Shinalarni yamash uchun jihozlar
Shinalarni yamash uchun maxsus jihozlar ishlab chiqarilgan yoki ular ATK
sharoitida tayorlanishi mumkin.
Kameralarni ATK da ta'mirlash - kameralar ishga yaroqliligi aniqlangandan so'ng
yamaladi. Ishga yaroqli kameralarning qotib qolgan joylari yo'q, yirtiq joylarining bo'yi 50
mm dan, eni 5 mm dan oshmasligi kerak. Teshiklar oddiy yoki pishmagan rezinaga 1:8
konsertratsiyali kley surtilib va yirtiq joyga yopishtirilib jihoz yordamida yamaladi. Oddiy
rezina esa charxda dag'allashtiriladi, kley surtilgan teshikka yopishtiriladi va qirralariga
8:10 mm kenglikda pishmagan rezina yopishtirib apparat yordamida yamaladi. Kameralar
plitalar ustiga maxsus siqgichlar yordamida siqiladi va 15-20 minut davomida yamaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |