VII. Tashkiliy guruh va hisob-komissiyasi
7.1. Turnirni saviyali o’tkazish maqsadida tashkiliy guruh shakllantiriladi.
7.2. Tashkiliy guruhga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- turnirni sifatli savollar bilan ta’minlash;
- savollarning maxfiyligini kafolatlash;
- turnirdagi fors-major holatlarini odilona baholash;
- turnir nizomiga bo’ysunmagan jamoalarni qoida bo’yicha jazolash huquqiga
ega bo’ladi.
7.3. Turnirda jamoalar tomonidan berilgan javob variantlarini hisoblash
maqsadida hisob-komissiyasi tashkil etiladi.
7.4. Hisob-komissiyasi jamoa tomonidan berilgan javob variantini aniq
javobga to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini mustaqil baholab, jamoaga ochko berish
masalasini hal qiladi va turnir natijalari hisobini olib boradi.
7.5. Hisob-komissiyasining qarori apellyatsiya natijasida o’zgartirilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |