Kartashunoslik



Download 4,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/257
Sana17.01.2022
Hajmi4,76 Mb.
#381313
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   257
birinchidan  – 
obyektlarni  turini  ko‘rsatadi  (quduq,  shosse,  botqoqlik  va  b.)  va 
ularni ayrim miqdor va (yoki) sifat tavsiflarini (masalan, quduqdan ma‘lum vaqtda 
olinadigan  suv  miqdorini,  shosse  qatnov  qismining  eni  va  ustiga  yotqizilgan 
materialning  turi,  botqoqning  yurib  o‘tishga  yaroqligi; 
ikkinchidan  – 
obyektni 


 
152 
fazoviy holatini aniqlaydi, ushbu obyektlarning planli o‘lchamlarini va shakllarini, 
yoki,  qisqasi  ularni  «fazosini»  modellashtiradi.  Ko‘pincha  belgilar  hodisani  vaqt 
mobaynida o‘zgarishini (shaharlarni o‘sishi, daryolarni toshishini va h.k.), ko‘chib 
yurishini (ekspeditsiyalarni marshurutini, tsiklonlarning traektoriyasini) va boshqa 
jarayonlarni aks ettiradi. 
Kartalarda  belgilarning  hammasi  jamuljam  bo‘lib  ancha  keng  funksiyalarni 
bajaradilar.  Ular  obyektlarni  o‘zaro  uyg‘unligini  va  aloqadorligini  ko‘rsatadi, 
hodisalarni 
fazoviy 
obrazlarini 
shakllantiradilar, 
ularni 
joylanishidagi 
qonuniyatlarni  va  xususiyatlarini  aniqlash  imkonini  beradilar.  Natijada  kartani 
alohida  belgilarda  mujassamlashgan  informatsiyalar  yig‘indisidan  ortiq  bo‘lgan 
yangi  bilimlar  beradi.  Bundan  tashqari  belgilarni  guruhlarga  ajratish  hodisalarni 
holati,  differensiatsiyasi,  o‘zaro  bir-biriga  ta‘siri  va  vaqt  mobaynida  o‘zgarishini 
fazoviy tavsiflash uchun keng imkoniyat ochadi. 
Qadimgi kartalarda voqea va hodisalar perspektiv suratlar bilan ko‘rsatilgan. 
Bunday suratli rasmlar alohida izohlarsiz ham tushunarli bo‘lgan (1-rasm).  
 
1-rasm.
 Joyni perspektiv tasvirlash  
(Seleziya kartasini bir qismi, Martin Xelvig, 1561y) 
 
Dastlabki vaqtlarda alohida obyektlarni suratlari individual bo‘lgan. Masalan, 
shaharlarni planida diqqatga sazovor binolarni arxitekturasini aks ettirishga harakat 
qilganlar.  Keyinchalik  perspektiv  suratlar,  ayniqsa  mayda  masshtabli  kartalarda, 
o‘zlarini individualliligini yo‘qota boshlaganlar va ular o‘xshash obyektlar uchun 
umumiy  qilib  bajariladigan  bo‘ldilar.  Masalan,  alohida  guruh  manzilgohlar 
(qishloqlar,  posyolkalar,  shaharlar,  qal‘alar  va  sh.k.)  uchun  o‘zlarining  alohila 
qabul  qilingan  perspektiv  belgilaridan  foydalaniladigan  bo‘lindi.  Mana  shu  fakt 
individual  tavsiflardan  turdosh  tushunchalarga  o‘tish  kartografik  belgilarni 
kiritilishini  anglatdi,  qaysiki  ularni  tushunmoqlik  uchun  ularni  izohlab  (sharhlab) 
berish zarurati tug‘ildi. 
Taxminan  XVIII  asrni  o‘rtalaridan  boshlab,  kartalar  masofalar  va 
maydonlarni  aniq  o‘lchash  uchun  qo‘llanila  boshlagandan  keyin,  shuningdek 
armiya  ehtiyojlari  uchun  aholi  punktlarini,  o‘rmonlarning  va  boshqa  shu  kabi 
obyektlarning ko‘rinishini (konturini) aniq tasvirlash zarurati tug‘ilganidan boshlab 
perspektiv belgilar o‘zlarini o‘rnini predmetlarni aniq planli tasvirlariga bo‘shatib 


 
153 
beradigan bo‘ldilar. 
 

Download 4,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish