9
Kartometriya
kartalarda maydon, masofa, hajmlarini hisoblash yo‘llarini,
relyefni o‘rganish natijasida miqdor ko‘rsatkichlar asosida sifat ko‘rsatkichlarni
ko‘rsatib berish yo‘llarini o‘rgatadi.
Kartalarni loyihalash va tahrir qilish
kartografiyaning asosiy qismlaridan
biri bo‘lib, kartaning dastlabki nusxasini (asil) tuzish va uni tahrir qilish usullarini
tushuntiradi.
Kartani nashr qilish
sohasi, asosan kartani nashrga tayyorlash va nashr
qilish hamda uni yig‘ib, kerak bo‘lsa muqovalash ishlarini o‘rgatadi.
Tadqiqotni kartografik usuli
o‘ziga xos soha bo‘lib, kartadagi tasvirlangan
voqea va hodisalarni tadqiqot qilish uchun kartadan foydalanish masalalarini
o‘rganish, ya‘ni kartadan tadqiqot manbai sifatida foydalanish masalalari bilan
shug‘ullanadi.
Kartografik menejment
kartografiyada yangi soha bo‘lib, kartografik
korxonalarni tashkil qilish, karta ishlab chiqarishni rejalashtirish va tayyor
maxsulotni egalariga yetkazib berish va sarf-xarajatlarni, hisob–kitob qilishning
yangi usullarini qidirib topish yo‘llarini o‘rganadi.
Geoinformatsion kartografiya
kartografiyada yangi tarmoq bo‘lib,
kartadan informatsiya manbai sifatida foydalanish yo‘llarini o‘rgatadi.
Kartografiya juda ko‘p fanlarni o‘rganishda foydalanilib, ba‘zi bir sohalar
uchun maxsus kartografiya tarmoqlar yaratilgan: Masalan, geologik kartografiya,
geomorfologik kartografiya, geobotanik kartografiya, tuproqlar kartografiyasi,
ijtimoiy-iqtisodiy kartografiya, geoekologik kartografiya, demografik kartografiya
va hokazolar.
So‘nggi yillarda kosmosdan olingan suratlar asosida yangi mavzuli
mukammal va aniq kartalar yaratilib, eski kartalar yangilanmoqda, natijada
kosmik
kartografiya
alohida kurs sifatida o‘rganilmoqda.
Hozirgi vaqtda karta tuzishda, nashr qilish jarayonida kompьyuterdan keng
foydalanilmoqda, natijada karta tuzish va nashr qilish tezlashib sifati
yaxshilanmoqda.
Oxirgi vaqtlarda kartografiyada vujudga kelgan yangi tarmoq Yer tasvirini
umumiy nazariyasini va undan ilmiy amaliyotda foydalanishni o‘rganuvchi fan
geoikonika tez sur‘atlar bilan rivojlanmoqda.
Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarida, ayniqsa televideniyada,
gazeta va jurnallarda kartadan keng foydalanilmoqda, bu esa ko‘rsatuvlarning
mazmuni, sifati va ko‘rgazmaliligini oshishiga sabab bo‘lmoqda. Natijada
televezion kartografiya shakllanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: