Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiyasi


 Korxonaning belgilari, funksiyalari va vazifalari



Download 4,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/265
Sana16.01.2022
Hajmi4,28 Mb.
#374478
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   265
Bog'liq
Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya

3.2. Korxonaning belgilari, funksiyalari va vazifalari 
 
Zamonaviy  korxona-mustaqil  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ekt  bo‘lib,  ularning  ishlab 
chiqarish  vositalari  va  boshqa  mulklari  rejali  iqtisodiyot  sharoitlaridagidek  davlatning 
o‘zigagina tegishli bo‘lmaydi. SHu sababli korxonalar 
mulkchilik shakliga
 ko‘ra, davlat va 
nodavlat, 
tarmoq  belgilariga
  ko‘ra,  mashinasozlik,  energetika,  metallurgiya,  neft  va  gaz 
sanoati,  qurilish  kompleksi,  oziq-ovqat,  engil  sanoat,  savdo  va  hokazolar, 
ishlab  chiqarish 
miqyosi va xodimlar soniga
 ko‘ra,  yirik, mikrofirma va kichik, 
faoliyat yuritish muddatiga
 
ko‘ra, uzluksiz, mavsumiy va uzlukli korxonalarga bo‘linadi. 
Biroq  ushbu  belgilardan  qat’i  nazar,  deyarli  har  bir  korxona  Nizom  asosida  faoliyat 
yuritadi.  Nizomda  korxonaning  nomi,  manzilgohi,  yuqori  turuvchi  organi  va  bu  organning 
nomi,  Nizom  jamg‘armasi,  bank  muassasalaridagi  rekvizitlari,  korxona  rahbariyatining 
lavozimlari,  rahbar  shaxslarning  majburiyatlari,  tuzilmaviy  bo‘linmalar  ro‘yxati,  hisobot 
tartibi va hokazolar ko‘rsatilgan bo‘ladi. 
Agar Nizomda korxonaning tashkiliy-huquqiy funksiyalari belgilangan bo‘lsa, uning 
ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyati tarkibiga asosiy va aylanma fontlar, pul mablag‘lari va 
boshqa  aktivlar  kiruvchi    Nizom  jamg‘armasiga  tayanadi.  Nizom  jamg‘armasi  qonunga 
asosan korxonani tashkil qilish jarayonida muassislar - davlat, huquqiy va jismoniy shaxslar 
tomonidan  shakllantiriladi.  Korxona  rivojlanishi  va  ishlab  chiqarishning  kengayib  borishi, 
daromad  hajmi  va  boshqa  moliyaviy  tushumlarning  ortishi  natijasida  Nizom  jamg‘armasi 
ko‘paytirilishi  mumkin.  Umuman  olganda,  Nizom  jamg‘armasi  korxonaning  iqtisodiy 
barqarorligi va moliyaviy jihatdan baquvvatligini aks ettiradi. 
Korxonani turli belgilariga ko‘ra tavsiflash mumkin: 

 
ishlab-chiqarish  va  texnika  munosabatlarida  korxona 
–  bu,  ishlab  chiqarilayotgan 
mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan 
mos keluvchi mashinalar tizimi; 

 
ijtimoiy munosabatlarda korxona
  – bu, turli kategoriyadagi xodimlar o‘rtasida ularning 
huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar ; 

 
tashkiliy-huquqiy munosabatlarda
 korxona huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritadi; 

 
moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona
 – bu, tarmoqning mustaqil bo‘g‘ini bo‘lib, 
o‘z-o‘zini  moliya  bilan  ta’minlash,  o‘z-o‘zini  boshqarish,  ya’ni  bozor  munosabatlari 
tamoyillarida faoliyat yuritadi. 


 
65 
Amaldagi  qonunchilikka  asosan  korxona  davlat  ro‘yxatidan  o‘tganidan  keyingina 
huquqiy shaxs sifatida tan olinadi. Davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun birinchi o‘rinda quyidagi 
hujjatlar  ahamiyatga  ega  bo‘ladi:  muassisning  arizasi;  korxonaning  Nizomi;  korxonani 
tashkil  qilish  haqida  qaror  yoki  muassislar  shartnomasi;  davlat  bojini  to‘laganlik  haqida 
kvitansiya va boshqalar. 
Korxona o‘ziga xos bo‘lgan ma’lum xususiyatlarga ega: 
birinchidan,
 korxona o‘ziga tegishli va xo‘jalik boshqaruvidagi xususiy mulkka ega 
bo‘lib, ushbu mulk uning faoliyati moddiy-texnikaviy imkoniyatlarini, iqtisodiy mustaqilligi 
va ishonchliligini ta’minlaydi; 
ikkinchidan,
  korxona  kreditorlar,  jumladan,  davlat  bilan  o‘zaro  munosabatlardagi 
majburiyatlar yuzasidan o‘z mulki bilan javob berish xususiyatiga ega bo‘ladi; 
-  loyihaoldi  (arxitektura-rejalashtirish  topshirig‘i,  muhandislik-kommunikatsiya 
tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar);  
- loyihalashtirish; 
- qurish.  
Ob’ektlar  qurilishiga  ruxsat  beruvchihujjatlarni  rasmiylashtirish.  Muhandislik 
ta’minoti  bo‘yicha  yuklamalar  hajmi  hisob-kitobi  bilan  birgalikda  loyihalashtirishga 
topshiriq  tuzish,  shuningdek  muhandislik-kommunikatsiya  tarmoqlariga  ulanishga  texnik 
shartlarni olish va arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish uchun Inspeksiyaga 
ariza  beriladi.  Arizaga  tuman  (shahar)  hokimining  yangi  qurilish  uchun  er  uchastkasi 
ajratish to‘g‘risidagi qarori nusxasi ilova qilinadi. 
Bankrotlik  to‘g‘risidagi  ish  bankrotlik  alomatlari  mavjud  bo‘lgan  taqdirda,  agar 
qarzdor  yuridik  shaxsga  nisbatan  jami  talablar  eng  kam  ish  haqi  miqdorining  kamida  besh 
yuz karrasini tashkil etadigan bo‘lsa, xo‘jalik sudi tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin 
Pul  majburiyatlarini  bajarmaganligi  natijasida  qarzdorni  bankrot  deb  topish 
to‘g‘risidagi  ariza  bilan  xo‘jalik  sudiga  murojaat  etish  huquqiga  qarzdor,  kreditor  va 
prokuror ega.  
Majburiy  to‘lovlar  majburiyatini  bajarmaganligi  natijasida  qarzdorni  bankrot  deb 
topish  to‘g‘risidagi  ariza  bilan  xo‘jalik  sudiga  murojaat  etish  huquqiga  qarzdor,  prokuror, 
davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlar ega.  
Qarzdor,  agar  uning  yuqorida  keltirilgan  holatlar  mavjud  bo‘lsa,  o‘zini  bankrot  deb 
topish to‘g‘risidagi ariza bilan xo‘jalik sudiga murojaat etishga haqli.  
Qarzdor  yuridik  shaxsning  bankrotligi  to‘g‘risidagi  ish  ko‘rilayotganda  quyidagi 
taomillar qo‘llaniladi:  

 
kuzatuv; 

 
sud sanatsiyasi;  

 
kelishuv bitimi;  

 
tashqi boshqaruv;  

 
tugatishga doir ish yuritish.  
Suddan  tashqari  bajariladigan  taomillar  sudgacha  sanatsiya  qilish  yoki  qarzdorni 
ixtiyoriy ravishda tugatish bo‘lishi mumkin.  
Sudgacha sanatsiya qilishning asosiy chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:  

 
to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarni to‘la yoki qisman sotib olish;  

 
ishlab 
chiqarishni 
raqobatbardosh 
mahsulot 
chiqarishga 
moslab 
qayta 
ixtisoslashtirish;  

 
chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;  

 
xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;  


 
66 

 
qarzdorning  to‘lov  qobiliyati  tiklanishi  hamda  faoliyatini  davom  ettirishidan 
manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatilishi;  

 
qarzdorning  faoliyatni  davom  ettirishi  uchun  qarzdor  bilan  kreditorlar  o‘rtasida 
kreditorlarga  to‘lanadigan  to‘lovlar  muddatini  kechiktirish  va  uni  bo‘lib-bo‘lib  to‘lash 
yoxud qarzlardan siylov berish to‘g‘risida ahdlashuvga erishishga qaratilgan bitim;  

 
majburiy  to‘lov  majburiyatini  bajarishni  va  kreditlarni  qaytarishni  sudgacha 
sanatsiya qilish muddatiga kechiktirish;  

 
qarzdor yuridik shaxsni qayta tashkil etish.  
Qarzdorni  davlat  tomonidan  yordam  ko‘rsatgan  holda  sudgacha  sanatsiya  qilish  o‘n 
ikki oydan yigirma to‘rt oygacha muddatga joriy etiladi.  
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishda quyidagilar ishtirok etuvchi shaxslar deb hisoblanadi: 

 
qarzdor; 

 
sud boshqaruvchisi; 

 
kreditorlar, ular tomonidan qarzdorga ushbu Qonunda belgilangan tartibda talablar 
taqdim etilgan paytdan e’tiboran; 

 
bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi; 

 
bankrotlik  to‘g‘risidagi  ish  prokurorning  arizasi  asosida  ko‘rilayotgan  hollarda, 
prokuror. 
Qarzdorning  o‘zini  bankrot  deb  topish  to‘g‘risidagi  arizasi  xo‘jalik  sudiga  yozma 
shaklda  beriladi  va  tegishincha  qarzdor  yuridik  shaxsning  rahbari  yoki  uning  vakillari 
tomonidan imzolanadi.  
Qarzdorning  o‘zini  bankrot  deb  topish  to‘g‘risidagi  arizasida  quyidagilar  ko‘rsatilishi 
kerak:  
ariza berilayotgan xo‘jalik sudining nomi;  
pul  majburiyatlari  bo‘yicha  kreditorlar  talablarining  qarzdor  tomonidan  e’tiroz 
bildirilmayotgan miqdordagi summasi;  
qarzdorning  xodimlar  hayoti  yoki  sog‘lig‘iga  etkazilgan  zararning  o‘rnini  qoplash, 
ularga  mehnat  haqini  va  to‘lanishi  kerak  bo‘lgan  ishdan  bo‘shatish  nafaqasini  to‘lash 
borasidagi qarz summasi;  
mualliflik shartnomalari bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan haq summasi;  
majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz summasi;  
kreditorlarning talablarini to‘la hajmda qondirishga qodir emaslikning asosi;  
qarzdordagi bor mol-mulk, shu jumladan pul mablag‘lari, debitorlik qarzi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar;  
qarzdorning bankdagi hisobvaraqlari raqamlari, bankning pochta manzili;  
ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.  
Qarzdorning  o‘zini  bankrot  deb  topish  to‘g‘risidagi  arizasiga  qarz  borligini, 
shuningdek 
kreditorlarning 
talabini 
qarzdor 
to‘la  hajmda  qondirishga  qodir 
emasliginitasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.  
Qarzdorning  o‘zini  bankrot  deb  topish  to‘g‘risidagi  arizasiga  quyidagilar  ham  ilova 
qilinadi:  
qarzdor  yuridik  shaxsning  ta’sis  hujjatlari,  shuningdek  yuridik  shaxsning  davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar; 
qarzdorning kreditorlari va debitorlari ro‘yxati;  
so‘nggi hisobot kunidagi holatga ko‘ra buxgalteriya balansi;  
qarzdor muassislarining  yoki qarzdor mol-mulki egasining qarzdor o‘zini bankrot deb 
topish to‘g‘risida ariza bilan xo‘jalik sudiga murojaat qilishi haqidagi qarori. 
Kreditor yuridik shaxsning arizasi uning rahbari yoki vakili tomonidan imzolanadi.  


 
67 
Kreditorning  qarzdorni  bankrot  deb  topish  to‘g‘risidagi  arizasida  quyidagilar 
ko‘rsatilishi kerak:  
ariza berilayotgan xo‘jalik sudining nomi;  
arizachining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning pochta manzili;  
qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning pochta manzili;  
qarzdorning  kreditor  oldidagi  talab  kelib  chiqishiga  sabab  bo‘lgan  pul  majburiyati 
miqdori, shuningdek uni bajarish muddati;  
kreditor  talablarining  asosliligini  tasdiqlovchi  dalillar,  shu  jumladan  sudning  qonuniy 
kuchga  kirgan  qarori,  mazkur  talablar  qarzdor  tomonidan  tan  olinganligini  tasdiqlovchi 
dalillar, notariusning ijro xati;  
ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.  
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasiga qarzdorning kreditor 
oldidagi pul majburiyatlarini, shuningdek bu majburiyatlar bo‘yicha qarzi borligini va uning 
miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.  
Kreditorning  qarzdorni  bankrot  deb  topish  to‘g‘risidagi  arizasiga,  agar  bor  bo‘lsa, 
quyidagilar ham ilova qilinadi:  
kreditorning qarzdorga bo‘lgan talablarini ko‘rib chiqqan sud qarori;  
ijro  hujjati  yoki  kreditor  talablari  qarzdor  tomonidan  tan  olinganligini  tasdiqlovchi 
dalillar.  
Bankrotlik  to‘g‘risidagi  ishlar  bo‘yicha  davlat  organining  ustav  fondida  davlat  ulushi 
bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo‘yicha qarzi bor korxonani 
bankrot  deb  topish  to‘g‘risidagi  arizasi  xo‘jalik  sudiga  qarzdorning  iqtisodiy  nochorligini 
tasdiqlovchi zarur hujjatlar ilova etilgan holda beriladi. 
Davlat  soliq  xizmati  organining  qarzdorni  majburiy  to‘lovlar  bo‘yicha  bankrot  deb 
topish  to‘g‘risida  xo‘jalik  sudiga  beradigan  arizasiga  qonun  hujjatlariga  muvofiq  majburiy 
to‘lovlar  bo‘yicha  qarzni  qaytarib  olishga  doir  chora-tadbirlar  ko‘rilganligi  dalillari  ilova 
qilinishi kerak.  
Prokuror  qarzdorni  bankrot  deb  topish  to‘g‘risidagi  ariza  bilan  xo‘jalik  sudiga 
quyidagi hollarda murojaat etishga haqli:  
bankrotlikning yashirilgan alomatlarini aniqlaganida;  
kreditor manfaatlarini ko‘zlab. 
Bankrotlik  to‘g‘risidagi  ish  xo‘jalik  sudining  majlisida  qarzdorni  bankrot  deb  topish 
to‘g‘risidagi  ariza  ish  yuritishga  qabul  kundan  e’tiboran  uch  oydan  ortiq  bo‘lmagan 
muddatda ko‘rib chiqilishi lozim. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish alohida hollarda ikki 
oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. 
Xo‘jalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi 
tugatishga doir ish yuritishning boshlanishiga sabab bo‘ladi.  
Tugatishga  doir  ish  yuritish  muddati  bir  yildan  oshishi  mumkin  emas.  Zarurat 
bo‘lganda bu muddat xo‘jalik sudining ajrimi bilan uzaytirilishi mumkin. 
 

Download 4,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish