UzDEU yengil avtomobillari sovutish tizimiga TXK
TIKO va DOMAS rusumli avtomobillarda sovutish tizimiga TXKda tizimdagi
sovutish suyuqligining satxi tekshiriladi (dvigatelning sovuq holatida), uning satxi
"FULL" va "LOW" belgilarining oralig'ida bo'lishi zarur. Agar satx "LOW" belgisidan
pastda bo'lsa, suyuqlik satxi me'yoriga keltiriladi.
NEKSIYA va ESPERO avtomobillarida suyuqlik satxi "COLD" belgisidan
yuqorida bo'lishi kerak.
Sovutish tizimidagi suyuqlik dvigatelni me'yoriy issiqlik rejimida ushlab turadi va
zanglashni oldini oladi. Shuning uchun suyuqlik satxi pasaygan taqdirda mutlaqo suv
quyish mumkin emas. Tizimdagi suyuqlik 2 yilda almashtirib turiladi.
Sovutish tizimi bo'yicha ta'mirlash ishlari diagnostika natijalariga ko'ra bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |