18
- transport qatnovi uchun amaliy maqsadlarda foydalaniladigan globuslar va
boshqalar.
Globuslarning masshtabi maqsadiga ko‘ra tanlanadi. O‘quv globuslari,
odatda, 1 : 83 000 000, 1 : 50 000 000, 1 : 40 000 000, 1 : 30 000 000 masshtabda
tayyorlanadi. Shu bilan birga, ulkan globuslar ham yasalgan. Hozirgi vaqtda Sankt-
Peterburg shahrida saqlanadigan globus masshtabi 1 : 4 000 000, Toshkentda
O‘zMU geologiya va geografiya fakulьtetidagi globus masshtabi 1 : 7 000 000.
Yer yuzasi tasvirlangan globus geografik globus, Oy yuzasi tasvirlangan Oy
globusi, osmon sferasi tasvirlangan osmon globusi deb ataladi. Kartografik
mazmuniga ko‘ra ham globuslar har xil bo‘lishi mumkin. Eng keng tarqalgan
tabiiy va siyosiy mazmundagi globuslardir.
Dunyoning globusi deyarli sayyoramizning mukammal modeli hisoblanadi. U
Yer shakli sharsimonligini ko’rsatadi va quruqlik va suvlik shakllarini o’zaro
fazoviy aloqalarda aks ettiradi, nuqtalararo masofani taqqoslash, haqiqiy
yo’nalishni kompasda hamda Yer xususiyatlari shaklini va o’lchamlarini nisbatan
aniqlash mumkin bo’ladi. Yer kabi shunday qiyofaga ega globus sayyoramizni
aslida xatolarsiz geografik xususiyat va aloqadorlikda, bog’liqlikda tasvirlaydi.
Globusda hali ham cheklashlar bor. Dunyo globusi sayohatda so’qmoq
yo’llarni topishga yordam bermaydi. Bu ko’tarib yurishga va agar mahalliy
axborot ozgina berilgan bo’lsa kichkinagina nuqtada tasvirlangan bizning
joylashgan o’rnimizni aniqlash uchun juda noqulay. Bunday paytda tepaliklar,
so’qmoqlar va daryolarni aniq ko’rsatadigan va taxlab cho’ntak yoki xaltada olib
yuradigan kartalarga ehtiyoj sezamiz. Biroq, agar biz butun dunyoni ko’rishni
xohlasak, o’zining cheklashlariga qaramay globus ancha aniq tasvirlar bilan
ta’minlaydi. Globus tavsifi bilan tanish bo’lish kartalarni tushunishda va ularni
qanday tuzishda yordam beradi.
Yer markazi orqali o’tgan yassi va uning yuzasi atrofida turli yo’nalishda
chizilgan aylana katta aylana deb ataladi (2a-rasm). Bu “katta”, chunki ikkita
o’zga xos nuqta orqali Yer atrofidan chizilgan eng katta aylana hisoblanadi. Katta
aylana bir qancha foydali xususiyatga ega: (1) Har bir katta aylana Yerni
yarimshar deb ataladigan teng ikkiga bo’ladi; (2) har bir katta aylana Yer aylana
uzunligi; va ehtimol, eng asosiy, (3) katta aylana Yer yuzasi turli joylarining
o’zaro eng qisqa turistik marshrutlar belgisidir. Katta aylanaga muhim misol qilib,
Yerni yorug’ va qorong’iga, kun yarimshari va tun yarimshariga bo’ladigan
yoritish alanasini aytish mumkin. Yer markazidan o’tmagan tekis yuzadagi
aylanalar kichik aylanalar deb ataladi (2.3s-rasm). Kichik aylana hisoblangan Yer
yuzasidan o’tgan har qanday aylanalar sayyorani teng ikkiga bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: