Jahon
iqtisodiyoti
globallashuvining
harakatlantiruvchi
kuchlari va
omillari.
Globallashuv tahlilining keyingi logistik bosqichi globallashayotgan jarayonlarga ta'sir
ko‘rsatuvchi, bevosita ularni shakllantiruvchi omillar va globallashuvning xarakatlantiruvchi
kuchlarini ko‘rib chiqishdan iborat bo‘lishi lozim. Oxirigisiga jahon iqtisodiyoti doirasida kuch
to‘playotgan kapitalning jamlanishi va markazlashishini, xo‘jalik hayotining
transmilliylashtirilishi – yirik transmilliy kompaniyalar va moliyaviy guruhlarning o‘sishi va
rivojlanishini kiritish mumkin. Zamonaviy globallashuv jarayonlariga nafaqat milliy bozorlarda,
shuningdek, jahon miqyosidagi bozorlarda ham globallashuvni rag‘batlantiradigan bozor
raqobati kabi baquvvat kuch katta ta'sir ko‘rsatadi. Raqobatning asosiy vositasi – xarajatlarni
kamaytirish, tovar va xizmatlar sifatini oshirish, ularning turlarini kengaytirish
globallashtirishning motori hisoblanadi.
Globallashtirishning bir harakatlantiruvchi kuchi ilmiy texnikaviy taraqqiyotning,
texnologik innovatsiyalar taraqqiyotining rivojlanishi bo‘lib, u transport va aloqani, axborot va
telekommunikatsiya tarmoqlarini modifikatsiya qilishda yanada yaqqol namoyon bo‘ladi, tovar
va xizmatlar, moliyaviy vositalar, g‘oya va axborot mahsulotlarini chegarviy transport
vositalariga tez va kam xarajat bilan joylashtirish uchun kutilmagan imkoniyatlarini yaratadi.
Yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining yuzaga kelishi, tez xarakatlanuvchi
kompyuter texnikasi, signal uzatishning optik to‘lqinli texnologiyasi, sputnik va uyali telefon
aloqasi, kibernetika, tarmoq texnologiyalari, kompakt elektron qurilmalar rivojlanishi, Internet
global tarmog‘i yaratilishi bilan, boshqa texnik yutuqlarning yuzaga kelishi bilan paydo bo‘ldi.
Butunlay yangi imkoniyatlar axborot va kommunikatsiya texnologiyalari doirasida
yangiliklarning kashf qilinishi globallashtirish jarayonlari rivojlanishini rag‘batlantiruvchi
inqilob bilimlariga (knowledge-based) asoslangan haqiqiy axborot innovatsiyalari haqida
gapirish imkonini beradi. Mavjud hisob-kitoblar va baholarga muvofiq, keyingi 5-10 yil ichida
dunyodagi mavjud axborotlarning umumiy hajmi har yarim yilda ikki barobarga oshdi: bu Mur
qonuni nomini oldi (bu tendentsiyani ilk bor topgan kishi nomi sharafiga).
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning amerika tadqiqotchisi Dj. Garret jahon iqtisodiyoti
globallashuvining uch asosiy mexanizmini ajratib ko‘rsatadi, ularga quyidagilar kiradi: 1) jahon
savdosida o‘sib borayotgan raqobat; 2) ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish quvvatlarini
boshqa mamlakatlarga joylashtirish hisobiga shaxsiy daromadlarini oshirishga intilishlari
natijasida ishlab chiqarishning ko‘p millatli xarakterini o‘rnatish; 3) moliyaviy bozorlarning
xalqaro integratsiyasi.
Jahon iqtisodiyotida transmilliylashtirish jarayonlari real va moliyaviy tarmoqlarda
transmilliy korporatsiyalar yaratilishi va ularning faoliyati jarayonlarida mujassamlanadi. g‘arb
iqtisodchilarining ishlarida iqtisodiy faoliyatning bunga o‘xshash sub'ektlari transmilliy,
xalqaro, multimilliy, supermilliy, global va boshqa kompaniyalar deb nomlanishi mumkin.
Shunga muvofiq ravishda transmilliy korporatsiya deganda, yirik moliyaviy, ishlab chiqarish,
ilmiy-texnikaviy, savdo-servis uyushmalari tushuniladi, ular o‘z operatsiyalarini o‘zlari tashkil
etadilar va boshqa xorijiy mamlakatlarda ham birdek amalga oshiradilar. Ularni shaxsiy ishlab
chiqarish, bank, investitsiya, savdo-reklama faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish,
kadrlarni tayyorlashni o‘z ichiga oluvchi murakkab tashkiliy tuzilma bir-biridan ajratib turadi.
•
TMKlarning zamonaviy ajralib turadigan jihatlari quyidagilar hisoblanadi:
•
Bozorlarni reja asosida yuritish va jahon miqyosida raqobatni amalga oshirish (ayrim
xorijiy ekspertlar global raqobatning zamonaviy atamasi uchun yangi so‘z –
―giperraqobat‖ so‘zini ishlatadilar);
•
Jahon bozorlarini shunday global korporatsiyalar bilan ajratish;
•
Yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida o‘z bo‘limlari faoliyatini kuzatish;
korporatsiyalar tuzilmasining moslashuvchanligi; o‘z bo‘limlari, zavodlari va qo‘shma
korxonalarini yagona xalqaro boshqaruv tarmog‘iga birlashtirish;
•
TMK faoliyat yuritayotgan davlatga iqtisodiy va siyosiy ta'sir ko‘rsatish.
Har qanday mamlakat uchun ilk asosiy rivojlanish, tabiiyki, ichki bozor bo‘lib qoladi
(yirik mamlakatlar bunda g‘ayritabiiy afzalliklarga ega), modomiki, transmilliylashtirish
jarayonlarining avj olishi bilan siyosiy iqtisodiy rivojlanishning asosiy kriteriyasi jahon
bozoriga zamonaviy mahsulotlar bilan chiqish va u erda o‘z o‘rniga ega bo‘lishdan iborat bo‘lib
qoladi.
TMK lar jahon to‘g‘ri xorijiy investitsiyalari (TXI) ning asosiy qismini amalga
oshiradigan xo‘jalik sub'ektlari hisoblanadilar. Oxirigi dinamika hayratda qoldiradi: 2002
yildagi Xalqaro investitsiyalar haqidagi Ma'ruza ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoda TXI ning
o‘rtacha yillik o‘sish sur'ati 90- yillarning birinchi yarmida 20 % ni, ikkinchi yarmida esa 40,1
% ni tashkil qilgan.
Xalqaro investitsiyalar umumiy hajmidagi to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ulushida asosiy kapital
1980 yildagi 2,0-2,4 % dan 1990 yilning oxirlarida 6-8 % gacha o‘sdi.
Globallashtirish va regionalizatsiya, hududiy iqtisodiy integratsiya jarayonlarining
o‘zaro munosabati har doim ham bir xil ma'noga ega bo‘lavermaydi. Sir emaski,
globallashayotgan jahon iqtisodiyotining bugungi holatining xarakterli belgilaridan biri ko‘p
miqdorli hududiy iqtisodiy guruhlarni shakllantirish bo‘lib qolmoqda. Regionalizatsiya
(hududiy iqtisodiy integratsiya) va globallashtirishning o‘zaro faoliyati haqidagi sodda
tasavvurlar biri ikkinchisini inkor qiladigan pozitsiyaga mos keladi. Masalan, shunday fikrlar
ham uchraydiki, bunda ―xalqaro regionalizatsiya globallashtirishning dialektik inkori
hisoblanadi, modomiki, hududiy ittifoqlar mamlakatlarning cheklangan miqdorinigina o‘z
ichiga oladi‖
1
.
Mashhur rus tadqiqotchisi prof. Yu.V. Shishkov fikriga ko‘ra, globallashtirish keng
xo‘jalik hayotining baynalminallashtirish jarayonlarining rivojlanishi, shu bilan bir vaqtda
hududiy integratsiya sifatida bir hudud doirasida ichki xo‘jalik hayotini baynalminallashtirish
jarayonlari rivojlanishining eng yuqori darajasi imkon qadar mumkin bo‘ladi
2
. Shu ma'noda
aytish mumkinki, hududiy integratsiya oldindan his qilishdir va bir vaqtda bir hudud doirasida
globallashtirish ma'nosini tashkil etuvchi jarayonlar rivojlanishining chuqur va intensiv
darajasidir.
Hududiy iqtisodiy integratsiya jahon xo‘jaligi globallashuvi
jarayonlarini
chuqurlashtirish uchun dastlabki shart-sharoitlarni shakllantiradi.
Globallashtirishning harakatlantiruvchi kuchlari globallashtirish jarayonlarining aniq
omillarida mujassamlashadi. Jahon iqtisodiyotini globallashtirish jarayonlarining yuzaga kelishi
va evolyutsiyasiga ta'sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar ichidan quyidagilarni keltirish mumkin:
mamlakatlararo o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlikning qat'iy kuchayishi; hozirgi kunda hech bir
mamlakat o‘z rivojlanishida jahon xamjamiyati va regressidan butunlay uzoq bo‘lgan
vaziyatda qolishni istamagan holda jahon iqtisodiyotidan tashqarida qolishi mumkin emas;
keyingi vaqtlarda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarining iqtisodiy oshkoralik darajasi
tez sur'atda oshib borishi; xalqaro savdo
77
va kapitalning mamlakatlararo harakatining o‘sishi
tufayli xalqaro iqtisodiy makonda yuz berayotgan milliy iqtisodiy jarayonlarga intensiv ta'sir
ko‘rsatishi;
tayyor mahsulotlarni mamlakatlararo almashtirish ulushi oshayotgan, agrar xom ashyo
tovarlarini almashtirish esa xalqaro savdoni yanada ko‘paytirayotgan bir vaqtda xalqaro
mehnat taqsimotining yangi sifatining shakllanishi; ichki tarmoq savdosining solishtirma
og‘irligining o‘sishi;
xalqaro moliyaviy bozor milliy sigmentlararo aloqalarning va yanada integratsiyalashgan
global moliyaviy bozor shakllanishining kuchayishi;
xo‘jalik hayotining xususiy va umumiy sub'ektlariga ega bo‘lgan turli mamlakatlardagi
hududiy tarmoq xo‘jalik sub'ektlari o‘rtasida doimiy aloqalarni qo‘llab-quvvatlash uchun
sharoit yaratadigan axborot va telekommunikatsiya inqilobi;
kuchli texnologik va moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan, butun dunyoda ishlab chiqarish va
boshqa bo‘linma hamda bo‘limlarni joylashtirish, va shu tufayli mahalliy raqobatdosh
1
Цит. По: Marshall D. Understanding Late-twentieth Century Capitalism: Reassessing the Globalizion Theme // Government
and Opposition. Vol.31. № 2. P. 213.
2
Шишков Ю.В. Интеграционные процессы на пороге XXI века. Почему не интегрируется страны СНГ? М., 2001. с.
17.
77
1986 йилдан 1995 йилгача халқаро товар айланмаси ҳажми йилига ўртача 6,5 % га ўсди, бунда ўн йилликда 1,9
баробарга ошди, халқаро хизматлар савдоси эса янада тез суръатларда ўсди ва 2,4 баробарга ошди. Бу вақтда халқаро
ЯИМда халқаро савдо улуши олдинги ўн йилликларга қараганда уч баробар тез ўсди. 1990 йилларда халқаро савдо
айланмасининг йиллик ўсиш суръати ўртача 8% ни ташкил қилди ва халқаро ишлаб чиқариш хажмининг ўсиши икки
баробарга ошди (Қаранг. Черковец О. Глобализация сотрудничества или конкуренция? // экономист 2002. № 10. с. 5).
afzalliklardan foydalanish samaradorligiga
erishish
imkonini beruvchi transmilliy
korporatsiyalar faoliyat doirasini global ravishda kengaytirish;
rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarni xalqaro savdoga jalb
qilinishining,
xalqaro
kreditlashtirish
va
investrlashtirishning,
xalqaro
mehnat
migratsiyasining o‘sib borishi;
jahon iqtisodiyoti sub'ektlari tuzilmasining asosiy murakkabligi – jahon arenasida milliy
davlatlar va o‘z faoliyati doirasida milliy afzallikka ega bo‘lgan kompaniyalar bilan bir
qatorda TMK lar va TMBlar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, hududiy tashkilotlar, jumladan,
integrallashgan uyushmalar, shuningdek, nodavlat tashkilotlari, yirik shaharlar va xatto,
alohida individlar (olimlar, madaniyat xodimlari, Dj. Sorosga o‘xshagan ishbilarmonlar va
boshqalar) ham faol ishtirok etishlari mumkin.
Globallashtirishning asosiy belgilari qanday? Ularga xalqaro mehnat taqsimoti xarakteridagi
sifat o‘zgarishlarini, TMK kabi jahon iqtisodiyoti sub'ektlarining ta'mir doirasi va faoliyat
qamrovining o‘sishini, global iqtisodiy jarayonlarga moslashtirish maqsadida milliy va
xalqaro darajada iqtisodiyotni boshqarish tizimidagi o‘zgarishlarni, davlatlararo va nodavlat
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tizimidagi vazifalarning o‘zgarishini kiritish mumkin. Xalqaro
iqtisodiy aloqalar xalqaro xo‘jalik mavjud barcha tarkibiy qismlarining muhim shakliga
aylanadi: hech bir, xatto eng kuchli davlatlar ham tashqi muhit bilan chambarchas
bog‘lanmagan, mutlaq etarlilik tartibida mustaqil rivojlana olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |