O`zb tarix 11 узб indd


O‘zbekistonda millatlararo mu-



Download 17,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/143
Sana16.01.2022
Hajmi17,62 Mb.
#374076
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   143
Bog'liq
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

O‘zbekistonda millatlararo mu-
nosabatlar
. O‘zbekiston hududida 
o‘z madaniyati va o‘z an’analariga 
ega  bo‘lgan  130  dan  ortiq  millat  va 
ellat vakillari yashaydi. Ular ham 
mamlakatning  barcha  fuqarolari  qatori 
bir xil huquq va majburiyatlarga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Kons-
titutsiyasining 4-moddasida ko‘rsatilga-


62
nidek,  O‘zbekiston  Respublikasi  o‘z  hududida  istiqomat  qiluvchi  barcha 
millat  va  elatlarning  tillari,  urf-odatlari  va  an’analari  hurmat  qilinishini 
ta’min-laydi, ularning rivojlanishi uchun sha-roit yaratadi.
Ko‘pmillatli  mamlakat  siyosatining  asosiy  maqsadi  millatlararo  totuvlik 
va diniy bag‘rikenglikni shakllantirish
  bo‘lishi  zarur.  Mustaqillikning  ilk 
kunlaridanoq  milliy  siyosatning  o‘ziga  xos  yo‘li  ishlab  chiqildiki,  ayni  shu 
siyosat milliy bag‘rikenglikning  barqaror rivojlanishiga zamin yaratdi. 
O‘zbekistonda yashovchi turli millat vakillarining madaniy ehtiyojlarini 
qondirish  uchun  milliy-madaniy  markazlari  (MMM)  faoliyat  yuritadi. 
Dastlabki  milliy-madaniy  markazlar  koreyslar,  qozoqlar,  yahudiylar,  ar-
manlar tomonidan respublika viloyatlarida 1989-yilda tashkil etilgan. 
Bu  markazlarning  chinakam  rivojlanishi  va  ravnaq  topishi  O‘zbekiston 
mustaqillikka  erishgandan  keyin  boshlandi.  Bu  davrda  ularning  samarali 
faoliyat ko‘rsatishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Natijada ularning soni 
yil sayin ortib bordi. 
Yodda tuting
!
Agar 1992-yilda 10 ta milliy-madaniy markazlar ish olib borgan bo‘lsa, 
hozirga kelib esa, mamlakatda 138 ta milliy-madaniyat markazlari faoliyat 
yuritmoqda.
Yodda tuting
!
O‘zbekiston  aholisining  80  %  ini  o‘zbek,  4,9  %  ini  tojik,  3,8  %  ini 
rus, 3,6 % ini qozoq va 7,7 % ini boshqa turli millatlarga mansub kishilar 
tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasida yashovchi turli millat vakillarini respublika 
ijtimoiy,  ma’naviy-ma’rifi y  hayotida  faol  ishtirok  etishini  ta’minlash 
milliy-madaniy markazlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. 
Shuningdek, xorijiy mamlakatlardagi turdosh tashkilotlar hamda tarixiy 
vatanlari  bilan  do‘stlik,  hamkorlik,  madaniy-ma’rifi y  aloqalar  o‘rnatish  va 
hamdo‘stlik  aloqalarini  rivojlantirish,  Respublika  Baynalmilal  madaniyat 
markazi, turli davlat va jamoat tashkilotlari hamda ijodiy uyushmalar bilan 
hamkorlikda  mamlakatda  fuqarolar  hamjihatligi  va  millatlararo  totuvlikni 
mustahkamlashga ko‘maklashish milliy madaniyat markazlarning asosiy 
vazifalaridir. 1992-yil tashkil etilgan Respublika Baynalmilal madaniyat 


63
markazi  esa  ushbu  milliy  madaniyat  markazlar  faoliyatini  muvofi qlashtirib, 
ularga tashkiliy va uslubiy yordam ko‘rsatib keldi.  

Download 17,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish