O‘zbekiston Respublikasi xalqaro xamjamiyat bilan teng xuquqlik asosida
xamkorlik qilmoqda, faol tashqi siyosat yurgizmoqda. Respublikamiz tashqi
siyosatini o‘rganishda O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama va
ko‘p tomonlama shartnomalari matni diplomatik muqotiba, xorijdagi elchi va
konsullarimizning axborotlari, tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirliklari
xujjatlari muxim axamiyatga egadir. Prezident I.A.Karimov hamda Respublikamiz
delegatsiyalarining chet ellarga safarlari to‘g‘risidagi xisobotlar ham tashqi siyosiy
faoliyat xususida muxim manbalar qatoriga kiradi.
SHunday qilib, mustaqil O‘zbekiston Respublikasi tarixi juda ko‘p manbalarda
o‘z aksini topgan. Bu manbalardan kompleks tarzda foydalanish istiqlol davri
tarixini chuqur o‘rganish imkoniyatini beradi.
49
Do'stlaringiz bilan baham: |