11
Farg’ona, Samarqand va Buxoro to’qimachilik maxsulotlari, ayniqsa Samarqanda va Buxoro shoyisi dunyoga mashxur
bo’ldi.
Qishloq xo’jaligi va xunarmandchilik sanoat maxsulotlarini ishlab chiqarilishi savdoni rivojlanishiga yo’l
ochdi. Natijada Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarining chet davlatlar: Ispaniya, Hindiston, Hitoy, Vizantiya bilan
savdo ishlari ko’lami ortib bordi.
Qarib bir yarim asr davomida xonavayron bo’lgan Movraunnahr xalqi XIV asrning boshlariga kelib mo’g’il istelochilari
zulmidan qutila boshladi. Movarounnahrda kuchli davlat tuzishga bo’lgan intilish g’olib keldi. Mo’g’l istelochilariga
qarshi Buxoroda xalq Maxmud Tarobiy boshchiligida qo’zg’aldi, Samarqand va Xurosonda esa Sarbadorlar
qo’zg’olonlari ro’y berdi. Natijada Sarbadorlar uzoq muddat hatto hokimiyatni ham boshqarib turdilar.
XIV asrning ikkinchi yarmida Movraunnahrning feodal tarqoqligiga barham berildi, mamlakat mo’g’l
bosqinchilaridan tozalandi. XIV asrning oxiri va XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal munosabatlar yanada rivoj topa
boshladi.
Soxibqiron Temur va dastlabki Temuriylar hukumronlik qilgan davr Movaronnahr tarixida alohida o’rin
egalladi.
Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movarounnahrdan yana fan va madaniyat, muorif
qaytadan ravnaq topa boshladi.
Bejiz emaski, XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr tarixda Sharq uyg’onish davrining ikkinchi bosqichi deb
ataldi. Chunki, bu davr madaniyati o’z tamoillari, yo’nalishi, iqtisodiy asosi jihatdan IX-XII asrlardagi madaniy
rivojlanishdan ajratib olib ko’rsatish mumkin emas. XIV asrning uchinchi choragi va XV asrda Markaziy Osiyoda
ekanomika, fan va madaniyat o’sdi. Amir Temur hukumronligi davrida jahonning ko’plab shaxarlaridan Samarqandga
hunarmandlar olimu-fozillar san’atkorlar muxandislar olib kelindi va ularning boy tajribalari, ijodiy mahoratlaridan ilm-
ma’rifat, madaniyat, qurilish jabhalarida keng foydalanildi. Samarqand va Xirotda madrasalar, kutubhona va rasadxona
qurildi. Tibbiyot ilmini o’rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot, falakiyot, jo’g’rofiya, tarix, adabiyot, falsafa
hamda tabiyotshunoslikka oid bir qancha ajoyib va muhim asarlar yaratildi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom,
Sa’diy meroslarini shuningdek, yunon-rim madaniyatini o’rganishga xavs kuchaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, Temur va uning izdoshlari, Temuriylar davrida fan va madaniyat rivojlandi ayniqsa,
Samarqand va Xirot shaharlari madaniyat, ilm-marifat markaziga aylandi. Shoxizinda, Go’riamir maqbarasi, Bibixonim
jome masjidi, Registon maydoni va shu singari, ko’plab madrasa va masjidlarning yirik me’morchilik namunalari
bunyod etildi.
Ulug’bek zamoniga kelib esa matematika, astranomiya kabi fanlar ayniqsa rivoj topdi. Tibbiyot, tarix, adabiyot
va ular bilan barobar diniy bilimlarning ham ravnaq topishiga katta e’tibor berildi. Oliy maktad-madrasalar qurildi.
Buxoro, Samarqan va G’ijduvonda qurilgan uch madrasa fan taraqqiyyottida ilmiy markaz bo’lib keldi.
Buxorodagi madrasa peshtoqiga bitilgan quydagi yozuvlar haligacha yaqqol ko’zga tashlanadi: «Ilm olmoqqa
intilmoq har bir muslim va muslima uchun qarzu farzdir».
Shular XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr Markaziy Osiyo tarixida uyg’onish davri bo’lib tarixga kirgan
deya olishimizga asos bo’la oladi.
Bu davrda o’zbek adabiyotida ancha siljish ro’y berib, Atoyi, Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Durbek va
Lutfiylar tomonidan qimmatli asarlar yaratildi. Shuningdek, tarixiy va adabiy asarlarni o’zbekchaga tarjima qilish
ishlari jonlandi.
Ulug’bek olimlarga homiylik qilib, fan ahlini rag’batlantirdi, uning o’zi, ayniqsa, astranomiya va matematika
fanlari bo’yicha muhim ishlarni amalga oshirdi Samarqandda Ulug’bek tomonida rasadxonaning barpo etilishi va uning
o’sha davr ilmiy markaziga aylanishi muhim voqyea hisoblanadi. Shu davrda Samarqandda Qozizoda Rumiy, Jamshid
bin Ma’sudi, Muyiddin va uning o’g’li Mansur Qoshiy, Ali ibn Muhammad Birjondi va boshqalar ijod etdilar. Xirotda
esa Alisher Navoiy Abdurahmon Jomiy ulug’ rassom Bexzod, tarixshunos Xondamir, xattot Sulton ali Mashhadiy va
boshqalar ijodiyot cho’qqilariga ko’tarildilar.
Ulug’bekning shogirdi Aloviddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy (1403-1474) o’sha davr
Movarounnahrning madaniy va ilmiy hayotida katta rol o’ynaydi. Astranomiya to’g’risida “Risolai dar falakiyot” degan
kitob yozgan Ali Qushchining o’z davrining Ptolomeyi deyishardi. Uning mazkur asarida geometrik bilimlarning
asoslari bayon qilindi, nuqta, chiziq, yuza, aylana va shu kabi tushinchalar to’la ta’riflab berildi, tabiyot fanlari va
shuning singarilar sohasida boshlang’ich bilimlar bayon qilindi. Bu asarda hamma narsa oddiy va murakkab narsalarga
bo’linib ta’riflanadi.
XIV-XV asrda Samarqandda yashab ijod etgan ulug’ alloma Mir Said Sharif Jurjoniy (1340-1413) til,
mantiqqa, huquqqa, falsafa va boshqa fanlarga oid 50 dan ortiq asar yozdi. Uning “Borliq haqida risola”, “Olamni aks
ettiruvchi oyna” kabi asarlarida falsafa, mantiq, tarbiyashunoslikka oid bir qator ilmiy va nazariy masalalar yoritilib,
Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaga doir izlanishlarini rivojlantirdi va boyitdi.
XV asrda Markaziy Osiyoda tarix fani keng rivoj topdi. Hofizi Abro’ “Zubdan tavorix” (“Tarixning
qaymog’i”) degan kitob yozdi va bu kitobda 1427 yilgacha bo’lgan voqyealarni bayon qilib berdi. Abdurazzoq
Samarqandiy Hofizi Abro’ning bu asarini davom ettirdi. U o’zining “Matalai sa’dayi va majman bahrayi” (“Ikki
saodatli yulduzning chiqish joyi va ikki dengizning qo’shilish joyi”) degan asarida 1471 yilgacha bo’lgan voqyealarni
bayon qilib beradi. “Ravzotus safo” asarini yozgan Mirxond va “Habibus siyar” asarini yozgan Xondamir shu
asarlarning bir qismini Sulton Husayin hukumronlik qilgan davrga bag’shlaydilar. Davlatshoh esa o’zining “Tazakiratsh
shuaro” asarini Alisher navoiyga bag’ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |