individuallashtirish hisoblanadi. Odatda korxonalar marketing strategiyalarini
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun,soha trendi ustidan nazorat qilish uchun,
R.X.Alimov,B.A.Begalov,G.T.Yulchiyeva,Sh.Alishev.”Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari”T.:O’zbekiston
32
marketingning axborot tizimini ishlab chiqishga mablag’larni sarflashga
majburdirlar. Muvafaqiyat garovi bo’lib alohida iste’molchilarni afzalliklari,
raqobatchilar narhi va mahsulotni takomillashtirish to’g’risidagi batafsil
ma’lumotlarni yig’ish qobiliyati hisoblanadi. Mijoz ehtiyojini qondirish, ularni
o’zgartirishga o’z vaqtida javob berish mahsulotli va marketingli masalalarni
nomarkazlashtirish uchun bir vaqtning o’zida ular integrasiyasi va nazoratini
ta’minlash bilan axborot texnologiyalardan foydalanishi qobiliyatini ta’minlaydi.
Muvafaqiyat uchun oliy daraja rahbarlari va funksional bo’linma rahbarlari
o’rtasida uzviy aloqalar zarur.
Sungida, (
D
) korxonalar soha liderlaridan ham ishlab chiqarishda, ham
marketingda kuchli orqada qolgan vaziyatdagi korxonalardir. Vaziyatni
barqarorlashtirish uchun ham oliy rahbarlardan, ham axborot texnologiya
bo’linmalarining rahbarlaridan muvofiqlashtirilgan aniq xarakterlar talab etiladi.
Vaziyatni barqarorlashtirish uchun zarur bo’lgan uzoq muddat va kattagina kapital
mablag’lar firmaning o’zini faoliyat ko’rsatish masalasini ko’ndalang qilib
qo’yadi. 80-chi yillarning o’rtalarida American Airlines va United Airlines
kompaniyalari axborot texnologiyalardan foydalanib, sohadagi raqobat
to’g’risidagi tasavvurini o’zgartirdilar. Aynan shu muammo Frontier Airlines va
People Express kompaniyalarda ham yuzaga keldi. O’z raqobat pozisiyalarini
qo’llash uchun zarur bo’lgan investisiyalarni yuqori darajasi operasiyalar
integrasiyasi, mahsulot (xizmatlarni) differensiallash va iste’molchilar talabini
aniqlash uchun axborot texnologiyalar imkoniyatini o’z vaqtida anglab yetmagan
qayd qilingan kompaniyalarni «o’yindan chiqardi». 80-chi yillarning so’ngida ikala
firma ham biznesni tark etdilar.
Internet - lokal tarmoqlardan iborat bo’lgan global kompьyuter tarmog’idir. U
butun er kurrasi bo’yicha uzluksiz va markazlashgan axborot almashishga imkon
beradi. Hozirgi vaqtda undan jahonning 150 mamlakatida 56 milliondan ko’proq
kishilar foydalanadilar. Foydalanuvchilar elektron pochtani yuborishlari, xarid
qilishlari, tadbirkorlik axborotini olishlari mumkin.
33
Tijorat kanallari - ta'sischi kompaniyalarning abonent to’lovlari asosida
ishlaydigan axborot va marketing xizmatlaridir. Mijozlarga axborot olish
(yangiliklar, kutubxonalar, ma'lumotlar va boshqalar), xarid qilish, hordiq
chiqarish va muloqot qilish (elektron taxtalar, o’yinlar, forumlar), elektron
pochtadan foydalanish imkoniyatlari beriladi.
O‘zbekiston reklama bozori ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Bunda
mamlakatimizda qabul qilingan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun muhim rol
o‘ynayotir. Ushbu hujjat reklama ishlab chiqish va tarqatishda yuzaga keladigan
munosabatlarni shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi.
O‘tgan yili mamlakatimiz reklama agentlari soni qariyb 480 tani tashkil etgan
bo‘lsa, bugun ularning soni 500 dan oshdi. Reklama tarqatishda televideniye
muhim o‘rin tutmoqda. Bugun reklama bozorida televideniyening ulushi 52, bosma
nashrlar ulushi 19, tashqi reklama 14 va radio ulushi 12 foizni tashkil etadi.
Bundan tashqari, media soha ham jadal rivojlanmoqda. Marketingdagi yangi
yo‘nalishlar, brending asosiy trendlarini kompaniyalar strategiyasiga kiritish
imkoniyatlari, zamonaviy PR-kommunikatsiyalar uslublari, texnologiyalari va
ularning samaradorligini baholash, bugungi sharoitda media agentlari faoliyatining
istiqbollari, an’anaviy ommaviy axborot vositalari noshirlari uchun yangi biznes-
modellar, moliyaviy marketing yoki rivojlanishning dolzarb yo‘nalishlari, moliya
mahsulotlari hamda xizmatlarini ilg’or g’oyalari amalga oshmoqda.Marketing,
reklamani ishlab chiqish va tarqatish texnologiyalari, PR-texnologiyalar, media-
konsalting va monitoring, noshirlik ishi, grafika dizayni, audio va videreklamani
yaratish usullari takomillashmoqda.Axborot faoliyatining tijoratlashgani sari unga
ishlab chiqarishning boshqarishning bozor tamoyillari sifatida marketingning
umumiy tamoyillari asoslana boshlandi,bunda xo’jalik qarorlarini qabul qilishning
asosida bozor qarorolari yotadi,qarorlarning asoslanganligi esa tovarlarning
sotilishi bilan tekhsiriladi.Buning natiajasida axborot marketingi vjudga
keladi.Axborot mahsulotlari va xizmatlarini tanlashda foydalanuvchi mohiyati
bo’yicha marketinigni axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqaruvchi
34
kabi usullaridan foydalanishi kerak.”Axborot marketingning asosiy elememntlari
quyidagilardan iborat:
-axborot bozorini tahlil qilish;
-axborot mahsulotlari va xizmatlarini narxlarini shakllantirish ;
-axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqaruvchilar va ularning
foydalanuvchilar o’rtasida o’zaro munosabatlarini o’rnatish;
-reklama-targ’ibot tadbirlarini.”
16
Axborot marketingning tuzilishi marketingning umumiy tamoyillarini axborot
mahsulotlari va xizmatlari sohasida yoyishning tog’ridan to’g’ri natijasi bo’ladi.
16
S.S.G’ulomov,B.A.Begalov”Informatika va axborot texnologiyalari”. T:Fan ,2010-623b