O‘zlashtirma gap.
Shakli o‘zgartirilib, mazmuni ifodalangan
o‘zgalarning gapi o‘zlashtirma gap deyiladi:
Nasiba sovuqdan oyoqlari zirqirab og‘riyotganini aytdi
.
So‘roq, buyruq mazmunidagi ko‘chirma gaplar o‘zlashtirma
gapga aylantirilganda darak gap shaklida bayon qilinadi.
O‘zlashtirma gapga aylantirilganda undov, undalma, kirish so‘z
tushirib qoldiriladi.
Ko‘chirma.
Biror matndan ko‘chirilgan gaplar ko‘chirma (sitata)
deyiladi. She’riy parchalar ko‘chirma tarzida keltirilsa, qo‘shtirnoq
ichiga olinmaydi. Ko‘chirma muallif gapisiz qo‘llansa, qo‘shtirnoqqa
olinmaydi:
Yor o‘lung bir-biringizgaki erur yorlig‘
. Navoiy.
Epigraf qo‘shtirnoqqa olinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |