13.Iste’mol krediti –
u jismoniy shaxslarga beriladigan kredit bo’lib bunda
kredit beruvchi sifatida maxsus kredit muassasalari bilan birgalikda savdo va
xizmatlarni sotishni amalga oshiradigan jismoniy shaxslar ham bo’lishi mum-
kin. Iste’mol krediti ikki shaklda: pul va tovar shaklida amalga oshadi. Ular
jumlasiga mamlakatimizda 2001-2002 o’quv yilidan boshlab talabalarni
o’qishi uchun beriladigan “Oltin davrim” kreditini ham kiritish mumkin.
14.Davlat krediti –
uning asosiy xususiyati bo’lib kredit munosabatlarida dav-
latning ishtiroki hisoblanadi. Bunda davlat qarz beruvchi (Markaziy bank orqa-
li iqtisodiyotning turli sohalarini kreditlashda) va qarz oluvchi (Davlat zayom-
larini chiqarish, byudjet taqchilligini qoplashda va boshqalar) sifatida ishtirok
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |