ashyodan tayyor, pirovard mahsulot olganga qadar kompleks foydalanishga
imkon beradigan yangi, zamonaviy, ekologik jihatdan samarali uskunalarni
o`rnatish lozim;
—
qayta tiklanadigan zaxiralarni qayta ishlab chiqarishning tabiiy
ravishda kengayishini ta'minlangan hamda qayta tiklanmaydigan zaxiralarni qat'iy
mezon asosvda iste'mol qilgan holda tabiiy zaxiralarning hamma turlaridan oqilona
foydalanish darkor;
—
foydali qazilmalardan oqilona foydalanish kerak. Boshlang`ich xom
ashyodan to`liq foydalanishni ta'minlash darkor va uning uchun eskirgan
uskunalarni almashtirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, ayrim sexlar,
uchastkalar va korxonalarni rekonstruksiya qilish asosida foydali qazilmalarni
sanoat usulida yanada to`liq va oqilona qazib olish muhim vazifadir. Atrof-
muhitni muhofaza qilish uchun tog`-kon sanoatining chiqindilarini o`zlashtirishni
yanada kengaytirish hamda buzilgan yerlarni qayta yaroqli holga keltirish
(rekultivatsiya qilish) muhim ahamiyatga ega;
—
keng maydonlardagi tabiiy sharoitlarni tabiiy zaxiralardan samarali va
kompleks foydalanishni ta'minlaydigan darajada aniq maqsadli, ilmiy asoslangan
tarzda o`zgartirish (daryolar oqimini tartibga solish hamda suvlarni bir xavzadan
ikkinchisiga tashlash, yerning suv-fizik xususiyatlarini yaxshilash, suv chiqarish
tadbirlarini va shunga o`xshash tadbirlarni amalga oshirish) lozim;
—
jonli tabiatning xilma-xilligini saqlash, tabiiy genofondni madaniy ekinlar
va hayvonlarning yanga turlarini ko`paytirish hisobiga boshlang`ich baza sifatida
saqlab qolish kerak;
—
qurilish va obodonlashtirishni rejalashtirishning ilmiy asoslangan, hozirga
zamon urbanizatsiyasining barcha salbiy oqibatlarini bartaraf etadigan tizimini joriy
etish yo`li bilan shaharlarda va aholi punktlarda ekologik xavfsiz muxitni tarkib
toptirish;
—
jahon jamoatchiliga e'tiborini mintaqaning ekologik muammolariga qaratish
lozim. Orol muammosi bugungi kunda chinakam keng ko`lamli, butun
sayyoramizga daxldor muammo bo`lib qolganligini, uning tasiri hozirning
o`zidayoq biologik muvozanatni buzayotganligini, bepoyon hududlarda aholining
genofondiga halokatli ta'sir ko`rsatayotganligini nazarda tutish lozim;
—
xalqaro tuzilmalarning zaxiralari, imkoniyatlari va investitsiyalarini ana
shu muammolarni hal qilishga
jalb etish
—
birinchi darajali vazifadir.
Ekologik xavfsizlikni ta'minlash va yuqorida aytib o`tilgan mo`ljallangan
tadbirlarni amalga oshirish uchun «Tabiatni muhofaza qilishning Milliy Dasturi»da
quyidagi prinsiplarga amal qilishni tavsiya etilgan:
—
davlat ekologik islohotlarning yo`lboshlovchisi bo`lmog`i darkor;
—
ekologik xarajatlarni moliyalash va uning yangi sxemalarini jalb qilish;
—
makroiqtisodiy va sohaviy ekologik siyosatni takomillashtirish;
—
qishloq xo`jalik ishlab chiqarishni ekologiyalashtirish;
—
atrof tabiiy muhit sifatini yaxshilash maqsadini qo`yish
va
standartlashtirish;
—
ishlab chiqarishning ekologik talablarini chuqurlashtirish va h.k.
O`zbekiston Respublikasining yuqorida aytib o`tilgan ekologik siyosatini
amalga oshiruvchi tabiat va jamiyat o`rtasidagi munosabat shakli, tabiat
qonuniyatlariga jamiyat qonunlarini moslashtirish, ekologik chora-tadbirlar va
asosiy tanlangan tamoyillarning hayotga tatbiq qilish mexanizmi ishlab chiqilsa va
amaliyotda ular o`z tadbig`ini topsa, so`zsiz, bizning mamlakatimiz yaqin
kelajakda ekologik munosabat shakliga o`tib olishi mumkin. Bunday siyosat
shaxsning, jamiyatning va davlatning hayotiy zarur bo`lgan milliy xavfsizligani
ta'minlashda katta omil bo`lib xizmat qilishiga hech shubha yo`q.
Do'stlaringiz bilan baham: