O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti


Xalqaro  turizmni  rivojlantirishda    «Buyuk  Ipak  yo„li»ni  va    xalqaro



Download 5,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/348
Sana16.01.2022
Hajmi5,79 Mb.
#379057
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   348
Bog'liq
O zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o rtа mахsus tа lim vаzirligi u

 
20.2.Xalqaro  turizmni  rivojlantirishda    «Buyuk  Ipak  yo„li»ni  va    xalqaro 
turizm yarmarkalarning o„rni.  
        O‗zbekiston  xalqaro  turizmining  rivojlanishida  «Buyuk  Ipak  Yo‗li»  ning 
tutgan  o‗rni  va  mohiyati  nihoyatda  cheksiz.  Bir  necha  asrlar  davomida  ushbu 


303 
 
zaminning G‗arb va Sharqida istiqomat qilgan xalqlarni Janubiy-Sharqiy Osiyodan 
to O‗rta yer dengizi mamlakatlarigacha cho‗zilgan va «Buyuk Ipak Yo‗li» deb nom 
olgan savdo-sotiq yo‗li bir-biri bilan bog‗lab turar edi. Bu yo‗lga «Ipak Yo‗li», deb 
nom  berilishining  asosiy  sababi,  bu  yerda  tashiladigan  mahsulotlarning  asosiy 
qismi  ipak  matolari  va  mahsulotlari  bo‗lganligidandir.  Ipak  tayyorlash  bilan 
bog‗liq  bo‗lgan  sir-asrorlarni  Xitoy  ustalari  ming  yillar  davomida  boshqa 
davlatlardan yashirib kelgan. 
 Ammo  «Buyuk  Ipak  Yo‗li»  orqali    tashilgan  mahsulotlar  faqat  ipakdangina 
iborat bo‗lmay, balki bu yo‗l orqali bronza, chinni, jun, xom ashyolar va ulardan 
tayyorlangan  buyumlar  ham  edi.  «Buyuk  Ipak  Yo‗li»  qariyib  ikki  ming  yillik 
tarixga ega bo‗lib, bu yo‗l asosan Italiyadan  tortib Turkiya orqali Iroq va Eronga 
borgan. U yerdan esa Markaziy Osiyo hamda Shimoliy Pomir orqali o‗tib Qashqar 
va Yorkentgacha yetgan.  Bu yerda yo‗l ikkiga ajralgan hamda shimol tomondan 
Takla-Makon  sahrosini  aylanib  o‗tib,  Lobnor  ko‗li  yaqinida  yana  qo‗shilgan  va 
Xitoygacha borgan. 
Buyuk  Ipak  Yo‗lida  Turkiston  hududi  yetakchi  rolni  bajarib  kelgan.  Ushbu 
hududdagi  Samarqand,  Buxoro,  Xiva,  Termiz,  Xo‗jand,  Chorjuy  kabi  qator 
shaharlar  ipak  yo‗lidagi  asosiy  manzillar  bo‗lgan.  O‗zbekiston  o‗zining  qo‗lay 
geografik o‗rni tufayli bu tarixiy yo‗lda markaziy o‗rinni egallagan. «Buyuk Ipak 
Yo‗li» ko‗p asrlar davomida kishilik madaniyatining vujudga kelishida katta o‗rin 
egallagan.  
Uning  tarixda  tutgan  o‗rni  hamda  ahamiyatini  tiklash,  bu  yo‗lda  turizmni 
rivojlantirish  kabi  maqsadlarni  mo‗ljallab,  1994-yilning  oktabr  oyida  Birlashgan 
Millatlar  Tashkiloti  va  uning  nufuzli  tashkiloti  YUNESKO  ishtirokida 
O‗zbekistonda  Butunjahon  turistik  tashkilotining  kengashi  bo‗lib  o‗tdi.  Kengash 
a‘zolari Ipak yo‗li bo‗ylab turizm faoliyatini tiklash va rivojlantirishga qaratilgan 
Samarqand  Deklaratsiyasini  qabul  qildi.  1995-yilning  oktyabr  oyida  Toshkent 
shahrida  «Ipak  Yo‗lida  turizm»  nomi  bilan  birinchi  marotaba    Xalqaro  turistik 
yarmarka  o‗tkazildi.  Shundan  keyin  ushbu  xalqaro  turistik  yarmarka  har  yili 
muntazam  ravishda o‗tkazilib kelinmoqda.  


304 
 
Bu  xalqaro  turistik  yarmarkalarda  tuzilgan  shartnoma  va  bitimlar  xalqaro 
turizmni  yanada  rivojlantirish, Respublikaning  turizmga  oid imkoniyatlarini ishga 
solish    hamda  «Buyuk  Ipak  Yo‗li»ga  xos  bo‗lgan  qadimiy  an‘analarni  tiklashga 
keng  yo‗l  ochib  bermoqda.  Toshkent  shahrining    «O‗zekspomarkaz»da  «Xalqaro 
turizm ko‗rgazmasi–2013» bo‗lib o‗tdi.  
Ko‗rgazmada   jami 655 ta kompaniyalar va 24 ta davlatdan kelgan  (Fransiya, 
Shveysariya,  Ruminiya,  Chexiya,  Turkiya,  Isroil,  Italiya,  BAA,  Eron,  Hindiston, 
Xitoy,  Tailand,  Malayziya,  Singapur,  Rossiya,  Ozarbayjon,  Qozog‗iston, 
Turkmaniston,  Qirg‗iziston  va  boshqa  davlatlar)  65ta   xorijiy  kompaniyalar  ham 
o‗z xizmat turlari bilan ishtirok etdi. Bu yilgi ko‗rgazmga  yana ikkita yo‗nalish, 
ta‘lim va geoturizm  yo‗nalishlari ham kiritilgan edi.  
Ko‗rgazmaga tashrif buyuruvchilar soni   o‗n ikki ming nafardan oshib ketdi. 
Yarmarka sayyohlarni qabul qilish va ichki turizm, ekoturizm, faol va sarguzashtli 
turizm, ekskursiyaviy va sog‗lomlashtirish turizmi, turistik ma‘muriyatlar va milliy 
ofislar, turistik agentliklar va turoperatorlar, otellar, sanatoriya-kurort majmualari, 
dam olish maskanlari, havo yo‗llari va yo‗lovchi tashuvchilar, uyushmalar, ta‘lim 
muassasalari,  muzeylar,  teatrlar,  transport  va  sug‗urta  kompaniyalari,  onlayn-
bronlashtirish  tizimlari  kabi  keng  qamrovga  ega  ekspozitsiyalarni  o‗zida 
birlashtirgan.  
Shuningdek,  turistik  yarmarkasi  Yakunlariga  ko‗ra,  «Eng  Yaxshi  turistik 
yo‗nalish», «Eng Yaxshi turistik kompaniya», «Eng Yaxshi turistik imkoniyatlar». 
«Eng  Yaxshi  ko‗rgazma  stendi»,  «O‗zbekiston  hududlari  ichida  eng  Yaxshi 
taqdimot»,  «Eng  Yaxshi  hudud  stendi»,  «Eng  Yaxshi  mehmonxona  taqdimoti» 
kabi  nominatsiyalar  bo‗yicha  g‗oliblar  aniqlanib,  diplom  va  esdalik  sovg‗alari 
topshirildi.  
Bundan tashqari, ko‗rgazmaning ta‘lim turizmiga bag‗ishlangan yangi bo‗limi 
boshqa mavzuga oid yo‗nalishlar ichida o‗z bilimini yanada oshirishga intiluvchi 
yosh avlod vakillari orasida katta qiziqish uyg‗otdi. Unda respublikamizda ushbu 
sohaga  kadrlarni  yetishtirib  berayotgan  yetakchi  oliy  va  o‗rta  maxsus  o‗quv 
yurtlari – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis 


305 
 
instituti,Singapur  menejmentni  rivojlantirish  instituti,  poytaxtdagi  kasb-hunar 
kollejlari,  «O‗zbekturizm»  MK  respublika  ilmiy-o‗quv  konsalting  markazi 
vakillari  ishtirok  etib,  sayyohlik  sohasida  milliy  kadrlarni  tayyorlash  tizimi  bilan 
yaqindan tanishtirdilar. 

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish