Mustaqil ishi
Reja:
1.
Yerda hayotning paydo bo’lishi.
2.
Yerda hayotning paydo bo’lishi to’g’risidagi qarashlar.
3.
Yerda hayotning paydo bo’lishi to’g’risida Oparin nazariyasi.
4.
Eralar, davrlar va ulardagi hayot.
Mavzu: Hayot paydo bo’lishi haqidagi zamonaviy tasavvurlar
Yerda hayotning paydo bo’lishi masalasi tabiiy fanlar kontseptsiyasining
hozirgi kunga qadar mavjud eng qiyin va shu vaqtning o’zida eng qiziqarli
muammolaridan hisoblanadi. U shuning uchun ham qiyinki, fan sifat jihatidan
yangi hisoblanmish hayotni yaratish va uning taraqqiyotini pog’onama-pog’ona
aniqlash uchun eksperimental tajriba asosida to’lig’incha yechish imkoniga
hozircha ega emas.
Olimlar hayotni vujudga kelish jarayonini bundan bir necha milliard yil ilgari
mavjud bo’lgan muhitni aynan o’sha davrga mos keladigan qilib yaratish imkoniga
ega emaslar. Hatto aynan o’sha tirik mavjudotlarning paydo bo’lish davriga
monand qilib yaratilgan muhit ham model eksperimentgina bo’lib qolardi xolom.
Metodologik jihatdan qiyin hayotni paydo bo’lishini aniq ravishda tushuntirish,
o’sha o’tgan geologik davrni aniq yaratish bilan bog’liq.
Hayotning paydo bo’lish masalasi, o’lik tabiatni tirik tabiatdan farqli
xususiyatini hamda hayot evolyutsiyasini aniqlash jihatidan ham juda qiziqarli.
SHunday ekan, biz quyida eng avval koinot bo’shlig’ida Yer qurrasini
shakllanishi, unda hayot paydo bo’lganga qadar mavjud bo’lgan muhit, so’ngra esa
hayotning ilk davri va nihoyat hayotning bunyodga kelishi va uning taraqqiyoti
haqida fikr yuritamiz.
Adabiyotlarda ta‘kidlanishicha, 20 mlrd. yil muqaddam koinotning qaysi bir
bo’shlig’ida ulkan vodorod buluti vujudga kelgan. Gravitatsiya (tortish kuchi)
ta‘sirida bu bulut siqila boshlagan, Gravitatsion energiya (kuch) asta-sekin issiqlik
energiyasiga o’ta borgan, natijada mavjud bulut yulduzga aylangan. Shundan so’ng
yulduz ichida mavjud energiya million (gradus)gacha yetgach, yadro reaktsiyasi
boshlanib, vodorod atomi geliy atomiga aylangan va vodorodning to’rt atomidan
bitta geliy atomi hosil bo’lgan. Geliy hosil bo’lish jarayonida vodorod
atomlarining qo’shilish reaktsiyasi davomida kuchli energiya hosil bo’lishi davom
etgan. Vodorod jamg’armasining cheklanganligi tufayli uning yadro reaktsiyasi
asta-sekin to’xtab yulduz ichi bosimi sekinlashib borgan. Lekin gravitatsiya
kuchiga to’sqinlik qiluvchi qarama-qarshi kuch bo’lmaganligi tufayli yulduz
yanada siqila borgan.
Gravitatsion siqilish
haroratning
qayta,
takroriy
ravishda
yangitdan
ko’tarilishiga sabab bo’lgan va geliyni har uch atomi uglerod yadrosiga aylangan.
Geliy uglerodga nisbatan tez yonganligi tufayli yangitdan vujudga kelgan.
Yulduzning ichki issiqlik bosimi kuchi gravitatsion kuchga nisbatan ustun chiqadi
va yulduz yangitdan kengaya boshlaydi. Bu bosqichda u juda issiq va mahkam
yadrodan iborat bo’lib, unda geliyning yonishi davom etib geliy va yonib
ulgurmagan kaliy vodorod zanjiridan tashkil topgan jild (qobiq) vujudga kelgan.
Astronomlar ta‘biriga ko’ra bunday yulduzlarni qanotli yulduzlar deb ataydilar.
Yulduz ichida yadrolarning to’qnashuv va o’zgarish jarayonlari tuhtovsiz
davom etgan. Geliy yadrolarini uglerod yadrolari bilan birikishi natijasida kislorod
yadrosi, so’ngra neon, magniy, kremniy, oltingugurt va shu singari boshqa
elementlarning yadrolari shakllangan. Yadro yonilg’i qoldiqlari oxiriga qadar
yonib bo’lgach, yulduzlar o’z muvozanatini yo’qotishi natijasida qayta portlash
hodisasi bo’lishi vaqt-vaqti bilan davom etgan. Bu portlashlar natijasida yanada
yangiroq yulduzlar paydo bo’la borgan.
Yulduzda sodir bo’ladigan portlashlar oqibatida juda ko’p miqdorda (cheksiz
ko’p og’ir ximiyaviy element sintezi kuzatilgan, bu og’ir ximiyaviy elementlarning
bir qismi kosmosga otilib chiqqan (uloqirilgan) va vodorod bilan birikkan. Natijada
kosmik koinotda Yer qurrasida uchraydigan barcha ximiyaviy elementlar sintezi
sodir bo’lgan. Vodorod va vodorodli birikmalardan tashkil topgan yulduzlarning
kelgusi avlodida, boshdanoq (yulduzlarning shakllanish davrida) og’ir ximiyaviy
elementlar aralashmasi (qotishmasi) mavjud bo’lgan.
CHetdan qaraganda materiyaning barcha bo’laklari, jumladan Yer qurrasi va unda
mavjud barcha moddalar yo’qdan bor bo’lgandek ko’rinadi. Haqiqatdan ham
shundaymi?
Bu borada falsafa va tabiat olamining o’rganilish tarixiga e‘tibor bersak, turli-
tuman qarashlar borligining shohidi bo’lamiz. Yo’qdan bor bo’lish g’oyasi dastlab
Arastu «Metodika»sida o’z aksini topgan. «Dastlab bo’shliq paydo bo’lgan, undan
so’ng Geo (er) vujudga kelgan» degan g’oya tarafdori. Xristian diniy kitobi
«Bibliya»da yozilishicha xudo (olloh) olamni yo’qdan, bo’shliqdan yaratgan va
shundan so’ng unda tartib o’rnatgan deyiladi.
Ammo yo’qning o’zi nima? Bu savolga Angliya kibernetigi U.R.Eshbi aniq
javob beradi. Uning fikricha, cheksiz turli-tumanlik boshqacha qilib aytganda
parokandalik yoki yo’q elementlar orasida hech qanday bog’lanishning (aloqaning)
yo’qligi, predmet va hodisalar turli-tumanligining cheklanganligidir.
SHunday qilib, bu falsafiy abstraktsiya, predmet va hodisalar bir-biriga bog’liq
bo’lmagan, bir-biri bilan aloqador bo’lmagan olam.
Tabiiyki, bunday olam mustaqil ravishda rivojlanish imkoniga ega emas. Shuning
uchun ham yo’qning birlamchiligi haqidagi g’oya olloh (iloh) kuchi bo’lib, butun
koinot va undagi barcha mavjudotlarning g’ayri tabiiy kuch. Olloh tomonidan
yaratilganligi to’g’risidagi g’oya bilan bog’liq. O’z holiga qoldirilgan va biror-bir
kuch tomonidan boshqarilmagan bunday olam soddalanish, vayron bo’lish,
yemirilish va to’liq halokatga mahkum.
Hozirgi ilmiy texnik taraqqiyot jarayonida hayotning elementar asoslari har
tomonlama o’rganilayotganligi tufayli tabiatda sodir bo’ladigan jarayonlar haqida
quyidagi fikrlarni ko’pchilik tan olinganligini shohidimiz:
-koinotning barcha predmetlari va ularning rivojlanishi uch tomonlama - modda,
energiya va informatsiya almashinuvidan iborat;
-almashinuv jarayonida predmetlar o’rtasida modda, energiya va informatsiya
almashinuvi sodir bo’ladi. Informatsiyada almashinuvchi tomonlarning har birida
o’zi uchun xos bo’lgan xususiyatlar namoyon bo’ladi;
-predmet va hodisalarning o’zaro modda, energiya va informatsiya almashinuvi
jarayonida
almashinuvchi
tomonlarning
xususiyatlari
asosiy
shartlardan
hisoblanadi. Takomillashgan, murakkab, kuchli tomon tashqi muhitdan sodda
tomonga nisbatan ko’p informatsiya oladi va shu vaqtning o’zida o’zi ham kuchli
informatsiya manbai hisoblanadi;
-almashinuv
qobiliyatiga
ega
bo’lgan
har
bir
tomon
o’zining
cheksiz xususiyatlariga ega ekan, informatsiyalar ham son jihatidan cheksizdir.
Bu informatsiyalar qonuniy ravishda ularning biridan ikkinchisiga o’tishi
muqarrar. Shunday ekan, modda, energiya va informatsiya almashinuvi jarayonini
matematik ishlov usuli yordami bilan ularning murakkabligi va almashinuv
darajasini aniqlash mumkin.
Yuqorida eslatilgan murakkab materiya bo’laklarining nisbatan oddiydan vujudga
kelishi muammosiga qaytaylik. Buning uchun quyidagi shart va sharoitlar
mukammal ravishda mavjud bo’lishi asosiy shartlardan hisoblanadi:
1. Nisbatan sodda komponentlar massasining bo’lishi (mavjudligi).
2. Aloqa uchun komponentlarning printsipial qobiliyatini mavjudligi.
3. Geliy sintezi uchun sarflanadigan energiya manbai - issiqlik energiyasiga
almashuvchi gravitatsiya kuchi, atomlar harakati energiyasi hamda yulduzlarning
portlashi natijasida sodir bo’ladigan va o’ta yangi yulduzlar hosil bo’lishi uchun
sarflanadigan energiyaning mavjudligi.
4. Yangitdan vujudga kelgan ximiyaviy elementlarning barqarorligi: birinchidan
ularning yadrosi ichidan o’z kuchi, ikkinchidan yulduzlarning portlashi natijasida
kosmik koinotga uloqtirilgan kuch bilan ta‘minlanishi.
5. Og’ir metallarning bir qismini koinotga uloqtirilishi, materiya evolyutsiyasida
ular ishtirokining dastlabki shartlaridan hisoblanishi.
Murakkab ximiyaviy elementlarni vodoroddan vujudga kelishi davomli, sodda
bo’lmagan, ko’p pog’onali jarayondir. Ularning tuzilishi va tarqalishi -
moddalarning yulduzlararo muhitdan sodir bo’ladigan tsirkulyatsiyasiga bog’liq
deb qarash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |