XARITA (MAP) va MATERIAL (MATERIAL) orasida katta farq mavjud:
Odatdagi tekis kartina
XARITA (MAP)
deb ataladi. Qoida bo’yicha, xaritalar
materiallarning komponentlari hisoblanadi, ya’ni, ularga realistiklik qo’shgan holda
materiallarga qo’yiladi. Mustaqil xaritani (materialga qo’yilmagan) obyektga
tayinlash mumkin emas, lekin uni orqa fon o’rnida qo’llash mumkin.
Sirtning xossalarini ta’riflovchi sozlanishlar ro’yxati
MATERIAL
deb atalad.
Uni istalgan obyektga tayinlash mumkin, lekin orqa fon o’rnida foydalanish
mumkin emas.
Turli xaritalar
aksariyat materiallarni, masalan, ularni tekstura
o’rnida foydalanib qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |