Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi


XVI BOB. ANTROPOGEN O`ZGARGAN TABIIY MUHITNI HUQUQIY



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/144
Sana17.01.2022
Hajmi1,73 Mb.
#382234
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   144
Bog'liq
Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi

 
 
 


XVI BOB. ANTROPOGEN O`ZGARGAN TABIIY MUHITNI HUQUQIY 
MUHOFAZA QILISH. 
 
1
§
. Antropogen o`zgargan tabiiy muhitni huquqiy muhofaza qilish 
tushunchasi, asosiy turlari va xususiyatlari. 
 
 
Ko`pgina  yuridik  adabiyotlarda  mutaxassislar  ekologiya  huquqining 
obyektini  -  tabiiy  obyektlar,  tabiiy  resurslar  va  tabiiy  komplekslarga
1
  yoki 
integrallashgan,  differensiatsiyalashgan  (tabaqalashgan)  va  alohida  muhofaza 
qilinadigan
2
  hamda xalq xo`jaligi bo`yicha tarmoqlashgan obyektlarga ajratadilar. 
Lekin  ushbu  mualliflarning  o`zlari  ekologiya  huquqining  obyekti  bo`lishi  uchun 
atrof  tabiiy  muhit  elementi  avvalam  bor  tabiiy  kelib  chiqqan,  ekologik  tizimning 
tarkibiga  kirgan,  insonlarning  iqtisodiy,  ekologik,  madaniy,  ijtimoiy,  siyosiy 
talablarini  qondira  va  yashash  muhitini  sifatini  ta'minlab  bera  oladigan  bo`lishi 
kerak deb to`g`ri ta'rif berganlar.  Yana ularning bir jihati - bu obyektlar amaldagi 
qonunlar  bilan  tartibga  solina  oladigan  bo`lishi  kerak
3
.  Ekologiya  huquqi 
obyektlariga  nisbatan  berilgan  bunday  yuridik  ta'rif  bizni  ham  qoniqtiradi  va  bu 
tushunchadan  kelib  chiqqan  holda  tabiatni  muhofaza  qilish  va  ularni  huquqiy 
boshqarish  tizimini  xalq  xo`jaligi  sohalari  bo`yicha  ishlab  chiqish  tabiat 
qonuniyatlariga,  ya'ni  ekologik  tizimlarning  "komplekslilik"  xususiyatiga  mos 
tushmay  qoladi.  Undan  tashqari,  sanoat,  transport,  energetika  va  boshqa  xalq 
xo`jaligi  tarmoqlari  ekologik  qonunlar  obyekti  emas,  balki  ekologik  nazorat  va 
ekspertiza obyekti bo`lib qolishi  mumkin. Shuning uchun ham ekologik qonunlar, 
an'anaga  ko`ra,  aniq  bir  ekologiya  huquqining  obyektlari  yoki  ularning 
komplekslari  bo`yicha  ishlab  chiqiladi  va  jamiyatdagi  ekologik  munosabatlar  ana 
shu obyektlar bo`yicha tartibga solinadi. 
 
Yuqorida ta'riflanib berilgan tabiat va jamiyat qonuniyatlarini inobatga olib 
biz  ekologiya  huquqining  alohida  tartibga  solinishi  kerak  bo`lgan  obyektlaridan 
biri qilib antropogen o`zgargan tabiiy muhitlarni olamiz. 
 
Antropogen  (grekchada  anthropos  -kishi)    o`zgargan  tabiiy  muhit  - 
kishilarning xo`jalik faoliyati jarayonida ma'lum bir hudud yoki tegralarda tubdan 
o`zgargan  atrof  tabiiy  muhit  holati.  Bu  hudud  yoki  tegralarni  keltirib  chiqaruvchi 
omillar  majmuasiga qarab  -  shahar, sanoat  va  agrar  (qishloq  xo`jaligi) tegralariga 
ajratib olsak bo`ladi. Bu hudud va tegralarda tabiat elementlari (yer, suv, atmosfera 
havosi...)ning  son  va  sifat  ko`rsatgichlari,  morfologik  (tashqi)  va  morfometrik 
(o`lchamli) belgilari o`ziga xos tarzda namoyon bo`ladi. 
 
Masalan,  atmosfera  havosi  atropogen  o`zgargan  tabiiy  hududlarda  boshqa 
kam  ta'sirlangan  atrof  tabiiy  muhitga  nisbatan  10-15  barobar  ko`proq  ifloslangan 
bo`ladi.  Sanoat  tegralarida  havo  tarkibida  zaharli  is  gazi  (SO)ning  ko`payishi 
asosan  metallurgiya  (30-40%)  va  ximiya  sanoati  (15-20%),  transport  (10-15%) 
ta'sirida  yuzaga  kelsa,  shaharlarda  esa  is  gazi  asosan  transport  (60-80%),  og`ir 
sanoat (15-20%), ximiya sanoati (5-10%) ta'sirida yuzaga keladi. Agrar tegralarda 
                                                 
1 Yerofeyev B.V. Ekologicheskoye pravo Rossii. -M.: Yurist', 1996. -624 s. 
2  Petrov V.V. Ekologicheskoye pravo Rossii. -M.: Izd. BEK, 1997. - 557 s. 
3  Nigmatov A.N. Ekologiya xukuki. -T.: Iktisod va xukuk dunyosi, 1999, -148 bet. 


tuproqlarning  morfologik  (ko`zga  tashlanadigan  tashqi)  ko`rinishi  1-1,5  metr 
chuqurlikgacha tubdan o`zgargan va  yangi  tur hosil qilgan  bo`ladi.  Ularda  tuproq 
ifloslanishi pestitsid, gerbitsid, azot, fosfor, turli tuzlar; shaharlarda - maishiy ahlat; 
sanoat  tegralarida  -  sanoat  chiqindilari  hisobiga  amalga  oshadi.  Sanoat  tegralari 
toifasiga  kiruvchi  atom  elektrostansiyalari  atrofidagi  suv,  tuproq  va  atmosfera 
havosida radioaktiv elementlar miqdori shaharlarga nisbatan bir necha o`n barobar 
ko`p  bo`ladi,  lekin  is  gazining  miqdori  elektrostansiya  atrofida  agrar  tegralarga 
tenglashgan, shaharlarga nisbatan esa bir necha o`nlab barobar kam bo`ladi. 
 
Yuqoridagi  misollardan  kelib  chiqadiki  turli  xil  antropogen  o`zgargan 
muhitlarda  ekologik  holat  o`ziga  xos  bo`lgani  uchun    ham  ulardagi  ekologik 
munosabatlarni  huquqiy  tartibga  solish  turlicha  bo`lishni  talab  etadi.  Tabiatni 
muhofaza  qilish  va  tabiiy  resurslardan  foydalanish  me'yorlari  har  bir  antropogen 
hudud  bo`yicha  alohida  shakllanishi  va  xo`jalik    yuritishning  ekologik  talablari 
differensial   tarzda amalga oshirishni taqazo qiladi. Har bir antropogen o`zgargan 
tabiiy muhit holati va unga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko`rsatuvchi omillarga nisbatan 
huquqiy  me'yorlar  yoki  standartlar  turlicha  bo`lishi  kerak.  Chunki,  shaharlarda  is 
gazining  miqdori  atmosfera  havosida  yuqori  darajada  bo`lgani  uchun  ham 
avtomobillardan  chiqayotgan  tutun  tarkibida  SOning  ruhsat  etilgan  miqdori  1,5% 
emas,  balki  undan  ham  kamroq  bo`lishi,  cho`l  yoki  tog`li  mintaqalarda  esa  SO  -   
2,0  %  gacha  ruhsat  talab  qiladi.  Ekologik  nobop  shaharlarda  avtomashinalardan 
chiqayotgan  tutunni  nafaqat  SO  ko`rsatgichi  bo`yicha,  balki  SN  va  NO 
ko`rsatgichlari bo`yicha ham olish xalqaro ekologik talablar doirasida bo`lur edi.  
 
Shaharlarning  katta-kichikligi,  ifloslanganlik  darajasi,  iqlim  sharoitlariga 
qarab  kishi  boshiga  to`g`ri  keladigan  yashil  maydon  yuzasi,  shaharlarsozlikning 
ekologik talablariga binoan 5-10 m

dan to 25-30 m

gacha oshirish - issiq iqlimli 
O`zbekiston  sharoitida  insonlarni  toza  atrof  muhitda  yashash  huquqini  ta'minlab 
beradi. 1998-1999 yillar Toshkent shahri Yunusobod tumani hokimiyatining yashil 
maydonlarni  shahar  ko`rkiga  moslash  bo`yicha  chiqargan  qarori  va  amaliy 
tadbirlari bunday ekologik talablarga zid deb o`ylaymiz. 
  

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish