Mikrobiologiya sanoati – sanoat tarmogʻi; ishlab chiqarish jarayonida turli
nooziq-ovqat xom ashyo turlari (neft va gaz uglevodorodlari, gidrolizatlar,
yogʻoch)dan va qand lavlagi, makkajoʻxori, moyli va yormabop ekinlar va
boshqalarning donini sanoatda kayta ishlash chiqitlaridan qimmatli mahsulotlarni
mikrobiologik sintez qilib olishga asoslanadi. Oqsilvitaminli konsentratlar,
aminokislotalar, vitaminlar, ferment preparatlari, antibiotiklar, oʻsimliklarni
zararkunanda va hasharotlardan himoya qilishda qoʻllaniladigan bakteriyali va virusli
lre-paratlar, bakteriyali oʻgʻitlar, shunin-gdek, oʻsimlik xom ashyosini kompleks
qayta ishlash mahsulotlari — furfurol, ksilit va boshqa ishlab chiqaradi.
Mikrobiologiya sanoati fantexnika taraqqiyoti yutuqlari negizida vujudga kelgan va
mikrobiologiya texnikasi, kimyo, fizika, kimyoviy texnologiya, biotexnologiya va
boshqalarning eng yangi yutuqlariga tayanadi. Mikroorganizmlarga xos boʻlgan
moddalarning fermentlar taʼsirida oʻzgarishlarida yuzaga keladigan ulkan
energiyadan qishloq xoʻjaligi va sanoat uchun
zarur
mahsulotlarni
maqsadga
muvofiq
sintez
qiladigan
mukam
mal
muhandislikbiologik
sistemalar
barpo
etilgan.
Mikrobiologiya
sanoati
mahsulotlarining katta qismi biologik jihatdan yuqori sifatli aralash yem ishlab
chiqarishda ishlatiladi. Yemga qoʻshilgan 1 t yem achitqi tirik vaznda qoʻshimcha
1,5—2 t parranda goʻshti yoki 15—25 ming dona tuxum olishni taʼminlaydi va 3,5—
5 t donni tejash imkoniyatini beradi. Yem achitqilari bilan birga ratsionda
yetishmaydigan vitaminlar va aminokislotalar, yem antibiotiklari, fermentli
preparatlar mollarning ozuqa ratsioniga qoʻshiladi.Mikrobli va virusli insektitsidlar
odamlar, foydali hayvonlar va hasharotlar uchun xavfsiz hisoblanadi. Fermentli
preparatlar qishloq xoʻjaligi xom ashyolariga ishlov berishda bir qator texnologik
jarayonlarni ancha tezlashtiradi, oziq-ovqat, goʻsht, sut sanoati, yengil sanoatda
mahsulot chiqishini oshiradi va sifatini yaxshilaydi. Fermentli preparatlar,
shuningdek, kimyo va qora metallurgiya
sanoatida, sanoat va kommunal oqova suvlarini tozalash tizimlarida qoʻllaniladi.
Mikrobiologiya sanoati mahsuloti boʻlgan lizin, fermentli va oqsilli preparatlar non
va non mahsulotlarini, oziq-ovqat kotsentratlarini oqsil bilan boyitish, ularning
ozuqalik qimmatini oshirishda foydalaniladi. Oʻzbekistonda Mikrobiologiya sanoati
mahsulotlari “Qoʻqon spirt zavodi” aksiyadorlik jamiyati (1989; don (bugʻdoy)dan
rektifikatsiya qilingan etil spirti), “Andijon biokimyo zavodi” aksiyadorlik jamiyati
(1953; furfurol, spirt, etil spirti, quruq xlorella va boshqa mikrobiologiya
mahsulotlari); Yangiyoʻl “Biokimyo” aksiyadorlik jamiyati (1949; etil spirti, oʻsimlik
xom ashyosidan texnik spirt, yem-xashak achitqisi, quruq yem-xashak qoʻshimchasi),
Fargʻona furan birikmalari kimyo zavodi (1946; chigit shulxasi, sholi qipigʻi, paxta
lin-ti va boshqalardan furfurin, etil, texnik spirtlar)da ishlab chiqariladi.
Mikrobiologiya sanoatining ayrim mahsulotlari “Oʻzfarmsanoat” kompaniyasi
korxonalarida tayyorlanadi.2.Bilgʻish, bijgʻitish, achish, achitish, fermentatsiya —
mikroorganizmlar yoki ular ajratadigan fermentlar ishtirokida organik moddalarning
(asosan,
uglevodorodlarning) parchalanish jarayoni. Bunda bijgʻiydigan mahsulotning bir
qismi oksidlansa, ikkinchi qismi qaytariladi, natijada energiya ajraladi. B. xalq tilida
qaynash deb ham yuritiladi, chunki B. jarayonida ajralib chiqadigan karbonat
angidrid pufakchalari suvning qaynashini eslatadi. Mikroorganizmlarning turiga va
xususiyatiga, bu jarayonning oʻtish sharoitiga qarab, B.da har xil moddalar hosil
boʻlishi mumkin. Maye, kislorodsiz sharoitda (obligat anaerob bakteriyalar
ishtirokida) moy kislota, atseton, butil spirt va boshqa; ham kislorodli, ham
kislorodsiz sharoitda (fakultativ anaerob bakteriyalar ishtirokida) spirt, sut kislota,
propion kislota, V|2 vitamini; fakat kislorodli sharoitda sirka kislota, atseton, etil
spirt, butilenglikoxol va limon kislota paydo boʻladi. B. jarayonida musallas, boʻza,
qimiz va boshqa ichimliklar hosil boʻladi. 16-asrda Vant Gelmont B. jarayoni
fermentlar ishtirokida, 19-asrning 30- yilda esa Kanyar de Latur, Shvan va Kyutinglar
,bir hujayrali tirik mikroorganizmlar ishtirokida roʻy beradi, deb tushuntirdilar. B.ni
faqat Lui Paster ilmiy asosda toʻgʻri tahlil qilib, B.— mikroorganizmlardagi
moddalar almashinuvi natijasi, degan fikrni isbotladi.
Moy kislota olishda Clostridium butiricum bakteriyasi, atseton, butil spirt olishda
Clostidium acetobutylicum bakteriyasi, sirka olishda Acetobacter aceti bakteriyasi,
limon kislota olishda esa Aspergillus niger zamburugʻi ishtirok etadi. B. jarayonidan
foydalanib, rom, turli markadagi vinolar, pivo, sut mahsulotlari, non ishlab
chiqariladi.3.Rizosfera (yunoncha: rhiza — ildiz va sfera) — oʻsimlik ildizlarini
bevosita oʻrab turadigan guproq qatlami. Tuproqning boshqa qatlamlariga qaraganda
P. mikroorganizmlarga boy boʻlganidan, unda tuproq jarayonlari kuchliroq kechadi.
R. mikroflorasinnj tarkibi tuproq tipi, ekologik sharoitlar va oʻsimlik yoshiga bogʻliq.
Oʻsimliklar ildizlari orqali R.ga turli moddalar (qand, organik kislotalar, alkaloidlar,
fitonsidlar) chiqadi va bu ajratmalar R. mikroorganizmlari uchun ozuqa boʻladi,
tuproq nordonligini oʻzgartiradi va boshqa (yana q. Ildiz).