Kartashunoslik


O‟zbekistonda kartografiya sohasi Sho‟rolar davrida sezilarli rivoj topdi



Download 4,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/257
Sana17.01.2022
Hajmi4,76 Mb.
#381313
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   257
O‟zbekistonda kartografiya sohasi Sho‟rolar davrida sezilarli rivoj topdi.
 
Xalq  xo‘jaligining  tiklanishi  va  rivojlanishi,  yangi  yerlarni  keng  miqyosda 
sug‘orish  va  o‘zlashtirish  maxsus  kartalarni  yaratilishini  taqozo  etdi.  Lekin  bu 
rivojlanish  bir  yoqlama  bo‘lib,  Markaziy  Rossiya  metropoliya  manfaatlariga 
bo‘yinsingan edi. 
1934 yili O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda yagona bo‘lgan Toshkent kartografik 


 
69 
fabrikasi  tashkil  etildi.  Unga  davlat  muassasalarini  va  jamoat  tashkilotlarini 
mavzuli,  siyosiy-ma‘muriy  va  ma‘lumotnoma  kartalar  bilan,  shuningdek  maktab 
o‘quvchilarini o‘quv karta va atlaslari bilan ta‘minlashdek yuksak vazifa yuklatildi. 
Ko‘p  o‘tmay  ayrim  sug‘oriladigan  rayonlarning  1:10  000  masshtabli  qishloq 
xo‘jalik  kartalari,  O‘zbekistonning  1:500  000  masshtabdagi  ma‘muriy  kartasi  va 
O‘rta Osiyo xalqlarining milliy tillarida o‘quv kartalari tuzildi va nashr etildi. O‘rta 
maktablar  uchun  alohida  materiklarning  yozuvsiz  (kontur)  kartalarini  yaratish 
bo‘yicha ishlar olib borildi. 
Mintaqa,  xususan  O‘zbekiston  hududi  tasvirlangan  kartografik  ma‘lumotlar 
o‘sha yillari nashr etilgan sobiq Ittifoqning Katta Sovet, Kichik Sovet va qishloq 
xo‘jaligiga oid maxsus entsiklopediyalari tarkibida ham berilgan. 1939-1940 yillari 
barcha O‘rta Osiyo respublikalarining devoriy siyosiy-ma‘muriy va tabiiy kartalari 
tayyorlandi  va  chop  etildi.  Bularning  ichida,  ayniqsa  O‘zbekiston  va 
Turkmanistonning qishloq xo‘jalik kartalari alohida ajralib turadi.  
1940  yili  sobiq  Ittifoqda  nashr  qilingan  «Dunyoning  katta  sovet  atlasida» 
O‘zbekistonning  va  uning  alohida  qismlarining  umumiqtisodiy  kartalari  berilgan, 
ularda  sug‘oriladigan  va  bahorikor  yerlar,  yaylovlar,  shuningdek  paxta,  bug‘doy, 
kanop va tamaki yetishtiriladigan xududlar tasvirlangan.  
Ikkinchi  jahon  urushidan  keyingi  yillarda  respublikamizda  kartaga  olish 
ishlari  ancha  jadal  olib  borildi.  Bu  davrda  dehqonchilikni  hududiy  tashkil  etishda 
paxtaning  ahamiyati  oshdi,  paxta  urug‘chiligi  va  seleksiyasi  borasida  olib 
borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining qamrovi kengaydi. Kartograflarning asosiy 
vazifasi  qishloq  xo‘jaligini,  boshqaruv  va  rejalashtirish  organlarini  zarur 
kartografik  materiallar  bilan  ta‘minlash,  ilg‘or  xo‘jaliklar  va  ilmiy  tadqiqot 
muassasalarining  yutuqlarini  targ‘ibot  qilish  hamda  amaliyotga  joriy  etilishini 
tezlatish bo‘lib qoldi. 
Shunga  binoan,  1960  yili  sobiq  Ittifoqning  kompleks  sohaviy  «Qishloq 
xo‘jalik  atlasi»  yaratildi.  Atlasda  geografik  muhit  bilan  qishloq  xo‘jaligi  ishlab 
chiqarishi orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatish, alohida tarmoqlarning joylanish 
va  rivojlanish  qonuniyatlarini  chuqur  anglash  va  qishloq  xo‘jalik  rayonlarini 
ajratish  maqsadida  377 ta karta, karta-sxema  va  jadvallar berilgan. Atlas kartalari 
hozir  ham  o‘z  ahamiyatini  yo‘qotmagan.  Ana  shu  tajribaga  asoslanib,  bugungi 
mavjud  sharoitlarni  hisobga  olib,  respublikamiz  agrosanoat  kompleksini  ham  bir-
butun (yaxlit, bo‘linmas) atlasini yaratish vaqti keldi deb o‘ylaymiz

Download 4,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish