22
yana bir quloqcha bo‘lib, unga uzatma
tasmasini
taranglik
darajasini
rostlash
plankasi mahkamlanadi. Har ikkala qopqoq
stator o‘zagi bilan birgalikda uchta vint bilan
bir-biriga tortilgan. Generator valiga shponka
yordamida
parrakli
shkiv
o‘rnatilgan.
Parraklar 14 qopqoqlardagi shamollatish
darchalari orqali havo oqimini o‘tkazib
generator chulg‘amlarini va to‘g‘rilagich
blokidagi diodlarni sovutib turadi.
Hozirgi zamon avtomobil generatorlarida
asosan ikki turdagi to‘g‘rilagich bloklari
ishlatilmoqda:
a) aluminiy yoki uning qotishmalaridan
tayyorlangan shina – issiqlik tarqatgichga
presslangan
yoki
kavsharlangan
yarim
o‘tkazgichli
diodlardan
tashkil
topgan
to‘g‘rilagich;
b) kuchli darajada qovurg‘alangan qobiqqa
kavsharlangan
tabletkasimon
diodlardan
tashkil topgan to‘g‘rilagich.
Birinchi turdagi to‘g‘rilagichlar toifasiga
Rossiya avtomobillarining
generatorlarida
keng tatbiq topgan БПВ belgili to‘g‘rilagich
bloki kiradi. Generator qopqog‘iga o‘rnatilgan
БПВ to‘g‘rilagich bloki (1.14-rasm) uchta
to‘g‘ri o‘t-kazuvchan diodlar 3 presslangan,
yarim aylana musbat shina 5 va uchta teskari
o‘tkazuvchan diodlar 2 presslangan, yarim
aylanali manfiy shina 1 dan iborat.
Aluminiydan tayyorlangan shinalar bir-
biridan to‘la izo-lyasiya qilingan bo‘lib, ular tok o‘tkazgich va diodlar qizib ke-
tishdan saqlovchi issiqlik tarqatgich vazifasini bajaradilar. To‘g‘rilagich blokining
kremniyli diodlari o‘zaro uch fazali, ikkita yarim davrli, ko‘prik sxemasi
bo‘yicha ulangan. Diodlardan chiqqan uchlar, shinalardan izolyasiya qilingan,
vintli qisqichlar 4 ga mahkamlangan bo‘lib, ularga stator faza chulg‘amlari 6 ning
ikkinchi uchlari ulanadi.
Ikkinchi turdagi to‘g‘rilagichlarga misol tariqasida «Magneti Marelli» (Italiya)
firmasining AA125R belgili generatorlariga o‘rnatilgan to‘g‘rilagich blokini
keltirish mumkin. (1.15-rasm) Bu to‘g‘rilagichlarda aluminiy qotish-malaridan
ekstruziya usuli bilan yasalgan kuchli qovurg‘alangan ikki radiator – issiqlik
tarqatgichlari, ularni bir-biridan ajratib turuvchi plastmassadan tayyorlangan
yig‘ish taxtachasiga mahkamlangan. Tabletkasimon oltita katta quvatli yarim
o‘tkazgichli diodlar kontakt yuzalari bilan issiqlik tarqatgichlarga va yig‘ish
taxtachasining metall shi-nalariga kavsharlangan. Uyg‘atish chulg‘amining uchta
1.14-rasm.БПВ turidagi
to‘g’rilagich bloki
1.15-rasm. «Magneti Marelli»
(Italiya) firmasining AA125R
belgili generatorning to‘g’rilagich
bloki
:
Do'stlaringiz bilan baham: