II.
SATRLAR VA ULAR USTIDA AMALLAR
2.1 Satrlar va ular ustida amallar
Standart S++ tili ikki xildagi belgilar majmuasini qo’llab–quvvatlaydi.
Birinchi toifaga, an’anaviy, “tor” belgilar deb nomlanuvchi 8-bitli belgilar
majmuasi kiradi, ikkinchisiga 16-bitli “keng” belgilar kiradi. Til kutubxonasida har
bir guruh belgilari uchun maxsus funktsiyalar to’plami aniqlangan.
S++ tilida satr uchun maxsus tur aniqlanmagan. Satr char turidagi belgilar massivi
sifatida qaraladi va bu belgilar ketma–ketligi satr terminatori deb nomlanuvchi nol
kodli belgi bilan tugaydi (‘\0’). Odatda, nol-terminator bilan tugaydigan satrlarni
ASCIIZ –satrlar deyiladi. Sart konstanta deb qo’shtirnoqlar ichiga olingan belgilar
ketma–ketligiga aytiladi:
“Ushbu belgilar ketma–ketligiga satr deyiladi.”
Quyidagi jadvalda S++ tilida belgi sifatida ishlatilishi mumkin bo’lgan
konstantalar to’plami keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: