Xolmanova Z.
Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
53
53
Shuningdek, 110 ming kishi so‘zlashadigan chan tili, 290 ming
kishi so‘zlashadigan migrel tili va 15 ming kishi so‘zlashadigan svan
tili ham janubiy guruhga kiradi.
IV. Ugor-fin tillari oilasi 2 guruhga:
1) ugor tillari; 2) fin tillari
guruhiga bo‘linadi.
1.
Ugor tillariga quyidagilar kiradi:
a)
venger (mojar) tili.
Bu til Vengriya Respublikasining (poytaxti
Budapesht) davlat tili bo‘lib, bu tilda 13 milliondan ko‘p kishi
so‘zlashadi;
b)
mansi tili
. Bu til Xanti-Mansi milliy okrugida yashovchi
xalqlarning davlat tili bo‘lib, bu tilda 7 mingga yaqin kishi
so‘zlashadi;
v)
xanti tili
. Bu tilda so‘zlashuvchilar 22 mingdan ko‘p bo‘lib,
ular ham Xanti-Mansi milliy okrugida yashaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: