Kartashunoslik



Download 4,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/257
Sana17.01.2022
Hajmi4,76 Mb.
#381313
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   257
 
2.4. Globuslarning ahamiyati 
 
Globus geografiya darslarida (ayniqsa 5 sinfda) juda zarur ko‘rgazmali qurol 
bo‘lib,  Yerning  quyidagi  xususiyatlarini  aks  ettiradi:  I)  Yer  shar  shaklda  (o‘ziga 
o‘xshash  geometrik  shaklda)  tasvirlanadi;  2)  Yer  yuzasining  geografik  jihatdan 
o‘zaro  joylanish  holatlari  to‘g‘risida  tasavvur  beriladi.  Yer  yuzasining  ayrim 
bo‘laklari  (materiklar,  okeanlar,  dengiz  va  ko‘llar)ning  bir-biriga  nisbatan 
joylashishi  haqida  ham  aniq  tasavvur  beradi.  3)  Yer  yuzasining  hamma  joyi 
maydon  va  shakllar  o‘zgartirilmasdan  tasvirlanadi;  4)  Globus  yuzasining  hamma 
joyida  masshtab  bir  xilda  bo‘ladi;  5)  Yer  yuzasidagi  hamma  burchaklar  aynan 
tasvirlanadi, meridian va parallellar o‘zaro kesishib to‘g‘ri burchak hosil qiladi. 
Globusdan  quyidagi  ma‘lumotlar  olinadi,  ya‘ni  javob  topishda  foydalanish 
mumkin; 1) Yer sharining umumiy ko‘rinishi haqida; 2) Yerning sharsimonligi; 3) 
Yerning  kattaligi  va  shakli  haqida  tasavvur  hosil  qilishda;  4)  Yerning  kattaligiga 
nisbatan tizma tog‘lar balandligini taqqoslashda; 5) Qutblar, ekvator, meridian va 
parallellarning  ko‘rinishi  to‘g‘risida;  6)  Graduslar  to‘ri  to‘g‘risida;  7)  Yarim 
sharlarning  shimoliy  va  janubiy  ko‘rinishini  aniqlashda;  8.  Globusdagi 
nuqtalarning  kenglik  va  uzoqliklarini  topishda,  ya‘ni  geografik  koordinatalarni 
aniqlashda;  9)  Qutblarda  yo‘nalishlarni  aniqlashda;  10)  Gorizont  tushunchasi  va 
yer yuzasidan ko‘tarilgan sari gorizont chizig‘ining kengayishi to‘g‘risida; 11) Har 
xil kengliklarda quyosh nurlarining tushish burchagini aniqlashda; 12) Tropiklar va 
qutbiy doiralarini ko‘rsatishda; 13) Yer sharining issiqlik poyaslarini ko‘rsatishda; 
14)  Yerning  sutkalik  aylanishini  ko‘rsatishda;  15)  Yerning  quyosh  atrofida 
aylanishi  to‘g‘risida  tasavvur  hosil  qilishda;  16)  Yer  o‘qining  orbita  tekisligiga 
                                                           
1
  Robert  E.Gabler,  James  F.  Peterson,  L.  Michael  Trapasso.  Essentials  of  Physical  Geography.  2007.  p.  34-36 
/www.brookscole.com 


 
27 
nisbatan qiyaligini ko‘rsatishda; 17) Yil fasllarining hosil bo‘lishi haqida tasavvur 
hosil  qilishda;  18)  Joyda  gorizont  tomonlarini  aniqlash,  orientir  olish  va  boshqa 
maqsadlarda foydalanish mumkin. 
Globus okeanlar, materiklar, orollar, dengizlar, ko‘llar va daryolarning katta-
kichikliklari,  ularning  shakllarini  taqqoslashda  juda  zarur  ko‘rgazmali  qurol 
hisoblanadi.  Globus  dunyo  aylanasida  qilingan  sayohatlarni  ko‘rsatishda, 
mamlakatlarning  yer  yuzasidagi  o‘rnini,  ularning  maydonini  taqqoslashda  ham 
muhim ahamiyatga egadir. 
Globusga qarab yer yuzasidagi ikki nuqta orasidagi eng yaqin masofa bo‘lgan 
ortodromiyani
,  globusdagi  hamma  meridianlarni  bir  xil  burchak  bilan  kesib 
o‘tadigan 
loksodromiyani
  aniqlash  mumkin.  Ekvator  va  parallellar  loksodromiya 
hisoblanadi va hamma meridianlarni 90
0
 burchak bilan kesadi.  
Globusdagi  va  kartadagi  ortodromiyani  kesib  o‘tgan  geografik  obyektlarni 
taqqoslasak ular boshqa-boshqa joylardan o‘tganligini ko‘rasiz. Bu esa kartada yo‘l 
qo‘yilgan  xatolik  natijasidir.  Odatda,  samolyotlar  ortodromiya  chizig‘i  bo‘yicha 
harakat qiladi. 
 
9-rasm.
 Moskva bilan Nyu-York oralig‘idagi ortodromiya va loksodromiya. 
 
Yer  yuzasidagi  ikki  nuqta  oralig‘ini,  masalan,  Moskva  bilan  Nyu-York 
shaharlari  o‘rtasidagi  eng  yaqin  masofa  ortodromiyani  aniqlash  uchun  shu  2 
shaharni  globusdan  topib,  ularni  ip  bilan  tutashtirilsa,  globusda  to‘g‘ri  chiziq-
ortodromiya hosil bo‘ladi. Dunyo kartasidan ana shu 2 shaharni topib, ularni to‘g‘ri 
chiziq bilan tutashtirilsa, bu to‘g‘ri chiziq shu 2 shahar orasidagi eng yaqin masofa 
bo‘lmaydi.  Xonada  va  undan  tashqarida  amaliy  ishlarni  bajarishda  induktsion, 
proeksion,  kesilgan  globuslardan  va  boshqa  xil  globuslardan  ham  foydalaniladi. 
Induksion globuslar qora rangda bo‘lib, ularda meridianlar va parallellardan bo‘lak 


 
28 
hech narsa tasvirlanmagan bo‘ladi. Induksion globuslarda parallel va meridianlarni 
tushuntirish oson bo‘ladi. Proeksion globus simdan yasalgan bo‘lib, uning soyasi 
yordamida kartografik proeksiyalarni tushuntirish mumkin. 
Globus  kartadek  xohlagan  masshtabda  yasalmaydi.  Maktablar  uchun  globus 
odatda 4 xil masshtabda yasaladi (1:30 000 000, 1:4 000 000, 1:50 000 000 va 1:83 
000  000).  Bulardan  tashqari  masshtabi  yirikroq  globuslar  ham  bor  bo‘lib,  ular 
ilmiy-tadqiqot  ishlarda  qo‘llaniladi.  Sharqda  dastlabki  globusni  o‘rta  osiyolik 
mashhur  olim  Abu  Rayhon  Beruniy  yasaganligi  ma‘lum.  O‘zbekiston  Milliy 
universiteti geografiya fakultetida prof. H.Hasanov tashabbusi bilan o‘rnatilgan 1:7 
mln. masshtabli relyefli globus mavjud. 
 

Download 4,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish