Termiz davlat universiteti "pedagogika" kafedrasi umumiy pedagogika



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/263
Sana16.01.2022
Hajmi3,45 Mb.
#378627
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   263
Bog'liq
umumiy pedagogika

 
7.4. Pantomimika. 
 
Pantomimika
  -  bu  0‘qituvchining  gavdasi,  qo‘I,  oyoq  harakatini  tartibga  soluvchi  uslubdir. 
0‘qituvchilarning  ta’lim-tarbiyaviy  faoliyatida  o‘quvchilar  bilan  muloqoti  muhim  ahamiyat  kasb 
etishi  barchaga  ma’lum.  Biroq  o‘quvchilar  bilan  muloqotda  o‘qituvchining  pantomimikasi,  ya’ni, 
gavda,  qo‘l,  oyoq  harakati  to‘g‘ri  ifodalanmasa,  ta’lim-  tarbiyaga  asoslangan  muloqot  natija 


 
 
53 
 
bermasligi  mumkin.  0‘qituvchi  o‘z  gavdasi,  qo‘li,  oyoq  harakatlarining  holati  orqali  har  qanday 
pedagogik ma’lumotlarning obrazini “chiza” olsa, 0‘quvchilar bundan zavqlanadilar, ular ichki his-
tuyg‘ulari,  tashqi  hissiyotlari  bilan  qo‘shilib  butun  ongini  o‘quv  materiallari  mazmunini 
o‘zlashtirishga qaratadilar. Pantomimika gavdani rost tutib yura bilish, qo‘l va oyoq harakatlarining 
bir-biriga  mosligi,  fikrlarini  aniq  va  to’liq  bayon  qilib  qol’ini,  boshini  turli  harakatlarda  ifodalash 
o‘qituvchining  o‘z  bilimiga,  kuchiga  ishonchini  bildiradi.  Shuning  uchun  o‘qituvchining 
o‘quvchilar oldida o‘zini tuta bilish holatini tarbiyalashi lozim. (oyoqlari 12-15 sm. kenglikda, bir 
oyoq sal oldinga surilgan holda turish). 0‘qituvchining yurishi, qo‘l va oyoq orqali imo-ishoralari 
ortiqcha  harakatlardan  holi  bo’lishi  kerak.  Masalan:  auditoriyada  orqaga  oldinga  tez-tez  yurish, 
qo‘llari bilan turli  imo-ishoralar qilish,  boshini  har tomonga tashlash va  hokazo. Bunday holatlar 
dars  davomida  0‘quvchilarning  e’tiborini  bo’lib,  g‘ashini  keltiradi  va  o‘rganilayotgan  fanga, 
o‘qituvchiga nisbatan hurmatsizlik kayfiyatini uyg‘otadi. 
O'qituvchi  mashg'ulot  o'tish  jarayonida  faqat  oldinga  yurishi  tavsiya  qilinadi.  Uyondan,  bu 
yonga  yurish talabalar fikrini bo‘ladi. Old tomonga  yurayotganida  o'qituvchi muhim voqealarni 
bayon qilishi mumkin, chunki bunda talabalar о‘qituvchini butun diqqatlari bilan eshitayotgan bo 
'ladilar.
 
0‘qituvchining  pantomimik  harakatlari  tizimida  o‘z  hissiy  holatini  boshqara  olishi  muhim 
ahamiyatga  ega.  0‘qituvchi  0‘quvchilar  bilan  muloqot  jarayonida  qizg‘in  kuzatuv  ostida  bo’ladi. 
Uning  kayfiyatidagi  o‘zgarishlar  pantomimik  harakatlarida  namoyon  bo’ladi.  Shu  tufayli 
o‘quvchilarga ta’lim-tarbiyaviy ta’sir ko'rsatish jarayonida (darsda, darsdan tashqari mashg'ulotlar 
paytida, tarbiyaviy ishlar jarayonida) o'z hissiyotini boshqara olishi, jiddiy bo’lishi, umidbaxshlik, 
xayrixohlik kayfiyatida bo’la olish qobiliyatlariga ega bo’lishi zarur. Pantomimik harakatlar tizimi 
o‘qituvchiga  birdaniga  paydo  bo’ladigan  ko‘nikma  emas.  Buning  uchun  0‘qituvchi  o‘z  ustida 
tinimsiz  ishlashi,  ilk  pedagogik  faoliyati  davrida  kamchiliklarini  tezda  topib  bartaraf  eta  olishi 
darkor.  Chunki,  yillar  davomida  0‘qituvchi  o‘zining  har  bir  harakatiga  moslashib  uni  odat  qilib 
olishi mumkin. Mukammal pantomimik malakalarga ega bo‘lgan o‘qituvchi o‘z-o‘zini nazorat qila 
oladi,  ko‘p  yillik  faoliyati  davomida  sog’lom  asab  tizimini  o‘zida  tarbiyalab  asabiylashishdan, 
hissiy va aqliy zo‘riqishlardan o‘zini saqlay oladi. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish