51
keyin sovuq suv bilan chayib tashlab, quruq latta bilan artiladi. Batareyaning kislotaga
chidamli mumli(mastika) sirtining yoriqlari, jips bo'lmagan joylari elektrolitning sizib
chiqishi va sachrashi orqali aniqlanadi. Bunday nuqsonlar akkumlyatorlar batareyasini
qismlarga ajratmay turib bartaraf etiladi. Shu yoriq joylari(90
¼
120
°
burchak ostida)
qizdirilgan iskana bilan o'yib ko'chirib olinadi, so'ngra shu joylarga qaynoq, suyultirilgan
mum quyiladi. Ta'mirlash oldidan qismlarga ajratmay turib, batareyaning haqiqiy
sig'imidagi tok 1
/
20
¼
1
/
15 nisbatdagi qiymatida, kuchlanishni 1,5V ga pasayguncha
zaradsizlantiriladi. So'ngra elektrolit sopol vanna yoki shisha idishlarga quyib qo'yilib,
batareya distillangan suv bilan yuvib yuboriladi. Shundan so'ng, barmoqsimon freza yoki
diametri 18 mm li parma yordamida parmalab, ulagich(peremichka) chiqarib olinadi va
qopqoqdagi kislotaga chidamli mum qobig'i elektrda qizdirilgan kurakchalar yordamida
ko'chirib tashlanadi.
Batareyaning mumdan tozalangan qopqog'i yechgich yordamida yechib olinadi.
Plastinaning yaxlit bloklari bakdan maxsus ushlagich(yoki ombir-ushlagich) yordamida
chiqarib olinadi. Bloklarning nosoz majmuasi bakdan (peremichkani yechmay turib,
batareyani qo'zg'atmay ushlab turib), qisib ushlagich(yoki ombir-ushlagich) yordamida
chiqarib olinadi.
Qismlarga ajratilgan batareya kislotaga chidamli vannaga solib yuviladi. Nosoz
separator va plastinalar (qulog'i kavsharlangan joyidan eritib) baretkalardan ajratib
olinadi. Bak jipsligi unga qaynoq suv quyib va uning sizib chiqishiga razm solib yoki
elektr o'tkazuvchanligini sinab tekshiriladi. Buning uchun bakka elektrolitning suvdagi
kuchsiz eritmasi quyiladi va yaxshi aralashtirilib, sinab bo'lingandan so'ng, vannaga to'kib
yuboriladi. Vannada va bak ichida elektrodlar joylashib, ulardan voltmetr orqali
127
¼
220 V kuchlanishli tok o'tkaziladi. Bak jips bo'lsa, voltmetr strelkasi « 0 » holatidan
siljimaydi. Urilgan, yorilgan hamda turli ko'rinishlarda shikastlangan baklar ta'mirlanadi
yoki almashtiriladi. Yig'ilgan plastinkalar blokida qisqa tutashuvlar sodir bo'lishi yoki
bo'lmasligi bakning alohida joyiga o'rnatib qo'yilgan voltmetr orqali tekshiriladi. Bunday
paytda qopqoq asbest yoki rezina chilvir bilan jips mahkamlanadi va bu sirtga erigan mum
quyiladi. Yig'ilgan batareyaga me'yordagi zichlikda elektrolit quyilib(25
¼
30
°
S
haroratgacha sovutib) 4
¼
5 soat ushlab turilgandan so'ng, zaradlanadi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan (NEKSIYA, TIKO va DAMAS
avtomobillariga qo'yilayotgan) 12V35AH va 12V55AH (MF) akkumulator batareyalarida
mahsus indikatarlar bo'lib, ular akkumulatorni me'yoriy (yashil rang), zaradtalab (qora
rang) va elektrolitning kamligini (rangsiz) ko'rsatadi. Indikatorning rangiga qarab,
akkumulatorni zaradlash yoki unga elektrolit quyish zarurligini aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: