktorlik ishlarda o’tkazishga
tegishli ravishda hisobga olishdan ham iboratdir. Bu, har qanday yangi buyumlar,
yangi texnologiyalar yoki eng ilg’or fan yutuklarini tijoratda muvaffakiyatli
maxsulotga aylantirishdagi imkoniyatlar bozorining istiqboldagi taraqqiyotini
baholashda kalitli unsur bo’lib xizmat qiladi. Zamonaviy marketing ilmiy-tadkikot va
tajriba-konstruktorlik
ishlarini
o’tkazishga,
yangiliklarning
ishlanmasi
va
qo’llanilishiga boshqacha yo’lni talab qiladi. Bunda izlanishlarning yo’nalishlarini
olim yoki muhandislarning fikri bilan oldindan aniqlanmay, balki iste’molchilikning
afzallik tizimlarini almashtirish va uni tarakkiy ettirish, yangi talablar va odamlarning
extiyojlarini ko’ra bilishni talab qiladi. Raqobatchilik sharoitida savdo aylanmasi,
sotilgan maxsulotning xajmining o’sishi, bajarilgan transport ishlari-eng muhim
ko’rsatkich, xo’jalik faoliyatida bosh samaradorlik mezoni.
64
Do'stlaringiz bilan baham: |