12.Dialektal lug‘at
da o‘zbek tilining dialekt va shevalariga xos
bo‘lgan so‘zlar qayd etiladi.
13.
Terminologik lug‘at
da terminlar izohlanadi.
14. Etimologik lug‘at
da so‘zlarning kelib chiqishi, shakllanish
tarixi yoritiladi. «O‘zbek tilining etimologik lug‘ati» 2000 yilda prof.
Sh. Rahmatullayev tomonidan yaratildi.
“O‘zbek tilining izohli etnografik lug‘ati”, “Qo‘shma so‘zlar
lug‘ati” hali yaratilmagan.
24-§. ETIMOLOGIYA
Etimologiya so‘zlarning kelib chiqishi, shakllanish tarixini
o‘rganuvchi bo‘lim. So‘zlarning kelib chiqishini o‘rganish
quyidagilarda ahamiyatli:
1) so‘zlarning lug‘aviy ma’no ko‘lamini yoritishda.
2) so‘z o‘zagini aniqlashda.
3) tilning tarixiy taraqqiyoti davomidagi o‘zgarishlarni tahlil
qilishda.
Masalan:
dehqon
so‘zi yer ochib, ekin o‘stiruvchi qishloq odamini
bildiradi. Bu so‘z asli tojikcha bo‘lib,
deh-“qishloq”, qon- xon-hokim
degan ma’nolarni bildiradi. Qadimda mayda yer egalarini dehqon
deyishgan. Hozirda ”ekin-tikin ishlari bilan shug‘ullanadigan odam”
tushunchasini beradi. Mehnat so‘zi mumtoz adabiyotda “mashaqqat”,
“zahmat”, “azob-uqubat” ma’nolarida qo‘llangan:
Yod etmas emish kishini g‘urbatda kishi,
Shod etmas emish ko‘ngulni
mehnatda
kishi.
Mehnat hozirda jismoniy va aqliy ko‘rinishdagi faoliyatni
anglatadi:
Mehnat-mehnatning tagi rohat.
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
109
109
Vatan so‘zi aslida “tug‘ilgan joy” ma’nosini anglatadi.
Keyinchalik,
vatan
so‘zining ma’no doirasi kengaya borib,
“mamlakat”, “yurt” tushunchasiga teng kelib qolgan.
Etimologik kuzatishlar, turkiy tillar etimologiyasiga bog‘liq
fikrlar muayyan til, jumladan, o‘zbek tili tabiatini yoritishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Turkiy so‘zlar etimologiyasiga oid quyidagi
xulosalar o‘quvchi bilimini boyitishga xizmat qiladi.
1.
O‘zbek tilidagi turkiy so‘zlar asosan ikki bo‘g‘inli, qisman
bir va uch bo‘g‘inli bo‘lib, to‘rt va undan ortiq bo‘g‘inli so‘zlar juda
kam.
2.
Bir bo‘g‘inli so‘zlar qadimgi turkiy tilga mansub bo‘lib,
hozirgi o‘zbek tili nuqtai nazaridan tub deb qaraladi. Qadim turkiy
so‘zlar undosh- unli- undosh (sus) shaklida bo‘lgan o‘zaklarga
asoslangan.
3.
Turkiy tillarga, jumladan o‘zbek tiliga bir bo‘g‘in tarkibida
ikki undoshning ketma-ket kelishi xos emas. O‘zbek tilida
uchraydigan berk, bo‘rk, art burch, bo‘rt so‘zlari oxiridagi undosh
aslida qo‘shimcha sifatida keyin qo‘shilgan: ber-ik-berk, bo‘ru-k-
bo‘rk; ari-t-art, bur-uch-burch, bo‘r-ut-bo‘rt.
4.
Qadimgi turkiy tilda (o‘zbek tilining dastlabki taraqqiyot
bosqichida) so‘z yasovchi qo‘shimchalar hozirdagiga nisbatan ko‘p
va xilma-xil ko‘rinishlarda mavjud bo‘lgan. Bugungi kunda ma’noli
qismlarga ajratiladigan so‘zlarning ko‘pi qadimgi turkiy til davrida
yasalgan.
Ayrim so‘zlar etimologiyasiga e’tibor bering. Qo‘shiq- “ashula”.
Ko‘cha tomonda childirma va qo‘shiq eshitildi
(Parda Tursun).
Qo‘shiq
1
so‘zi qadimgi turkiy tilda “birlashtirish” ma’nosidagi
qo‘sh
fe’liga-(u-g‘ ot yasovchisini qo‘shish bilan yasalgan (bu haqda
“Devonu lug‘atit turk”da-1 jild, (357-bet); “Drevnetyurkskiy
slovar”da(460-bet), ma’lumot berilgan). Bu so‘z dastlab “she’r”,
1
Mazkur so’z etimologiyasi haqida Sh. Rahmatullayev, M. Qodirovlarning «O’zbek
tilining qisqa etimologik lug’ati» (-T.”Universitet”,1997-1998)da fikr bildirilgan.
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
110
110
“qasida” ma’nosini anglatgan; ma’no taraqqiyoti natijasida “ashula”
tushunchasi shakllangan. So‘zning qadimiy ko‘rinishi keyingi
davrlarda fonetik o‘zgarishga uchragan:
qo‘sh-ug‘-qo‘shug‘-qo‘shuq-
qo‘shiq.
Burungi
“ilgari”, “oldin”, “avval”
. Ko‘chatlarning holati burun
qanday bo‘lsa, hozir ham shunday. Bu so‘z “hid bilish a’zosi”
ma’nosidagi burun otining “oldin”, “ilgari” ma’nosi asosida yuzaga
kelgan (burun ham yuz sathidan oldin, ilgari turgani uchun shunday
nomlangan).
Do'stlaringiz bilan baham: |