Karta masshtabi
Kenglik
Uzunlik
Nomenklatura
1:1000000
4
6
K-42
1:500000
2
3
K-42-G
1:300000
1
20
2
K-42-IX
1:200000
40
1
K-42-XX
1:100000
20
30
K-42-102
1:50000
10
15
K-42-102-B
1:25000
5
1
30
K-42-102-V-g
1:10000
2
30
3
45
K-42-102-V-a-3
1:5000
1
15
1
52,5
K-42-102(132)
1:2000
0
25
0
337,5
K-42-102(132-d)
142
7-rasm.
Mamlakatimizda topografik karta va planlar tuzish uchun, asosan, quyidagi
standart masshtablar qabul qilingan:
1:1 000 000; 1:500 000; 1:300 000; 1:200 000;
1:100 000; 1:50 000; 1:25 000; 1:10 000;
1:5 000; 1:2 000; 1:1 000; 1:500.
1:100 000 va undan maydaroq masshtabdagi karta varaqlarining
nomenklaturasi 1:1 000 000 masshtabdagi karta varag‘ining ichida bo‘ladi, 1:50
000 va undan yirikroq masshtabdagi karta va plan varaqlarining nomenklaturasi
esa 1:100 000 masshtabdagi karta varag‘ining ichida. 1:1 000 000 masshtabdagi
bitta varaqda 4 ta
A
,
B, V
va
G
harflari bilan belgilanadigan 1:500 000
masshtabdagi karta varaqlari to‘g‘ri keladi, bu varaqlarning nomenklaturasi 1:1
000 000 varaq nomenklaturasiga ushbu varaq harfi qo‘shib yoziladi.
Quyidagi jadvalda 1:1 000 000 dan 1:2000 gacha masshtablardagi karta va
planlar nomenklaturasi va ular ramkalarining o‘lchamlari berilgan.
143
9.3. Karta komponovkasi
Geografik kartaning nomi, ramkasi, tasvirlanayotgan hudud, vrezka (qirqim)
kartalar, legenda, diagramma, sxema, profil, grafiklar, matnlar karta mazmunini
boyitishga, o‘qishni osonlashtirishga yordam beruvchi boshqa qo‘shimcha
manbalarni joylashtirish tartibi kartaning
komponovkasi
deyiladi. Komponovka
omadli hisoblanadi, agar kartaning barcha elementlari maqsadga muvofiq,
yetarlicha kompakt joylashtirilsa, biroq zerikarli bo‘lmay, ulardan foydalanish
qulay bo‘lsa – bir so‘z bilan aytganda, karta sohasi oqilona tashkil etilgan va tasvir
ko‘rinarli uyg‘unlikda bo‘lsa.
Yaxshi komponovkani tanlash har doim oson emas, bu ba‘zi dizaynerlik
tajriba va baddiy didni ham talab qiladi. Ko‘plab omillarni hisobga olish zarur:
karta proyeksiyasi, tasvirlanayotgan hudud (akvatoriya) shakli va uning ramka
ichidagi oriyentirovkasi, qo‘shni hududlarni ko‘rsatish zaruriyati, legenda hajmi,
vrezka-kartalarni, qo‘shimcha grafiklar, diagrammalar va h.k.ni joylashtirish.
Kartalar komponovkasi tayyorlanayotganda texnik sharoiti, estetik holati,
karta mazmunini to‘g‘ri eks ettirishga qaratilgan barcha talablar e‘tiborga olinishi
kerak. O‘quvchi kartani o‘qish uchun uning komponovkasi haqida ma‘lumotga ega
bo‘lishi lozim. Chunki bir xil hudud ikki xil komponovkada tasvirlanishi ham
mumkin. Masalan, 8-rasmda Yevropa kartasi 2 xil komponovkada, 9-rasmda esa
dunyo kartasi 2 xil ham 2 xil komponovkada berilgan.
144
Do'stlaringiz bilan baham: |