G‘. N. Mahmudov



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

 
Bosch
 
(Germaniya) 
firmasining    kuchlanish  rostlagichi-
cho‘tkatutqiqich tuguni
 
 


 
43 
kuchi  keskin  kamayadi.    Natijada,    qo‘shma  tranzistor  VT2-VT3  ning  baza  va 
emitterining  manfiy    potensiali  bir-biriga  teng  bo‘lib  qoladi,    qo‘shma  tranzistor 
VT2-VT3 yopiladi va uyg‘otish toki zanjiri uziladi. Generator kuchlanishi kamaya 
boshlaydi. Kuchlanish ma’lum belgilangan  qiymatgacha  kamayganda stabilitron 
va  VT1  tranzistor  yopila  di,  qo‘shma  tranzistor  VT2-VT3  ochiladi,  uyg‘otish 
chulg‘amiga yana tok o‘ta boshlaydi. Bu jarayon davriy ravishda qaytariladi.  R4 
va S1 dan  iborat bo‘lgan teskari  aloqa zanjiri  tranzistorlarning ochilib-yopilishi 
tez  va  ravon  bo‘lishini  ta’minlash  uchun  xizmat  qiladi.    S2  kondensator  filtr 
vazifasini  bajaradi.  VD3  diod,  qo‘shma  tranzistor  VT2-VT3  keskin  berkilganda 
uyg‘otish chulg‘amida hosil bo‘ladigan o‘zinduksiya EYUK ni so‘ndiradi va shu 
tarzda qo‘shma tranzistorni kuyishdan saqlaydi. 
    Я-120  belgili  integral  rostlagich  nominal kuchlanishi 28 V  bo‘lgan   Г273  
generatori  bilan  ishlatishga  mo‘ljallangan. Я-120 rostlagich Я-112 rostlagichdan 
asosan  kuchlanish  bo‘lgichidagi  qarshiliklarning    qiymati,    ketma-ket  ulangan 
ikkita  stabilitron  va  uyg‘otish  tokining  tok  manbaiga  ulanish  uslubi  bilan  farq 
qiladi.  Я-120  rostlagichining  ishlash  prinsipi  Я-112  rostlagichi  ishlashiga  aynan 
o‘xshashdir. 
   Elektronikaning  oxirgi  yillarda  jadal  rivojlanishi,  elektron  asboblarni 
yaratishda  yangi  texnologiyalarni  joriy  qilinishi  kuchlanish  rostlagichlarning 
yangi  avlodini  yaratilishiga  olib  keldi.  Endi  avtomobillarda  ishlatilayotgan 
rostlagichlarni ikki guruxga bo‘lish mumkin:  
a)  an’anaviy  sxema  bo‘yicha  yig‘ilgan,  chiqish  tranzistorini  ochilib-yopilish 
chastotasi generatorning ish rejimi bilan bog‘liq bo‘lgan rostlagichlar; 
b)  kenglik-impulsli  modullash  (KIM)  prinsipiga  asoslangan  va  chiqish 
tranzistorini ochilib-yopilishi barqarorlashtirilgan rostlagichlar. 
Kenglik-impulsli modullash asosdagi rostlagichlar gibrid texnologiya yoki to‘la 
ravishda  kremniy  monokristallida  yig‘ilishi  mumkin.  Kenglik-impulsli 
modullashli  rostlagichlar  generator  kuchlanishini  juda  barqaror  ravishda  rostlash 
va tashqi muhit ta’sirini mustasno qilish imkonini beradi. 
KIMli  rostlagichga  misol  tariqasida  Bosch  firmasining  FLIYU  LC  va 
Rossiyada  ishlab  chiqilgan  Я212  A11E  belgili  rostlagichlarni  keltirish  mumkin. 
Bu  rostlagich  gibrid  texnologiya  asosda  metall  shishali  korpusga  yig‘ilgan. 
Rostlagich sxemasi 1.34 rasmda keltirigan. 
Rostlagich  asosini  kremniy  kristalliga  yig‘ilgan  mikrosxema  tashkil  qiladi. 
Mikrosxema  qo‘yidagi  elementlardan  iborat:  kirish  bo‘lgichi  A1,  parametrik 
kuchlanish  stabilizatori  A2,  integrator-kuchaytirgich  A3,  teskari  aloqa 
komparatori  A4,  tayanch  kuchlanish  manbasi  A5,  bistabil  trigger  A6  va  chiqish 
kuchaytirgichi A7.  
Parametrik  kuchlanish  stabilizatorining  posangi  qarshiligi  R1,  tok  cheklovchi 
qarshilik R2,  co‘ndiruvchi  diod  VD1  va  chiqish  tranzistori  VT1  mikrosxemadan 
tashqarida joylashtiriladi. 
Rostlagich  qo‘yidagicha  ishlaydi:  generator  kuchlanishi  kirish  bo‘lgichi  A1 
orqali  integrator-kuchaytirich  A3  ga  uzatiladi  va  A5  dan  kelayotgan  tayanch 
kuchlanish  bilan  taqqoslanadi.  Agar  generator  kuchlanishi  nominal  qiymat 
darajasida  bo‘lsa,  sxema  bistabil  trigger  A6  va  chiqish  kuchaytirgichi  A7  orqali 


 
44 
chiqish  tranzistorini  ochiq  va  yopiq  xolati  bir  xil  vaqtga  teng  bo‘lishini 
ta’minlovchi  signal  uzatadi.  Generator  kuchlanishi  nominal  kuchlanishdan 
qanchalik  katta  yoki  kichik  bo‘lsa,  integrator  kondensatorining  zaryad-razryad 
bo‘lish  vaqti  shunchalik  katta  yoki  kam  bo‘ladi.  Kondensatordagi  kuchlanishga 
ko‘ra bistabil trigger A6 chiqish kuchaytirgichi A7 orqali chiqish tranzistori VT1 
uzoqroq  ochiq  yoki  yopiq  holda  bo‘lishiga  majbur  qiladi.  Teskari  aloqa 
komparatori A4 integrator A3 ga qo‘shimcha kuchlanish uzatish hisobiga sxemani 
ishlashini tezlatadi. 
Shunday qilib, rostlagich  uyg‘otish zanjiridagi jarayonlarini 460 Gs  – 2,5 kGs 
doirasidagi  chastota  bilan  amalga  oshirilishini  ta’minlaydi.  Kuchlanishni 
belgilangan  qiymat  darajasida  ushlab  turish  esa  an’anaviy  rostlagichlardagi  kabi 
uyg‘otish toki qiymatini o‘zgartirilishi hisobiga amalga oshiriladi.    
   

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish