O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti


Turizm infratuzilmasi  tushunchasi- turistik faoliyatni amalga oshirishda



Download 5,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/348
Sana16.01.2022
Hajmi5,79 Mb.
#379057
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   348
Bog'liq
O zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o rtа mахsus tа lim vаzirligi u

Turizm infratuzilmasi  tushunchasi- turistik faoliyatni amalga oshirishda 
turistlarning turistik resurslaridan  bemalol foydalanishini ta‟minlovchi bino 
va  inshoatlar  tizimi,  muxandislik  va  kommunikatsiya  tarmoqlari,  shu 
jumladan  yo„llar,  turizmning  turli  xizmat  ko„rsatish  korxonalari  va  ularni 
kerakli darajada ishlatish va ta‟minlash tushuniladi. 
Bu  avtomobil  va  temir  yo‗llar,  yo‗l  harakatini,  havo  yo‗llarini,  dengiz  va 
daryo yo‗lari harakatini tartibga soluvchi, issiqlik, suv, elektr va telefon aloqalari 
bilan  ta‘minlash  va  boshqa  kommunikatsiya  tizimlaridir.  Ma‘lumki,  turizm 
sohasida  turistik  resurslari,  ya‘ni  tabiiy-iqlim,  tarixiy-madaniy,  ma‘rifiy,  ijtimoiy-
maishiy  turizm  ob‘ektlari  bo‗lgan  hududlarda  kerakli  infratuzilmani  yaratish 
muhim masalalardan biri hisoblanadi.  
Yo‗llarning  ravonligiga  qarab  ham  sayyohlar  oqimining    oshishi    yoki 
kamayishi  mumkin.  Yo‗llar,  bozorlar  mamlakatning  iqtisodiy  va  madaniy  ahvoli 
qay darajada  rivojlanganidan  dalolat beradi.  
Turist-avvalo dam oluvchi bo‗lib, unga ko‗rsatiladigan xizmatlar iste‘molchisi 
ekanligini  unutmasligimiz  lozim.  Bular  nafaqat  avtomobil  yo‗llari,  shuningdek, 
temir yo‗llarga ham taa‘luqlidir. Vokzal va po‗ezd relslaridan tortib, uning ichidagi 
kommunikatsiya 
va 
muhandislik 
tarmoqlarining 
barchasi 
– 
turizm 
infratuzilmasining tarkibiy  qismi bo‗lib hisoblanadi. Nafaqat avtomobil yoki temir 
yo‗llar,  xatto  turistlar  uchun  maxsus  ajratilgan  yo‗llar  va  yo‗laklar  ham  talab 
darajasida bo‗lmog‗i kerak.  
Mehmonxona  va  shunga  tenglashtirilgan  joylardagi  kommunikatsiya  va 
muxandislik  tarmoqlarida  ham  muammolar  bo‗lmasligi  turizm  sohasining  yangi 
pog‗onalarga  ko‗tarilishida  o‗ziga  xos  o‗rinni  egallaydi.  Bir  tasavvur  qilib 
ko‗raylik:  issiqlik  tarmog‗i  ishlamaydigan,    elektr  tarmog‗i  past,  kanalizatsiya 


193 
 
tarmog‗i  bo‗lmagan  yoki  ichimlik  suvi  talab  darajada  bo‗lmagan 
mehmonxonalarda turistning bo‗lishi, bular va boshqalar turizm infratuzilmasining 
rivojlanishidagi  kechiktirib  bo‗lmas  va  tezda  xal  qilinishi  zarur  bo‗lgan 
muammolardan biri hisoblanadi. 
 Ayniqsa, olis, tog‗li  joylar,  yo‗l  trassalari  kabi  hududlarda  bu  muammolarni 
hal etish katta kapital mablag‗ talab qiladi. Hozir Respublikamizning avtomobillar 
qatnaydigan  trassalarida  shoh  bekatlarning  ahvoli    xorijiy  turistlarga  xizmat 
ko‗rsatadigan darajada emas. Turistlar  tezda hojatini chiqarib oladigan yoki zarur 
tibbiy  yordam  beriladigan  ob‘ektlarning    zamon  talabi  darajasida  emasligi 
infratuzilma ob‘ektlarini qurish borasidagi dolzarb ishlar qatoriga kiradi.  
Bir  vaqtlar  Buyuk  ipak  yo‗li  o‗tgan  joylardagi  muhim  maskanlarda 
karvonsaroylar  bo‗lgan.  Karvonsaroylar  savdo  karvonlari  uchun  hozirgi 
vaqtlardagi  mehmonxonalar  xo‗jaligi  vazifasini  o‗tagan.  Unda  karvonlar  va 
savdogarlar  tunaydigan  xonalardan  tortib,  ichimlik  suvi,  ovqatlanish  xizmati  va 
boshqa  xizmatlar  (tabiblar,  mashshoqlar,  qo‗riqchilar)  o‗z  joyiga  qo‗yilgan. 
Yurtimiz ko‗hna tarix va madaniyatga ega. 
Hozirda kanalizatsiya deb ataluvchi tarmoq bundan uch ming yil avval xizmat 
ko‗rsatganligini  isbotlovchi  dalillarni  arxeologiya  sohasi  olimlarimiz  tadqiqot 
ishlarida  ko‗rsatib  berishgan.  Bu  esa  kommunikatsiya  tarmoqlari,  ichimlik  suvi 
(sardobalar)  maxsus  quvurlar  kulolchilik  mahsulotlari  sopol  quvurlar  orqali  olib 
kelinganligidan  daloldat  beradi.  Mana  shunday  tarixiy,  an‘anaviy  merosimizni 
yana tiklash, zamonaviy holatga keltirish ham bugungi kuning dolzarb masalasidir.  
Hozirgi  paytda  turizm  infratuzilmasida  bank  va  moliyaviy  tashkilotlar  – 
xizmatlarning  o‗rni  alohida.  Turistlar sayohatda va  dam  olishda  xilma-xil xizmat 
turlaridan foydalanishni xoxlaydilar. Ya‘ni, o‗z xohishi bo‗yicha biror narsa sotib 
olishni  istashadi.  Bunda  ular  ko‗ngil  ochish  uchun  har  kuni  ko‗p  miqdorda  pul 
sarflashadi.  Pulni  ayniqsa,  katta  miqdordagi  pulni  ko‗tarib  yurish,  turistlarga 
noqulaylik  va  qiyinchiliklar  tug‗diradi.  Turistlarning  ko‗p  miqdorda  pulni  olib 
yurishi o‗g‗rilarni, qaroqchi va tovlamachilarni va har-xil turdagi jinoyatchilarning 
jinoiy  harakat  qilishlariga  olib  keladi.  Turizm  sohasi  tashkil  topishi  bilanoq, 


194 
 
to‗g‗rilanishi  va  tartibga  olinishi  mumkin  bo‗lgan  xavfsiz  pul  bilan  ta‘minlash 
muammosi paydo bo‗ldi.  
Axborot  xizmati  ham  turizm  infratuzilmasida  turistlarga  ham  va  uning 
tashkilotchilariga ham juda zarurdir. Turist sayohatga tayyorlanayotganda  hamda 
sayohat  vaqtida  o‗zi  boradigan  joy  haqida  o‗sha  mamlakat  yoki  boradigan 
hududning  qonun-qoidalari,  odatlari,  mexmondo‗stligi  haqidagi  qo‗shimcha 
ma‘lumotlarga,  shuningdek,  o‗sha  joyning  haritasiga,  transport  magistrallari 
sxemasiga  muhtoj  bo‗ladi.  Sayohat  va  turistlarning  sarguzashtlari  haqidagi 
ma‘lumotlar ommabop va maxsus adabiyotlar ko‗rinishida chop etiladi va bu holat 
turistlarni samarali sayohat qilishga chorlaydi.  
Turizm infratuzilmasini zamonaviy kompyuter xizmatisiz tasavvur etish qiyin. 
Tezkor  axborot  va  so‗zlashuv,  yangiliklardan  xabardorlik  turizmning  muhim    bir 
jihatidir.  Hozirgi  turist  internet,  faks  va  boshqa  zamonaviy  texnika  vositalaridan 
foydalanishiga  talab  turizm  infratuzilmasini  qay  darajada  ekanligidan  yana  bir 
nishonadir. Zamonaviy elektron vositalari, shu jumladan, turistik xizmatlar, turistik 
markazlar  haqidagi  ma‘lumotlar  joylashgan  millionlab  saytlarga  ega  bo‗lgan 
Internet  tarmoqlari  nafaqat  sayohat  va  turistik  agentliklarni  tanlash,  hattoki,  tur 
sayohatning chiptalari, xizmatlar uchun to‗lovlarni ham  oldindan tayinlab qo‗yish 
mumkin.  
Tasniflanadigan  belgilarning  turlari  bo‗yicha  turizm  industriyasi  va 
infratuzilmasining tarkibiy  qismi  quyidagi rasmda  batafsil  ifodalangan. 

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish