Microsoft Word 13-атэ-лотин-маъруза doc


 Avtomobillarga servis kitobchasi bo'yicha xizmat ko'rsatish



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/126
Sana16.01.2022
Hajmi0,81 Mb.
#375754
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   126
Bog'liq
Microsoft Word 13-àòý-ëîòèí-ìàúðóçà doc

3. Avtomobillarga servis kitobchasi bo'yicha xizmat ko'rsatish.
 Avtomobillarga 
TXK ning muqobil tartibi – bu, avtomobillarning yurgan yo'liga to'g'ri keluvchi TXK va 
ta'mirlash uchun sarf xarajatlarni eng kam sarf qilgan xolda, uning foydalanish davridagi 
ishonchliligini  ta'minlash  uchun    bajariladigan  ishlarning  davriyligi  va  majmui 
xisoblanadi.  
Har  bir  aniq  xolat  uchun  muqobil  tartibni  aniqlash  juda  qiyin,  chunki  u  ko'pgina 
omillarga,  ya'ni  avtomobilning  tuzilishi  va  turiga,  foydalanish  sharoitiga,  yangiligidan 
beri yurgan yo'liga va boshqalarga bog'liq bo'ladi.  
Ko'pgina  xorijiy  mamlakatlarda  aholiga  qarashli  yengil  avtomobillarga  texnik 
xizmat  ko'rsatish  tartibi  avtomobilni  xarid  qilishda  taqdim  etiladigan  servis  kitobchasi 
bo'yicha belgilanadi.  
Servis kitobchasi asosiy xujjat xisoblanib, u avtomobilga xizmat ko'rsatish tartibini 
hamda  ishlab  chiqaruvchi  zavod  va  avtomobil  egasi  orasidagi  munosabatni  belgilab 
beradi.  Ko'pincha  kitobchaning  birinchi  varag'ida  ishlab  chiqaruvchi  va  xaridorning 
xuquqlari  va  majburiyatlari, avtomobildan foydalanish uchun ko'rsatmalar, shu jumladan 
kundalik  xizmat  ko'rsatish,  kafolat  shartlari,  uni  xatlash  tartibi  xamda  avtomobil  (sotib 
olingan  vaqti  va  joyi,  dvigatel  va  shassining  raqami  va  markasi  va  h.k.  )  va  uning  egasi 
(ismi  sharifi,  turar  joyi,  telefon  raqami  va  h.k.)  to'g'risida  ma'lumotlar  keltiriladi  (forma 
№1)
. Bu o'z navbatida, avtomobil TXKS ga kelganda buyurtma-naryadning avtomobil va 
uning egasi to'g'risidagi ma'lumotlarni tezda to'lg'azishga imkon beradi.  
Forma 1 
Vladeles avtomobilya____________ 
Avtomobil 
№ __________
 
Kuzov 
№__________________
 
Data prodaji_____________ 
Adres_____________________ 
_____________________________________
____________ 
Model avtomobilya_____________ 
Nomer dlya zapchastey_____________ 
Organizatsiya, 
prodavshaya 
avtomobil _________________ 
____________________________
__________ 
Dvigatel 
№__________________
 
Adres________________ 


 
19 
Kitobchaning keyingi varaqlari yirtib olinadigan talonlar bo'lib, unda xizmat yurgan 
yo'l  va  va  vaqt  bo'yicha  ko'rsatish  tartibi  keltirilgan.  Har  bir  talonning  oldingi  qismida 
bajariladigan  ishlarning  majmuini  bajarish  uchun  yuriladigan  yo'l  -  kilometrda,  orqa 
qismida esa  xizmat ko'rsatishda ishlab chiqargan zavod tamonidan belgilangan majburiy 
ishlarning  tarkibi  ko'rsatiladi.  Ko'pgina  firmalarning  kitobchalaridagi  xamma  talonlarda 
bajariladigan  ishlarning  tarkibi  o'garmay  qolishi  yoki  belgilangan  tartibda  qaytarilib 
turuvchi bir nechta bo'lishi mumkin.   
UzDEU  avtomobillari  kitobchasida  xizmat  ko'rsatish  ishlari  har  10000  km  da 
bajariladi. Faqatgina foydalanish boshlangandan so'nggi 1000-2000 km bundan mustasno 
bo'lib, bunda belgilangan o'ziga xos ishlar bajariladi.  
«OREL»  (FRG)  firmasining  servis  kitobida  avtomobillarga  SXK  100  ming  km  ga 
qadar har 5000 km da bajariladi hamda foydalanish boshlangandan keyingi 500, 1000 va 
5000 km bundan mustasno bo'lib, bu oraliqlarda o'ziga xos ishlar bajariladi.    
«RENAULT» (Fransiya) firmasining servis kitobchasi kafolat katochkalari, 500 va 
2000 km uchun kafolat xizmat ko'rsatish talanlari va kafolat davridan keyingi talonlardan 
tashkil topgan.  
VAZ  avtomobillariga  xizmat  ko'rsatish  servis  kitobchasidagi  12  ta  talon  bo'yicha 
bajariladi  va  100  ming  km  masofaga  mo'ljallangan.  Xizmat  ko'rsatish  ishlari 
№1 
talon 
bo'yicha 1500-
2000, №2 
talon bo'yicha 4000-5000 km dan so'ng, keyin esa har 10000 km 
dan so'ng bajariladi.    
 
Qaytarish uchun savollar 
1.Avtomobillarga TXK va JT rejali-ogohlantiruvchi tizimi vazifalari 
2.Avtomobillarga TXK va ta'mirlash xaqida nizom. 
3.Avtomobillarga TXK  turlari 
4.Avtomobillarni ta'mirlash turlari 
5.JT da bajariladigan ish turlari 
6.ATK larning vazifasi 
7.TXKS larning vazifasi 
8.Servis kitobchasi bo'yicha xizmat ko'rsatish 

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish