TOG’ KOMPASI YORDAMIDA QATLAM ELEMENTLARINI ANIQLASH
Talabalarga yer qatlamlarini yoki foydali qazilma konlaridagi ruda qatlamlarini yotish
holati, hamda qatlamlarning yotish elementlarini kompas yordamida aniqlashni o’rganish.
Umumiy tushuncha
Tabiatda yer po’stida yotgan tog’ jinslari va minerallar o’zining kelib chiqish
genetikasiga binoan va shu hududlarda endogen kuchlar ta’sirida sodir bo’lgan geologik
jarayonlar natijasida qatlamlarning hosil bo’lishi, burmalanishi qotishi kabi o’zgarishlarga
duchor bo’ladi hamda, yer bag’rida qatlamsimon yoki yaxlit massiv sifatida yotadi. Yer bag’rida
qatlamning aniq fazoviy orientirlash maqsadida qatlam elementlari degan tushuncha
kiritilganki bu tushuncha qatlamlarning yer sharining qutblariga nisbatan holati, hamda qiyalik
yotishi holatini aniqlashni taqazo etadi. Qatlamning yotishi elementlari shimolga nisbatan yotish
holati, qiyaligi va nishoblik burchagi kiradi.
7-rasm. Qatlamning yotish elementlari: a) qiyalik burchagi; b) to’gri chiziq bo’yicha qiyaligi
Tog’ kompasi to’rt burchak metall plastinkasiga o’rnatilgan bo’lib uning uzun tomoni
0-180
0
(N-S) chizig’iga parallel. Limba doirasidagi bo’laklar sanog’i soat strelkasi yo’nalishiga
teskari qilib joylashtirilgan. Tog’ kompasida ishlaganda o’lchanishi kerak bo’lgan yo’nalishdan
shimol yo’nalishigacha, shuning uchun u soat strelkasi yo’nalishiga qarshi tomonga qarab
o’lchanadi. Limbaning 0 nol chizig’i o’lchanishi kerak bo’lgan yo’nalishga qo’yib soat
strelkasiga qarshi tomonga qarab sanoq sonlari yoki magnit strelkasining uchi o’lchanadigan
azimut qiymatini ko’rsatadi.Tog’ kompasining ignasimon o’qiga ikkinchi strelka muallaq osib
qo’yligan bo’lib, bu strelka yordamida qatlamning og’ish burchagi o’lchanadi. Kompasning
ikkinchi chuqurlikdagi aylanma gardishida 0
0
dan 90
0
gacha bo’linmalar bo’lib, kompas asosi
qatlamga vertikal, parallel qilinganda qatlamning og’ish burchagi aniqlanadi. Dala sharoitida
qatlamning ustki qismini tozalab qaralsa unda qatlamning nishabligi yoki og’ish burchagi
ko’rinadi, bu chiziq qatlamning eng ko’p og’ish burchagi hisoblanadi. Tepa qismi tozalangan
qatlamga kompasning yon qirrasining uzun tomoni qo’yiladi. Shunda kompas ichidagi
muallaq turgan strelka og’ish burchagiga teng bo’lgan qiymatiga og’adi. Shunda kompasning
qirrasi og’ish chizig’iga parallel bo’ladi va strelka og’ish azamuti ko’rsatgichini ko’rsatadi.
Qatlam ustida qalam yoki uchi o’tkir predmet bilan chiziladi va og’ish burchagi azimuti
aniqlanadi. Buning uchun tog’ kompasi shunday qo’yiladiki, kompasning eng uzun qirrasi
qatlamning og’ish chizig’i bilan parallel kompas lambasining 0
0
raqami ham qatlam yo’nalishi
bo’yicha og’ish burchagi yo’nalishi bo’yicha to’g’ri tushish kerak.Undan keyin kompasni
pastki tomoni sekin gorizontal holatga kelguncha ko’tariladi va arritir bo’shatilib kompas
strelkasining shamoligacha hisoblab sanoq olinadi. Hisoblangan sanoqda tuzilma kiritiladi,
chunki olgan sanog’imiz magnit azimuti biz haqiqiy azimutga o’tish uchun topografik kartada
ko’rsatilgan og’ish burchagi, agar g’arbiy og’ish bo’lsa tuzilma burchak ayriladi, Sharqiy
og’ish bo’lsa tuzatma qo’yiladi. Undan keyin qo’yidagi tartibda sanoqlar yoziladi. Birinchi
bo’lib og’ish chizig’i azimuti yozilib undan keyin qiyalik burchak yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: