VII- bob. AVTOMOBILNING QO‘SHIMCHA ELEKTR JIHOZLARI
7.1. AVTOMOBIL AGREGATLARINING ELEKTR YURITMALARI
Hozirgi zamon avtomobillarida harakat xavfsizligini ta’minlash, haydovchi va
yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, yonilg‘ini tejash bilan bog‘liq bo‘lgan
mexanizmlarni
harakatga
keltiradigan
elektryuritmalar
keng
ko‘lamda
ishlatilmoqda. Elektrodvigatel, uzatish mexanizmi va boshqarish asboblaridan
iborat bo‘lgan elektromexanik tizimga elektr yuritma deb ataladi. Elektr
yuritmalar avtomobilning quyidagi moslamalarida ishlatiladi: isitkichlar va
ventilyatorlar, avtomobilning oldi-orqa oynalari va faralarni tozalagichlar, yon
oynalar va radioantennani ko‘tarish-tushirish mexanizmlari, o‘rindiqlarni
harakatlantiruvchi mexanizmlar va hokazo.
Avtomobillarda kollektorli o‘zgarmas tok elektrodvigatellari qo‘llanadi.
Mexanik energiyani uzatish uchun tishli va qo‘chqaroqli uzatmalar, krivoship-
shatun mexanizmlari ishlatiladi. Elektrodvigatelni boshqarish tizimi turli xil
relelar, elektron moslamalar, datchiklar, uzgich va almashlab ulagichlardan iborat.
Elektrodvigatel, mexanik energiyani uzatish moslamasi, bajaruvchi mexanizm va
boshqarish sxemasining elementlari konstruktiv jihatidan bitta umumiy qurilmaga
birlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, elektrodvigatel oynatozalagich
reduktori bilan birikib motoreduktorni hosil qiladi. Elektr oynatozalagich va
oynayuvgichlar ham elektrodvigatel va bajaruvchi mexanizmning birikishidan
hosil bo‘lgan moslamalardir.
Ishlatish joyi va sharoitiga qarab eletrodvigatellar uzoq, qisqa vaqt davomida
yoki
qisqa
vaqt
takroriy
rejimlarda ishlashi mumkin.
Avtomobillarning
elektryuritmalarida
faqat
o‘zgarmas
tok
elektrodvigatellari
ishlatilib,
ularning
elektromagnit
va
doimiy
magnitlardan
uyg‘otiladigan turlari mavjud.
Elektromagnitli uyg‘otish
tizimiga
ega
bo‘lgan
elektrodvigatelning
tuzilishi
7.1-rasmda
keltirilgan.
Elektrodvigatel
yakori
1,
ikkita
o‘zi
o‘rnashadigan
metalokeramik podshipniklar
7 da aylanadi. Podshipniklar
qopqoq va korpus 11 da
7
.1-rasm. Elektromagnitli uyg‘otish tizimidagi
elektrodvigatel:
a - ko‘ndalang kesimi; b - elektr sxemasi;
1-yakor, 2-qopqoq, 3-murvat, 4-traversa, 5 va 14-
plastinasimon prujinalar, 6-tiqma, 7-metallokeramik
podshipnik, 8-kollektor, 9-cho‘tka, 10-prujina, 11-
korpus, 12- stator qutblari, 13- uyg‘otish chulg‘ami, 15-
yakor vali, 16- almashlab ulagich, 17, 18- uyg‘otish
chulg‘ami g‘altaklari
296
prujinalar 5 va 14 bilan ushlab turiladi
va namatdan tayyorlangan tiqma 6 ga
shimdirilgan
moy
bilan
moylanib
turadi. Qopqoq va korpus murvat 3
yordamida bir-biriga tortib qo‘yilgan.
Yakorning halqasimon usulda o‘ralgan
chulg‘amlari kollektor 8 ga ulangan.
Kollektor shtampalash yo‘li bilan mis
tasmalardan tayyorlanadi. Cho‘tka 9
kollektorga pruji-na 10 yordamida
bosib turiladi. Cho‘tkatutqichlar
traversa
4
ga
mah-kamlangan.
Korpusning ichki silindrik sirtiga
stator joylashtirilgan bo‘lib, uning
qutblari 12 ga uyg‘otish chulg‘ami 13
o‘rna-tilgan. Quvvati katta bo‘lgan
elektrodvigatellarning yakori zo‘ldirli
podshipniklarga o‘rnatiladi.
Avtomobillarda ketma-ket, paralel va
aralash uyg‘otish tizimiga ega bo‘lgan
elektrodvigatellar ishlatiladi. Ketma-ket uyg‘otish tizimili elektrodvigatellar ishga
tushirish momenti katta bo‘lishini talab qilinadigan mexanizmlarda
(oynako‘targich, antenani chiqarib-tushirish moslamalari), paralel va aralash
uyg‘otish tizimli elektro-dvigatellar esa, tavsifnomasi barqa-ror va aylanish
chastotasi yuklama ortish bilan o‘zgarmaydigan mexa-nizmlarda (oyna-fara
tozalagichlar va hokazo) ishlatiladi. Reversiv elektrodviga-tellarning ikkitadan
uyg‘otish chulg‘ami bo‘lib, ular zanjirga galma-gal ulanadi
Hozirgi
zamon
avtomobillarida
elektromagnitli
uyg‘otish
tizimili
elektrodvigatellar
o‘rniga
doimiy
magnitlar
ta’sirida
uyg‘otiladigan
elektrodvigatellar o‘rnatilmoqda. Elektrodvigatelning uyg‘otish tizimida doimiy
magnit ishlatilishi, uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada
yaxshilash, xususan massasi va o‘lchamlarini kamaytirish, foydali ish
koefisientini 1,5 baravar oshirish imkonini beradi. Elektrodvigatelda ichki
ulanish-larning soddaligi, ularning ishonchliligini oshiradi. Bundan tashqari,
mustaqil uyg‘otish tizimi barcha doimiy magnitli elektrodvigatellar reversiv
bo‘lishini ta’min-laydi.
Doimiy magnitli elektrodvigatelning tuzi-lishi 7.2-rasmda keltirilgan. Doimiy
magnitlar 2 qobiq 13 ning ichki sirtiga ikkita yassi po‘lat prujinalar 11 yordamida
mahkamlanadi. Elektrodvigatel yakori 12 ikkita o‘zi o‘rnashadigan sirg‘anuvchi
podshipniklar 1 va 7 da aylanadi. Grafit cho‘tkalar 4 kollektor 6 ga prujinalar
yordamida bosib turiladi.
Doimiy magnitli elektrodvigatelning ishlash prinsipi yakor va stator magnit
maydonlarining o‘z aro ta’siriga asoslangan.
Hozirgi kunda avtomobil elekt-yuryuritmalari uchun kontaktsiz o‘zgar-mas tok
elektrodvigatellarini yaratish yo‘nali-shida izchil ish olib borilmoqda.
7
.2-rasm. Doimiy magnitli elektrodvigatel:
1 va 7- podshipniklar, 2-doimiy magnit, 3-
cho‘tkatutqich, 4-cho‘tka, 5-traversa, 6-kollektor,
8 va 14-qopqoqlar, 9-drossel, 10-mahkamlash
plastinasi, 11-magnitni mahkamlash prujinasi,
12-yakor,
13-korpus,
15-yakorning
chekka
izolyasiya plastinasi
297
Do'stlaringiz bilan baham: |