tarbiyalash ishlari asosan shu maskanlarda tashkil etildi. Garchi dunyoviy
g ‘oyalarni ilgari surish, ilmiy nazariyalarni yaratish va targ‘ib etishning
din peshvolari to m o n id a n qo ralan ish i kabi h o latla r ham k o ‘zga
tashlangan b o ‘lsa-da, a m m o savdo-iqtisodiy aloqalar k o ‘lamining
kengayishi, tabiiy ofatlarga qarshi keskin chora ko‘rish ehtiyoji ilmiy
bilimlarni rivojlantirish hayotiy zaruriyat ekanligini isbotladi. Insoniyat
tarixidan mustahkam o ‘rin olgan Sharq Uyg‘onishi deb nom olgan
tarixiy jarayon aynan feodal tuzumi — o ‘rta asrlar davrida s o d ir b o ‘ldi.
Sharqda buyuk allom alar— M uham m ad Muso al-Xorazmiy, Abu N asr
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg‘oniy,
G 'a r b d a esa T .M o r, T .K a m p a n e lla , E .R o tte rd a m s k iy , F .R a b le ,
M .M o n te n va boshqalar tom onidan har to m o n lam a rivojlangan, ruhiy
va jismoniy jihatdan sog‘lom, antik dunyo va buijuaziya davri yutuqlari
asosida ilmiy bilimlarni o ‘zlashtira olgan shaxsni tarbiyalash g‘oyasi
ilgari surildi va puxta asoslab berildi.
Savdo, h u n a rm a n d ch ilik va m a n u f a k tu r a negizida rivojlanib
borayotgan ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish y o‘lidagi amaliy
harakatlar bu boradagi muvaffaqiyat m urakkab texnikani boshqara
oladigan shaxsni shakllantirish evaziga hal etilishini tasdiqladi. M azkur
davrda ilg'or, progressiv pedagogik g ‘oyalar ilgari surildi. Aksariyat
g ‘oyalar mazmunida bilim olishga nisbatan ijtimoiy tenglikni q aror
toptirish borasidagi qarash o ‘z ifodasini topdi.
Aynan shu davrda pedagogika fani asoslari muayyan tizimga
solindi
va ilmiy jihatdan asoslandi. Bu o ‘rinda pedagogika fani rivojiga o ‘zining
munosib hissasini qo'shgan mutafakkirlar: G ‘arbda — Ya.A.Komenskiy,
D .D i d r o , J.J.R u sso , F .G e r b a r t , V .V .D isterveg , K .D .U s h in s k iy ,
A .S .M a k a re n k o , V .A .Suxom linskiy, S h a rq d a I.Ibrat, S.Siddiqiy,
A.Shakuriy, S.Ayniy, A.Avloniy, A.Fitrat, H.H .Niyoziy, M.Abdura-
shidov, M.Behbudiylar shaxsga ta ’lim berish va uni tarbiyalash borasidagi
qarashlarni yanada boyitdilar ham da t a ’lim tizimiga ilm-fan, texnika
yangiliklarini tatbiq etish, o ‘qitishni yangi tizim (izchil, uzluksiz,
asoslangan) asosida tashkil etish kabi g ‘oyalarni ilgari surdilar.
Sobiq Sh o‘ro davrida pedagogika fani m az m u n an ilm-fan, texnika
va texnologiya yutuqlari asosida boyidi, t a ’lim muassasalari tizimi
shakllantirildi, shuningdek, har to m o n lam a (gormonik) rivojlangan
shaxsni shakllantirish nazariyasi asoslandi. Biroq, mazkur nazariya
g ‘oyalarini amaliyotga tatbiq etishning puxta asoslangan mexanizmi
yaratilmadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni q o ‘lga kiritgach, rivojlanish
va taraqqiyot yo‘li demokratik, insonparvar va huquqiy jamiyatni barpo
etishdan iboratligi e ’tirof etilib, «Ta’lim tizimini tubdan isloh qilish,
uni o ‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan t o ‘la xalos
etish»1 davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deya belgilandi.
Asosiy e ’tibor yuksak m a’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi,
yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratildi.
Respublikada t a ’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning
asosiy m azm un ha m d a yo'nalishlari 0 ‘zbekiston Respublikasining
«Ta’lim t o ‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
kabi m e’yoriy hujjatlarda belgilab berilgan.
Dem ak, mavjud sharoitda pedagogika fani barkamol shaxs va
malakali mutaxassisni tayyorlashga yo ‘naltirilgan ijtimoiy harakat
istiqbollari, bu boradagi m uam m olar va ularni hal etish yoMlarini
o ‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: