O‘quv fanining maqsad va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda manbashunoslik va tarixshunoslikning
vazifasi, predmeti va ob’ekti, tadqiqot va manbalarning turlarini va tadqiqotlar
natijalarini jamlash, manbashunoslikning nazariy masalalarini, manbalarni ichki va
tashqi tahdid qilishni hamda, manbalarni har tomonlama ilmiy-qiyosiy tahlil
qilishga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - talabalarga manbalar va tarixiy tadqiqotlarning
manbashunoslikdagi va tarixshunoslikdagi o‘rni, tarix bilimini targ‘ib qilishning
shakllari, O‘rta Osiyo xalqlarining tarixi bilan bog‘liq manbalar haqida umumiy
ma’lumot olishi, ta’lim jarayonida manbalar va ilmiy tadqiqotlardan kichik ilmiy
ishlarida foydalanishni o‘rganishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |