NDD SMART Capability
(SMART diagnostikasi imkoniyati) – qattiq diskning holatini
SMART standarti talablariga muvofiq diagnostika qilish mumkinligiga ruxsat etish/ taqiqlash
imkonini beradi. BIOS mualliflari, afsuski, BIOSda SMART diagnostikasining harakatlanish
mexanizmini ko`rsatmaydilar, shuning uchun qattiq diskdagi axborotlarga qanday yo`l bilan ishlov
berilishi unchalik tushunarli emas, shuning uchun qattiq disk parametrlarining chegaralangan
mazmuni aniq ishlab chiqaruvchiga bog`liq. Parametrga ruxsat etishda va qattiq diskning normal
ishlashi buzilganda BIOS, ekranda kompyuterning xarakteristikasi berilgan jadval paydo
bo`lguncha tegishli xabarni beradi. Shuni hisobga olish kerakki, bu parametrga ruxsat etish
kompyuterning unumdorligini bir necha foizga kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |