qonuniyatlar umumiy va xususiv tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga
imkoniyatlari, ta iim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek,
o ‘quv yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlari.
3. Ta’lim sifati (samaradorligi) quyidagilarga bog‘liq: avvalgi bosqich
mahsuldorligi va mazkur bosqichda erishilgan natijalar, o‘iganilayotgan material
xususiyati va hajmi, o ‘quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko‘rsatish hamda
o'quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqti.
4 . Ta’lim metodlari samaradorligi quyidagilarga bog'liq: metodlarni qo'llashda
bilimlari va ko'nikmalari, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, o'quvchilarning yoshi,
ta’lim olish imkoniyatlari, moddiy-texnik ta’minot hamda o'quv jarayonini tashkil
etish.
5. Ta’limni boshqarish mahsuldorligi quyidagilarga bog'liq: ta’lim tizim ida qayta
aloqalarning intensivligi va tuzatish, ta ’sir ko‘rsatishlarning asoslanganliligi.
6. Ta’limni rag‘batlantirish samaradorligi quyidagilarga bog‘liq: ta’limning ichki
rag'batlari (sabablari) hamda tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag‘batlari.
Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlarning ko‘plab soni ma’lumdir. Ular qatoriga
quyidagilar kiradi:
1. Didaktik qonuniyatlar.
2. Gnoseologik qonuniyatlar.
3. Psixologik qonuniyatlar.
4. Kibernetik qonuniyatlar.
5. Sotsiologik qonuniyatlar.
6. Tashkiliy qonuniyatlar.
Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o‘quv jarayonining umumiy maqsadlari
va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini
belgilovchi boshlang‘ich qoidalardir.
Tamoyil (yunoncha «principium») — biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy
boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya, faoliyatning asosiy qoidasi;
umumlashtirilgan talab.
O’zbekistonda didaktik ta’limning tashkil topishi va rivojlanishi Abdulla Avloniy,
Hamza Xakimzoda Niyoziy, Muhammadrasul Rasuliy, Qori Niyoziy kabi pedagog
va olimlarning nomlari bilan bog’liq. Shunday qilib didaktika tamoyillari asrlar
osha sayqal topib bordi. Albatta didaktika tamoyillari har bir davrning o’ziga xos
bo’lgan xususiyatlarini hisobga olgan holda o’zgarib boradi. Chunki ta’lim
tamoyillari jamiyat va davlat oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi.
Ta’lim (o’qitish) jarayoni murakkab hamda ko’p qirralidir. Unda pedagog va
talabalar faol ishtirok etadilar. Bu jarayonning muvaffaqiyatli va samarali natijasi
ta’lim jarayonining qonun qoidalari ya’ni ta’limga quyilgan didaktik talablarga qay
darajada amal qilishlariga bog’liq.
Ta’lim
tamoyillari
pedagogning faoliyatini va talabalar tomonidan ilmiy
bilimlarning o’zlashtirilishi tegishli ko’nikma va malakalar xosil qilishning asosiy
qonun va yo’l yo’riqlarini o’z ichiga oladi. Shu bilan bir vaqtda ta’lim tamoyillari
har ikkala faoliyatning ya’ni pedagog va talaba tomonidan o’z oldiga qo’yilgan
vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini beradigan bir qancha
talablarni ham umumlashtirib beradi. Shunga ko’ra ta’lim qoidalari o’qitishning
eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to’g’ri hal qilishning asosiy
negizi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: