135
o‘quvchiga etkaziladi. O‘qituvchi o‘quvchining qanday ta‘lim olayotgani haqida
axborotga ega bo‘lmay turib, ko‘r-ko‘rona ta‘lim bera olmaydi.
Programmalashtirilgan (rejalashtirish) ta‘limda oddiy, an‘anaviy ta‘limning
barcha ana shu salbiy tomonlariga barham beriladi, programmalashtirilgan ta‘lim
o‘quv jarayonini domiy nazorat qilib turish va boshqarishni ta‘minlaydi.
Programmalashtirishgan ta‘limning mohiyati uning mashinalashgan
bo‘lishida
(texnika
vositalarini
qo‘llash
holda)
ham,
shuningdek
mashinalashmagan bo‘lishida ham emas. Programmalashtirilgan ta‘lim o‘qitishni
shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda o‘rganayotgan o‘quvchi oldingi
materialni egallab olmasdan turib o‘zlashtirishda navbatdagi qadamni qo‘ya
olmaydi.
Buning uchun o‘quv materiali qat‘iy mantiqiy izchillikda joylashtirilgan
kichik qismlarga bo‘linadi.
Programmalashtirilgan (rejalashtirish) ta‘lim bilish faoliyatining har bir
qadamini haqiqatda nazorat qilishni ta‘minlaydi va bu bilan o‘quv jaaryonini to‘la-
to‘kis boshqarish imkonini beradi. Qaytarma aloqa hamma vaqt harakatda bo‘ladi
va o‘zlashtirishning individual xususiyatlariga muvofiq ravishda o‘quv jarayonini
tartibga solib turish imkonini beradi. Programmalashtirilgan ta‘lim o‘qituvchini
chetlashtirmaydi, uning o‘quv jarayoniga o‘tkazadigan ta‘sirini pasaytirmaydi,
balki uni qora, texnik ishlardan xolos qiladi. Bunday sharoitda o‘qituvchi o‘quv
jarayonining borishiga aktivroq ta‘sir ko‘rsata oladi, ta‘limga individual
yondoshishni muvaffaqiyatliroq amalga oshira oladi, tarbiya jarayoniga ko‘proq
e‘tibor
bera
oladi,
ko‘rsata
oladi,
ta‘limga
individual
yondoshishni
muvaffaqiyatliroq amalga oshira oladi.
Boshqaruv bu shunday yo‘naltiruvchi kuchki, u insonlardagi ijodiy
potensial imkoniyatlarini oladigan sharoitlarni yuzaga chiqarishni maqsad qilib
qo‘yadi.
Ta‘limdan kutiladigan natija psixologiyada maqsad deyiladi. Ulardan
birinchisi, o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil eta olish, ikkinchisi esa o‘quvchilarning
shaxsiy qiziqish va ehtiyojlarini qondirish. Ana shu maqsadlar boshqarishning
vazifalarini belgilab beradi. Demak, ta‘lim jarayoni boshqarishning;
-birinchi vazifasi tashkiliy bo‘lib, o‘quvchilarning ta‘lim va tarbiyasi
bo‘yicha ijtimoiy buyurtmalarni qondirish;
-ikkinchi vazifasi-bevosita o‘quvchining qiziqish va talablarin qondirishga
yo‘naltirilgan holatdagi ijtimoiy vazifadir. SHuningdek, bu vazifa
o‘quvchilarning ko‘tarinkilik, yaxshi kayfiyat va o‘quv jarayonidagi ishchanlikni
yuzaga keltirishni ham o‘z ichiga oladi. Afsuski, ko‘p yillar davomida
boshqarishning ana shu ijtimoiy vazifasiga juda kam e‘tibor berilgan.
Boshqaruvning ikkinchi vazifasi bu ijtimoiy-psixologikdir. Bu vaziifa
o‘quvchilarda samarali faoliyat uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-psixologik holat va
xususiyatlarni rivojlantirishga qaratilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: