1-
ma’ruza
KIRISH. TILSHUNOSLIKNING FANLAR SISTEMASIDAGI O`RNI
REJA:
1.
Tilshunoslik va tabiiy fanlar fanining predmeti va dolzarb muammolari.
2.
Tilshunoslik va tabiiy fanlar fanini o`rganishning ilmiy-nazariy va metodologik
asoslari.
3.
Fan va uning paydo bo`lishi.
4.
Fanlar sistemasi.
5.
Tilshunoslikning fanlar sitemasidagi o`rni.
Tayanch so`z va iboralar:
va tabiiy fanlar fanining predmeti va obyekti.
Fanning dolzarb muammolari. Fanni o`rganishning ilmiy-nazariy va metodologik
asoslari. Fan va uning paydo bo`lishi. Tilshunoslikning fanlar sitemasidagi o`rni
Har qanday fan fanlar sistemasidan o`rin olar ekan, u, albatta, shu sistema
tarkibidagi boshqa fanlar bilan ma'lum munosabatda bo`ladi. Hozirgi kunda barcha
fanlarda sistemaviy tadqiqotlarga katta e'tibor berilayotgan va buning natijasida
jiddiy yutuqlarga erishayotgan bir paytda fanlarning o`zaro munosabatini
o`rganlish muhim ahamiyatga ega.
Tilshunoslik fanlar sistemasida deyarli barcha fanlar bilan uzviy aloqadadir.
Buning sababi tilshunoslik fanining o`rganilish obyekti bo`lgan tilning mohiyati
bilan bog`liqdir. Avvalo, til kishilar o`rtasidagi eng muhim aloqa vositasi sifatida
ijtimoiy harakterga ega. Demakki, u boshqa ijtimoiy hodisalar bilan uzviy
aloqadadir. Masalan, til egasi bo`lgan xalqning tarixi, madaniyati, ruhiyati va
boshqalar. Bu shuni ko`rsatadiki, o`zaro munosabatda bo`lgan barcha ijtimoiy
hodisalarni o`rganluvchi ijtimoiy fanlar ham o`zaro munosabatdadir. Xususan,
tilshunoslik falsafa, tarix, etnografiya, sotsiologiya, psixologiya singari fanlar bilan
uzviy aloqada.
1
Tilshunoslik ham fanlar sistemasida bir qancha fanlar bilan uzviy aloqadadir.
Bu aloqalarsiz tilshunoslikning o`rganilish obyekti bo`lgan tilning o`ziga xos
tomonlarini ochib berish mumkin emas. Masalan, tilshunoslikning fonetika
bo`limida nutq tovushlarining akustik tomoni fizikaning akustika bo`limi
ma'lumotlari asosida o`rganliladi. Nutq tovushlarning paydo bo`lishida ishtirok
etadigan nutq organlarining vazifasini fiziologiya materiallarisiz bayon qilish
mumkin emas. Yoki nutq patalogiyasi muammolari tibbiyot fani bilan uzviy
aloqada hal qilinadi. Tilshunoslikda lisoniy birliklarning boshqa lisoniy birliklar
bilan birikish imkoniyatlari va ushbu imkoniyatning yuzaga chiqish masalalari
bilan shug`ullanuvchi valentlik nazariyasining vujudga kelishi bevosita kimyo
fanining ta'siri bilan bog`liqdir. Keyingi davrlarda avtomatikaning rivojlanishi
tilshunoslik faniga ham o`z ta'sirini ko`rsatdi. Tilshunoslikda lingvistik
modellashtirish, avtomatik tarjima muammolari paydo bo`ldi. Ana shunday
1
Нурмонов А., Йўлдошев Б. Тилшунослик ва табиий фанлар. –Tошкент: Шарқ, 2001.
muammolar tilshunoslik fanining matematika, kibernetika kabi fanlar bilan
aloqasini kuchaytirdi. Bu omillarning barchasi tilshunoslikni fanlar sistemasida
boshqa fanlar bilan munosabatda o`rganlishini taqozo etadi. Ana shundagina yosh
mutaxassis bu fanning fanlar sistemasida to`tgan o`rnini to`g`ri
payqay oladi.
Shuni ta'kidlash kerakki, tilshunoslikning tabiiy fanlar bilan aloqasi uning fanlar
sistemasida boshqa fanlar bilan aloqasining bir qismini o`z ichiga oladi.
Tilshunoslikning fanlar sistemasida to`tgan o`rni va bu sistemada boshqa fanlar
bilan munosabatini to`liq talabalarga va yosh tilshunos mutaxassislarga yetkazmoq
uchun tilshunoslikning ijtimoiy fanlar bilan munosabatini yoritishni maqsadga
muvofiqdir.
O`zaro so`zlashganda fan so`zini ko`p eshitamiz. Lekin, fan nima? U
nimalarni o`z ichiga oladi? Bu savollarga javob berishda ko`pincha o`ylanib
qolamiz. O`zbek tilining izohli lug`atida fan tushunchasi haqida quyidagicha izoh
beriladi: "Tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda
atrofdagi muhitga ta’sir ko`rsatuvchi bilimlar sistemasi".
2
Inson paydo bo`libdiki,
o`zini qurshab turgan olamni va shu olamning tarkibiy qismi bo`lgan o`zini ham
bilishga qiziqib keladi. Ana shunday qiziqish ayniqsa, qadimgi Sharq
mamlakatlarida, xususan, Misr, Hindiston, Xitoy singari mamlakatlarda kuchaydi
va tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonunlarini amaliy asosda kuzatib, bashorat
qiluvchi maxsus kishilar - mutafakkirlar yetishib chiqdi. Bunday mutafakkirlarning
olamni amaliy kuzatishlari natijasida chiqargan xulosalari jamlana borib
matematika, astronomiya, mantiq, etika singari fanlarning asoslari paydo bo`ldi.
3
O`zbek tilida fan ma’nosida ilm atamasi ham qo`llaniladi. Lekin ilm
atamasining ma’nosi kengroq. Islom Sharqida "ilm" tushunchasi ham diniy, ham
dunyoviy mazmun kasb etgan. Ayni paytda ilmning bu ikki pallasi o`ziga xos
jihatlarga egaligi ham inkor etilmagan. Bu haqda A.A’zamov quyidagilarni yozadi:
"Fan inson yashaydigan muhit - tabiat (metogalaktikadagi jarayonlardan miya
faoliyatigacha) va jamiyat bilan (BMT faoliyatidan shaxs ruhiyatigacha) ish tutsa,
din insonning ichki dunyosi - qalb va ruhiga taalluqdidir. Har ikki jabha ong va
tafakkur ko`priklari bilan tutashgan".
4
XI asrdan (ya’ni tasavvuf ta’limoti ilm
sifatida shakllanganidan) boshlab
Do'stlaringiz bilan baham: