“Menejment nazariyasi”ning vazifasi.
“Menejment nazariyasi”ning fan sifatida vazifalari
raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish orqali jamoaning (shaxsning) barqaror, ishonchli,
istiqbolli va samarali ishlashini ta’minlaydigan ilmiy yondoshuvlami, tamoyillar va usullami
ishlab chiqish, eksperimental tekshirish va amaliyotda qo‘llashdir.
Menejment nazariyasi kursining mazmunini iqtisodiyotni boshqarish, menejment tizimlari
va uni tuzishning tashkiliy shakllari, iqtisodiy mexanizmi va menejment uslublari, menejment
texnika va texnologiyasining nazariy va uslubiy asoslarini o‘rganish tashkil etadi. Menejment
boshqaruv faoliyatining umumiy qonuniyatlari va tamoyillari, menejment tizimiga ta’sir
usullarini shakllantiradi, boshqaruv apparatining aniq vaziyatlardagi harakatlari va o‘zini tutish
hollarini umumlashtiradi, iqtisodiyotni boshqarishning nazariy va amaliy tomonlarini o'rganadi.
Menejment nazariyasi boshqaruv faoliyatining qirralarini butun bir majmua ko‘rinishida,
nazariy tahlil va mantiqiy uslub asosida, boshqaruvning asosiy qonuniyatlari va usullarmi ajratib
0
‘rganadi.
“Menejment nazariyasi”ning amaliy tomonlari quyidagi aniq vazifalami hal etishga:
iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o'tishiga, foyda olishga, ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish, aholi ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga, kishilar ma’naviy darajalarini o‘stirish va
boshqalarga qaratilgandir.
“Menejment nazariyasi”ning nazariy tomonlarining asosiy vazifalari quyidagilardir:
-
menejmentning nazariy asoslarini o‘rganish;
-
bozor iqtisodiyoti sharoitida menejmentning asosiy usullarini o‘rganish va amaliyotga
tatbiq etish;
-
menejment faoliyati sohasida kasbiy mahorat bilimlarini egallash;
-
menejment tamoyillari, fimksiyalari haqida kengroq tushunchaga ega boiish;
menejment jarayonida kommunikatsiyalar va ulardan foydalanish ko‘nikmalarini hosil
qilish;
-
rahbarlik faoliyati bo‘yicha kasbiy mahorat uslubi va madaniyati haqida kengrov bilimga
ega boiish;
-
mamlakat iqtisodiyotida menejment tizimini o‘rganish va tahlil qilish;
-
xorijiy tajribalami oiganish, ulami taqqoslash asosida o‘qitish, o‘rgatish va boshqalar.
“Menejment nazariyasi” fani o‘zining maqsad, vazifa, funksiyalaridan kelib chiqib, boshqa
umumiqtisodiy, gumanitar, tabiiy, maternatik fanlar bilan uzviy bogiiqlikda rivojlanadi. Fanning
uslubiy asosini iqtisodiy nazariya, menejment, bozor nazariyasi fanlari belgilaydi.
Bundan tashqari, sotsiologiya, psixologiya, personal boshqarish, ekonometrika, tarmoq
iqtisodiyoti kabi fanlar bilan aloqadordir. Chunki menejment asosan kishilami, jamiyatni
boshqarish boiganligi uchun, mehnatni tashkil etish, ishchi o‘rinlarini, shart- sharoitlarini
yaratish, belgilangan vazifalar bajarihshi yuzasidan nazorat qilish, faoliyat natijalarini
baholashda samaradorlik ko'rsatkichlarini qoilash, qolaversa, menejmentda rahbaming
psixologiyasi, madaniyati o‘ziga xos uslubga ega boiishini taqozo etish va ulami o‘rganish
menejment nazariyasi fanining yuqorida ta’kidlangan fanlar bilan bogiiqlikda, birgalikda
rivojlanishiga asos boiadi.
Bozor anunosabatlariga o‘tish ishlab chiqarish va bozoming samarali o‘zaro ta’sirini, davlat
menejmenti va korxonalarning o‘z- o‘zini boshqarishning mutanosib nisbatda boiishini
ta’minlovchi takomillashgan iqtisodiy mexanizmni yaratishga yo‘naltirilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |