20
Chunonchi, aksariyat holatlarda javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, respondent taklif etilayotgan javob
variantlardan birini tanlashi zarur. Shu bois respondent o’z fikrini batafsil ifoda etish imkoniyaga ega emas.
Pedagogik tahlil metodi. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qo’llashdan ko’zlangan maqsad tanlangan
muammoning falsafiy, psixologik hamda pedagogik yo’nalishlarda o’rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bo’lib,
tadqiqotchi ilgari surayotgan g’oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.
Bolalar ijodini o’rganish metodi. Mazkur metod o’quvchilarning muayyan yo’nalishlardagi layoqati, qobiliyati,
shuningdek, Ma’lum fan qlari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qo’llaniladi. Uni
qo’llashda o’quvchilarning ijodiy ishlari – kundaliklari, insholari, yozma ishlari, referatlari, hisobotlari muhim vosita
bo’lib xizmat qiladi. Metodning afzalligi shundaki, u Ma’lum o’quvchiga xos bo’lgan individual imkoniyatni ko’ra
olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Bolalar ijodini o’rganishning quyidagi shakllari mavjud:
1)
fan olimpiadalari;
2)
turli mavzulardagi tanlovlar;
3)
maktab ko’rgazmalari;
4)
festivallar;
5)
musobaqalar.
Pedagogik tajriba (eksperiment – lotincha «sinab ko’rish», «tajriba qilib ko’rish») metodi. Pedagogik tajriba metodidan
muammo echimini topish imkoniyatlarini o’rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay
olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o’z inhikosiga ega bo’la olishi hamda samaradorligini aniqlash
maqsadida foydalaniladi. Mazkur metoddan foydalanish tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus
metodikaning samaradorligini aniqlay hamda unga baho bera olishi zarur.
Pedagogik tajriba tashkil etilish sharoitiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
Pedagogik tajriba ham bir qator shartlarga amal qilgan holda tashkil etiladi. Xususan:
1)
tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi;
2)
tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi;
3)
tadqiqot obhektlari vv usullarining to’g’ri tanlanishi;
4)
tajriba o’tkazilish vaqti hamda davomiyligini aniqlanishi;
5)
zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning yaratilganligi;
6)
tajriba Ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va natijalarni qayta ishlash.
Matematik-statistik metod tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy holda tadqiqotning samaradorlik darajasini
aniqlash maqsadida qo’llaniladi, muammo holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida
qayta tahlil etiladi. Yakuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. Ayni vaqtda
pedagogik yo’nalishda tadqiqotlar olib borishda Stg’yudent, Ko’virlyag, Rokich, V.P.Bespalg’ko hamda V.V.Grechixin
metodlaridan keng foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |