42
BEZIER-CORNER
-
MYSTAQIL
«MO’YLABCHALAR» - mo’ylabchalar «BEZIER» rejimi
ga aynan o’xshash holda, egrilangan burchaklar hosil qilib, amal
qiladi. Lekin ular bir-biriga bo’g’liq emas.
Splaynlar asosida uch o’lchamli onyektlar yaratish
.
Uch o’lchamli obyektlarni yaratishning ko’plab usullari mavjud, ular uchun yarim
maxsulot o’rnida splaynlar qo’llaniladi. Qo’llaniladigan usullardan eng oddiysi – maxsus
modifikatorlarni tayinlashdir. Oldin o’rganilgan EXTRUDE modifikatoridan tashqari,
quyidagi modifikatorlar mavjud: BEVEL, BEVEL PROFILE va LATHE.
BEVEL
– Ekstruziyaga juda o’xshash, lekin siqib chiqariluvchi
obyektning tomonlarida faskalarni shakllantirishga imkon beradi:
PARAMETERS bo’limi:
LINEAR SIDES – to’g’ri tomonlar
CURVED SIDES – yumaloqlangan tomonlar
SEGMENTS – Segmentlar, faqat yumaloqlanayotgan
tomonlarda ishlaydi.
SMOOTH ACROSS LEVELS – faskalar chegaralarini
tekislash.
KEEP LINES FROM CROSSING – tomonlarning o’z-o’zini
kesishidan saqlaydi.
SEPARATION – chetlar orasidagi minimal oraliqlar.
BEVEL VALUES bo’limi:
START OUTLINE – boshlang’ich chekinish.
LEVEL1/2/3 – siqib chiqarish darajalari. Tegmay qo’yilganda
faqat birinchisi ulangan bo’ladi, faskali obyektni hosil qilish
uchun kamida yana bittasini ulash zarur. HEIGHT – siqib
chiqarish darajasining balandligi.
OUTLINE – darajaning chekinishi, faskani hosil qilish uchun
qatnashishi shart.
Ikki faskali obyektni hosil qilish uchun, har uchchala siqib
chiqarish darajalarini to’g’ri sozlash zarur (rasmga qarang).
BEVEL PROFILE
– profilni yo’l bo’ylab siqib chiqarish.
Murakkab egri chiziq bo’ylab ishga tushirilgan, kerakli
ko’ndalang kesimli obyektlarni hosil qilish imkonini beradi.
Ishning tartibi:
43
1. Obyekt-yo’l va obyekt-kesimni yaratish va fazoda
to’g’ri joylashtirish. Har ikkala obyekt tekis splaynlar
bo’lishi shart.
2. FAQAT YO’LNI ajratib olish.
3. Unga BEVEL PROFILE modifikatorini qo’llash.
4. PICK PROFILE tugmachasini bosing (rasmga
qarang).
5. har qanday proeksiyada obyekt-kesimni ko’rsating.
Eslatmalar:
BEVEL PROFILE modifikatori bilan bog’liq bo’lgan
xatolarning ko’pchiligi, faqat yo’l emas, kesim ham ajratib
olinishi, yoki kesimga uni uch o’lchamli qilib qo’yadigan
qandaydir modifikator qo’llanilishi oqibatiga olib keladi, masalan, EXTRUDE yoki o’sha
BEVEL PROFILE. Agar PICK PROFILE tugmachasi kesimni ko’rsatishni istamasa,
kesimning o’zini tekshiring – u uch o’lchamli bo’lmasligi kerak!
Kesimning oriyentatsiyasi va masshtabini, modifikatorlar to’ridagi BEVEL
PROFILE modifikatoridagi PROFILE GIZMO SUB-OBYEKTINI ulab, yo’lga nisbatan
o’zgartirish mumkin. Shundan so’ng, kesimning sariq profilini surib qo’yish, burish yoki
masshtablash mumkin bo’ladi. Ular proeksiyalarning hamma darchalarida, tahrirlash uchun
qo’l yetar bo’ladi.
LATHE
– kesimni o’q bo’ylab burish usuli bilan
obyektlar yaratish.
LATHE ni qo’llash uchun, obyektning ko’ndalang kesimi
eslatuvchi maxsus yarim maxsulot, to’g’rirog’i, obyektning
yarimtaligi zarur bo’ladi. Bunda, kesim chizig’i qat’iy vertical
holda bo’lishi muhim, bu aylanish qutblariga tartibli yopishish
imkonini yaratadi.
LATHE JUDA MUHIM ni qo’llashdan oldin SUB-
OBJECT tugmachani o’chiring, aks holda avtomatik ravishdagi
tekislanish ishlay olmaydi.
44
Parametrlar:
DEGREES – burilish burchagi, doiraviy yopiq sirt hosil
bolishi uchun, 360 turishi lozim (tegmay qo’yilganda
turadi).
WELD CORE – sirtlarni qutblarda birlashtirish. Juda
muhim belgi (galochka). Qutblarda hunuk styajkalar paydo
bo’lish
muammosini
yo’qotish
imkonini
beradi.
Obyektning o’rtasida teshik bo’lgan holdan tashqari,
hamma hollarda o’rnatib qo’yishga arziydi.
FLIP NORMALS – obyekt sirtini teskarisiga ag’darib,
chiqarib olish. Shaffof holdagi yuz tomon muammosini
yo’qotadi. Adashib qo’yilgan yuz tomonni olib tashlaydi!
SEGMENTS – segmentlar soni. Ko’p resurslarni sarflaydi!
X\Y\Z
– burilish o’qi, tegmay
qo’yilganda Y.
MIN\CENTER\MAX – tekislanish nuqtasini avtomatik
ravishda o’rnatish.
SMOOTH – tekislash (tegmay qo’yilganda ulangan
bo’adi).
Eslatmalar:
WELD CORE и FLIP NORMALS belgi (galochka) larni
tekshirish juda muhim, obyektning qanchalik chiroyli ko’rinishi
ularga bog’liqdir. FLIP NORMALS
ni o’rnatish
ning zarurligini,
obyektni «perspektiva» proeksiyasida aylantirib va uni u yerda
diqqat bilan
ko’rib
chiqib,
tushunish
mumkin.
Agar
obyektda yuz tomon sirti yo’q bo’lsa,
uning o’rniga uning orqa qismi ko’rinadi,
unda belgi (galochka) kerak.
Burilish
o’qini
MIN\CENTER\MAX
tugmachasi
yordamida hamda modifikatorlar xipchinidagi (rasmga qarang) LATHE modifikatoridan SUB-
OBYEKT AXIS ni ulab, qo’lda surish mumkin. Shundan keyin, ekranda burish markazini
o’zgartirib, sichqoncha bilan surish mumlin bo’lgan, sariq rangdagi aylanish o’qi paydo bo’ladi.
Bunga o’xshash imkoniyarlar, agar obyektning ichida teshik yasash zarur bo’lsa zarur bo’ladi.
45
Do'stlaringiz bilan baham: |