109
Ko‘ndalang kollektorlarning (2.8-c rasm) ishchi yuzasi yakorning aylanish
o‘qiga tik holda joylashtiriladi (2.8-rasm). Ularning o‘lchamlari kichik va mis
nisbatan kam ishlatiladi. Kollektorning har bir plastinasining orqa tomonida
halqa bo‘ylab tayanch tumshuqlar ishlangan va ularga plastmassa asos
presslangan. Bu kollektorning yuqori mexanik mustahkamligini ta’minlaydi. Bu
turdagi kollektorlarda cho‘tkali kontaktlar uzoq va barqaror ishlaydi. Ko‘ndalang
qollektorlarni qo‘llanilishi startyorlarning umumiy uzunligini va massasini
kamaytirish imkonini beradi.
Startyorning
kollektor tomonidagi qopqog‘i cho‘yandan, po‘latdan,
alyuminiydan yoki rux qotishmasidan quyiladi, ba’zan esa, po‘latdan shtamplash
yo‘li bilan tayyorlanadi. Qopqoqqa yoki traversaga parchinlash yo‘li bilan yoki
vintlar yordamida cho‘tkatutqichlar o‘rnatiladi. Cho‘tkatutqichlar qopqoqdan
tekstolit yoki boshqa turdagi izolyasiya materialidan tayyorlangan va qalinligi 1,5-
2,0 mm bo‘lgan qistirma yordamida ajratiladi. Cho‘tkatutqichlar cho‘tkalar to‘g‘ri
joylashishini va ular zarur kuchlanish bilan kollektorning ishchi yuziga bosilib
turilishini ta’minlaydi. Ko‘ndalang kollektorli startyorlarda (2.9-rasm)
cho‘tkalar 6 plastmassa yoki temir traversga joylashtiriladi va kollektorning
ishchi yuziga o‘rama silindrsimon prujinalar 4 vositasi bilan bosib turiladi.
Startyorlarda qo‘rg‘oshin va qalay qo‘shilgan mis-grafit cho‘tkalar ishlatiladi.
Cho‘tkalar tarkibidagi qo‘rg‘oshin va qalay kollektor yeyilishini kamaytiradi va
cho‘tka kontaktlaridagi qarshilikni pasaytiradi. Quvvati katta va tok zichligi
yuqori bo‘lgan startyorlarga tarkibida grafit miqdori yuqoriroq bo‘lgan cho‘tkalar
o‘rnatiladi.
Startyorlarning yuritma mexanizm tomonidagi qopqoqlari alyuminiy
qotishmasidan yoki cho‘yandan quyiladi. Qopqoqning konstruksiyasi uning
qanday materialdan tayyorlanganligiga, yuritma mexanizm turiga, startyorning
dvigatelga mahkamlash usuliga va tortish relesining tuzilishiga bog‘liq. Odatda
startyor, dvigatel karterining yon tomonida joylashtirilib, yuritma tomonidagi
qopqog‘i maxovik tomonga qaratiladi va uning ilashish mexanizmi karteridagi
tirqishga kiradi. Startyorning dvigatelda mahkamlash usuli, startyor echilganda va
qayta joyiga qo‘yilganda yuritma shesternyasi va maxovik o‘qlarining markazlari
orasidagi masofani o‘zgarib ketmasligini ta’minlashi zarur. Bu talabga gardishli
(flanetsli) mahkamlash usuli ko‘proq javob beradi. Gardishli mahkamlash usulida
startyorning yuritma mexanizmi tomonidagi qopqog‘ida maxsus o‘rnatish gardishi
bo‘lib, unda mahkamlash boltlari uchun mo‘ljallangan ikki yoki uchta teshik va
to‘g‘ri o‘rnatish chiqig‘i mavjud bo‘ladi. Qopqoqda yuritma shesternyasi
maxovikning tishli gardishi bilan ilashishi uchun imkon beradigan maxsus tirqish
qoldirilgan.
Gardishli mahkamlash usuli bilan burovchi moment uzatilayotganda vujudga
keladigan zo‘riqish va startyorni og‘irlik kuchi ta’sirida o‘rnatish gardishiga katta
yuklama tushadi. Shuning uchun quvvati 4,4 kVt dan yuqori, qobiq diametri 130-
180 mm bo‘lgan startyorlar, odatda, dvigatellardagi maxsus botiqliklarga
o‘rnatilib, metall tasmalar yoki quyma tutqichlar bilan mahkamlanadi. Startyorlar
burovchi moment uzatilayotganda vujudga keladigan yuklamalar ta’sirida
mahkamlangan joyida aylanib ketmasligi uchun shponka yoki shtiftga o‘rnatiladi.
110
Startyor qopqoqlarida va oraliq tayanchlarda sirpanish podshipniklari o‘rnatiladi.
Oraliq tayanchlarni qobiq diametri 115 mm va undan ortiq bo‘lgan
startyorlarga qo‘yish mo‘ljallangan. Cho‘yan, po‘lat yoki alyuminiy
qotishmasidan tayyorlangan, lappak shaklida bo‘lgan oraliq tayanch startyor
qobig‘i bilan old tomondagi qopqoq orasiga siqiladi yoki old qopqoqni o‘ziga
mahkamlanadi. Podshipniklar, dastlab, startyorni ishlab chiqarish jarayonida va
zarurat bo‘yicha, ishlatish davrida moylanadi. Katta quvvatli startyorlarda
podshipniklar moydon va moylash filsalariga ega bo‘ladi (2.12 -rasm,10).
ВАЗ-2108 (Rossiya) avtomobillarida kollektor tomonidagi qopqoqda bitta
tayanchga ega bo‘lgan 29.3708 belgili startyorlar o‘rnatilgan Yuritma tomonidagi
ikkinchi tayanch dvigatel maxovigining karterida joylashgan.
Startyorlarning ichki qismiga chang, loy va suv kirmasligi uchun ular odatda
yopiq yoki germetik zichlangan holda ishlab chiqiladi. Ayniqsa, og‘ir, yo‘lsizlik
sharoitlarida ishlaydigan, ko‘p yuk ortadigan avtomobillar uchun mo‘ljallangan
2.9-rasm. Ko‘ndalang kollektorli 26.3708 belgili startyor:
Do'stlaringiz bilan baham: