O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti



Download 5,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/348
Sana16.01.2022
Hajmi5,79 Mb.
#379057
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   348
Bog'liq
O zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o rtа mахsus tа lim vаzirligi u

Xalqaro sayyohlik kuni
 »
 
 deb e‘lon qilindi. Ushbu 
sana, 1980- yildan boshlab xalqaro hamjamiyat tomonidan katta shodiyona sifatida 
nishonlab kelindi. 
Butunjahon turizm tashkiloti taxminlariga qaraganda, ushbu asrda sayyoramiz 
bo‗yicha turistlar soni qariyb uch barobarga ortib, 1,6 milliard kishiga yetadi. Bir 
turistning sarflaydigan mablag‗ esa ikki barobarga oshadi. Masalan, 1995-yilda bir 


279 
 
kishi ushbu maqsad uchun o‗rtacha 707 AQSH dollari ishlatgan bo‗lsa, 2020-yilga 
borib, bu ko‗rsatkich 1248 AQSH dollarini tashkil etishi kutilmoqda.  
Birlashgan  millatlar tashkilotining  YUNESKO  tashkiloti  hamda  O‗zbekiston 
hukumatining  tashabbusi  bilan  1994-yilda  Samarqand  shahrida  Buyuk  Ipak 
yo‗lidagi  shaharlarda  xalqaro  turizmni  rivojlantirish  bo‗yicha  Samarqand 
deklaratsiyasi qabul qilindi. Unda butun dunyo davlatlariga murojaat qabul qilinib, 
turizmni  rivojlantirish  masalalariga  e‘tibor  berildi.  Ayniqsa,  «Buyuk  Ipak  yo‗li» 
ning markazini tashkil etgan, O‗zbekistonga turizm ishida keng ahamiyat berilishi 
xususida,  yurtimizdagi  mavjud  turistik  resurslardan  unumli  foydalanish  uchun 
imkoniyatlarni izlab topish haqida fikr-mulohazalar bildirildi. 
Keyingi  yillarda  ishlab  chiqilgan  muhim  hujjatlar  qatoriga  O‗zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  1995-yil  2-iyundagi  «Buyuk  Ipak  yo‗li»  ni  qayta 
tiklashda  O‗zbekiston  Respublikasi  ishtirokini  avj  oldirish  va  Respublikada 
xalqaro  turizmni  rivojlantirish  borasidagi  chora-tadbirlar  to‗g‗risida»gi  Farmoni 
hamda  mazkur  farmonni  amalga  oshirish  maqsadida  e‘lon  qilingan  O‗zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining    1995-yil  3-iyundagi  «O‗zbekiston 
Respublikasida  xalqaro  turizmning  zamonaviy  infratuzilmasini  barpo  etish  chora-
tadbirlari to‗g‗risida»gi qarorini kiritish mumkin. 
O‗zbekiston tarixi uzoq, ajdodlari buyuk, madaniy merosi sermazmun ko‗hna 
yurtlardan  biridir.  Ayniqsa,  mamlakatimizni  sharq  va  g‗arbni  bog‗lab  turuvchi 
«Buyuk  Ipak  yo‗li»  dagi  belbog‗  sifatida  Yaxshi  bilamiz.  «Buyuk  Ipak  yo‗li» 
qariyib  ikki  ming  yillik  tarixga  ega.  Uning  bir  uchi  Xitoy  bo‗lsa,  ikkinchi  uchi 
Italiyadir. Bu yo‗lni «Ipak yo‗li», «Karvon yo‗li» deb ham ataladi.  
Bunday  nom  berilishiga  sabab,  ipak  mahsulotlari  karvonlar  orqali  tashib 
o‗tilgan,  Shuningdek,  bronza,  chinni,  jun  xom-ashyolari  va  ulardan  tayyorlangan 
buyumlar ham olib o‗tilgan. «Buyuk Ipak yo‗li»da nafaqat  savdo-sotiq, shu bilan 
birga  madaniyat,  san‘at,  ilm-fan,  ma‘naviyat,  ma‘rifat,  odob-u-axloq,  tinchlik, 
turizm,  targ‗ibot-tashviqot  (reklama),  talab  va  taklif  (marketing)  ham  muttasil 
shakllangan, yuqori darajaga yetgan.  
«Buyuk Ipak yo‗li»da ko‗hna Turkiston hududi yetakchi o‗ringa, Samarqand, 


280 
 
Buxoro,  Xiva,  Termiz,  Xo‗jand,  Chorjo‗y  kabi  shaharlar  esa  muhim  ahamiyatga 
ega  bo‗lgan.  Hozirgi  O‗zbekiston  hududi  bu  yo‗lning  markazida  joylashgan.     
Sohibqiron  Amir  Temur  davrida    «Buyuk  Ipak  yo‗li»  keng  rivojlangan.  Shularni 
e‘tiborga  olib,  qabul  qilingan  ushbu  hujjatlar  g‗oyat  muhim  xalqaro  turizm 
yo‗nalishi - «Buyuk ipak yo‗li»ni qayta tiklash, bunga xorijiy turistlarni jalb etish, 
shuningdek,  mamlakatimizda  zamonaviy  turizm  siyosatini  vujudga  keltirishga 
asosiy maqsadni qaratdi.  
Buning  uchun  esa:  «Buyuk  ipak  yo‗li»dagi  shaharlar  –  Samarqand,  Buxoro, 
Xiva  va  Toshkentda  xalqaro  turizm  bo‗yicha  maxsus  ochiq  iqtisodiy  mintaqalar 
tashkil  etish,  mazkur  shaharlarning  aeroportlari  va  temir  yo‗l  vokzallarida  xorijiy 
turistlar 
uchun 
bojxona 
rasm-rusumlarining 
xalqaro  me‘yorlarga  mos 
soddalashtirilgan  tartibi,  tranzit  turistlar  uchun  maxsus  bojxona  zonalari,  turistik 
tashkilotlar  uchun  soliq  imtiyozlari  joriy  qilish,  imtiyozli  kredit  berish  ko‗zda 
tutildi.  
Navbatdagi  hujjatlar  –  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 
1996-yil  21-noyabrdagi  «Xorijiy  fuqarolarning  va  fuqaroligi  bo‗lmagan 
shaxslarning O‗zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo‗lishlari 
va  tranzit  o‗tishlari  tartibi  to‗g‗risida»gi    Qarori  va  unga  Respublika  Vazirlar 
Mahkamasining 
1999-yil 
16-apreldagi 
Qarori  bilan  o‗zgartirishlar  va 
qo‗shimchalarning kiritilishi bo‗ldi. 
Ushbu  qarorlarda  «Xorijiy  fuqarolarning  va  fuqaroligi  bo‗lmagan 
shaxslarning  O‗zbekiston  Respublikasiga  kelishlari  hamda  O‗zbekiston 
Respublikasidan  ketishlari  tartibi»  tasdiqlandi.  Tartibning  birinchi  bo‗limi  
«Umumiy qoidalar»,-deb nomlanib, unda respublikamizga kelish va ketishga haqli 
deb  –  xususiy  hamda  xizmat  ishlari  bo‗yicha,  turizm,  dam  olish,  o‗qish,  ishlash, 
davolanish  va  doimiy  yashash  uchun  borayotgan  shaxslar  va  boshqa  masalalar 
belgilab berilgan.  
Ikkinchi  bo‗lim  «O‗zbekiston  Respublikasiga  kelish  «viza»  larini 
rasmiylashtirish  tartibi»,-deb  nomlanib,  uning  12-bandida,  ayniqsa  to‗liq 
ma‘lumotlar  mujassam.  Uchinchi  bo‗lim  «O‗zbekiston  Respublikasidan  ketish 


281 
 
«viza»  larini  rasmiylashtirish  tartibi»,  to‗rtinchi  bo‗lim  «O‗zbekiston 
Respublikasiga kelish va undan ketish huquqidagi cheklashlar», beshinchi bo‗lim 
«Chet  elga  ketish  huquqi  rad  etilganligi  ustidan  shikoyat  qilish  tartibi»,-deb 
nomlangan. 
Shuningdek,  ushbu  qarorlarda  «Xorijiy  fuqarolar  va  fuqaroligi  bo‗lmagan 
shaxslarning  O‗zbekiston  Respublikasida  bo‗lishlari  qoidalari»  tasdiqlangan.  Bu 
qoidaning  birinchi  bo‗limi  «Umumiy  qoidalar»,  ikkinchi  bo‗limi  «O‗zbekiston 
Respublikasida  vaqtincha  bo‗luvchi  xorijiy  fuqarolarni  ro‗yxatga  olish»,-deb 
nomlangan.  
Qoidaning  13-bandida:  mehmonxonalar,  davolash  muassasalari,  sanatoriylar, 
dam  olish  uylarining  mas‘ul  shaxslari  tomonidan  kelib  joylashgan  shaxslarning 
hisobi 
yuritiladi. 
19-bandida: 
Mehmonxonalar  ma‘muriyati  O‗zbekiston 
Respublikasiga  kelish  «viza»  siga  ega  bo‗lmagan,  shuningdek,  boshqa  qoida 
buzishlarga  yo‗l  qo‗ygan  xorijiy  fuqarolar  to‗g‗risida  hududiy  ichki  ishlar 
organlariga  zudlik  bilan  xabar  qilishga  majburdir.  Bunday  shaxslarni 
mehmonxonalarda  rasmiylashtirish  va  mehmonxonalarga  joylashgan  xorijiy 
fuqarolarning  bo‗lish  muddatini  uzaytirish  qabul  qiluvchi  tashkilotlarning  yozma 
iltimosnomasida (turistlar uchun turning amal qilish muddatida) ko‗rsatilgan, lekin 
«viza» ning amal qilish muddati darajasida oshiriladi»,- deyiladi.  
Uchinchi  bo‗lim  «Xorijiy  fuqarolarga  O‗zbekiston  Respublikasida  doimiy 
yashash  uchun  ruxsatnomalar  berish»,  to‗rtinchi  bo‗lim  «Xorijiy  fuqarolarning 
O‗zbekiston  Respublikasi  hududida  yurishlari»,  beshinchi  bo‗lim  «O‗zbekiston 
Respublikasida  bo‗lish  muddatini  qisqartirish  va  undan  chiqarib  yuborish»,-deb 
nomlangan.  Vazirlar  Mahkamasining  mazkur  qarorlarida,  shuningdek,  «Xorijiy 
fuqarolarning, fuqaroligi bo‗lmagan shaxslarning O‗zbekiston Respublikasi hududi 
orqali tranzit o‗tishlari qoidalari» ham tasdiqlangan.  
Farmon  va  qarorlarning  muhim  jihatlaridan  biri  shu  bo‗ldiki,  unda 
O‗zbekiston  Respublikasi 

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish